Mavzu: O‘qituvchining pedagogik mahorati va psixologik madaniyati. Kirish bet. I-bob. O‘qituvchining pedagogik mahorati bet
O‘qituvchining psixologik madaniyatini shakllantirish zamonaviy ta’lim-tarbiyaning asosiy sharti sifatida
Download 55.94 Kb.
|
Bobonazarova Dilafruz
2.3. O‘qituvchining psixologik madaniyatini shakllantirish zamonaviy ta’lim-tarbiyaning asosiy sharti sifatida
Pedagogik madaniyat o‘qituvchi-tarbiyachilik burchi, mas'uliyati, qadr-qimmati, vijdoni, axloqiy e'tiqodini nazarda tutib, o‘qituvchining talabchanligi, adolati, komilligi, rostgo‘yligi, to‘g‘riligini anglatadi. Pedagogik mahorat tizimida pedagogik nazokat (takt) – o‘qituvchining pedagogik maqsadga muvofiq, foydali, qimmatli harakatlarining o‘lchovi, me'yori va ta'sir vositasining chegarasi sifatida xarakterlanadi. Pedagogik mahoratning qayd qilingan tarkibiy qismlari o‘qituvchining kasbiy xususiyatlarini boyitadi va uni mohirlik sari yetaklaydi va o‘qituvchi - tarbiyachida pedagogik mahorat malakalarining tarkib topishiga yordam beradi. Ammo, o‘z kasbining mohir ustosi bo‘lish uchun faqatgina ularga tayanib, ish tutish kutilgan natijani bermasligi mumkin. Buning uchun muntazam ravishda pedagogik fikrlash, pedagogik o‘ylash, pedagogik ish tutish lozim bo‘ladi. Bu deganimiz, o‘z faoliyatini pedagogik hodisalarni, vaziyatlarni tahlil qilish, ularning har bir bog‘lanish joylarini anglashga intilish, kunlik natijalarni mustaqil ravishda tahlil qilishi va yangi ta'lim-tarbiyaga doir g‘oyalarni avvalgilari bilan taqqoslay olishga odatlanishi ham lozim bo‘ladi. Asosiy pedagogik-psixologik muammolarni topa olish ularni hal etishning eng qulay yo‘llarini topish ustida o‘ylash ham kerak. Bugungi kunda zamonaviy o‘qituvchi qiyofasida quyidagi 6 xususiyat bo‘lishi shart deb o‘ylaymiz: 1. O‘qituvchida estetik go‘zallik bo‘lishi lozim. Zero, Charlz Darvin aytganidek: “Inson tabiati o‘zidagi go‘zallikni doim bo‘rttirishga harakat qiladi”. Biz, pedagoglar esa oddiylikka qarab borishimiz, yosh qalblarga uni qabul qilmoqlikni o‘rgatmog‘imiz kerak. 2. O‘qituvchida kiyinish madaniyat bo‘lishi kerak. Kiyinish madaniyatida, masalan, erkak o‘qituvchilarda oddiy ko‘ylakdan tortib, soqol va sochning chiroyli parvarish qilinishi ham muhim hisoblanadi. Bugungi kunda ayrim o‘qituvchilari Konstitutsiyamizning fuqarolar tengligi, erkinliklari, huquqlari va burchlari, ta’limga oid moddalarini bilmaydi. Hokimiyat tizimi va boshqaruv organlari vakolatlari, hattoki, o‘qituvchilarning vakolatlari, huquqlari va burchlarini bilmaydigan o‘qituvchilar ham ko‘p. Bugungi o‘qituvchi nafaqat Konstitutsiyamizni, balki ta’limga oid barcha qonun va qonunosti hujjatlarini mukammal bilmog‘i shart. O‘qituvchilar huquqiy savodxonligining pastligi oqibatida millat tarbiyachilarini majburiy mehnatga jalb etish holatlari yoki sohani botqoqqa botiradigan korrupsiya illatlari namoyon bo‘lmoqda. Konstitutsiya va qonunchilikni yaxshi bilgan o‘qituvchi o‘quvchilar yoki ularning ota-onalari bilan yuzaga kelgan munozarali vaziyatda masalaga adolatli yondashib, o‘z haq-huquqlarini joyida himoya qila oladi. Umumiy muammolarni esa davlat tashkilotlari, kasaba uyushmalari yoxud siyosiy partiyalarga a’zo bo‘lib, kerak bo‘lsa, parlament orqali qonunchilikka o‘zgartirish kiritib, jamiyatdagi ijtimoiy munosabatlarning faol ishtirokchisiga aylanishi kerak. Buning uchun esa, albatta, huquqiy madaniyati yuksak shakllangan bo‘lishi lozim. Ze’ro, Ibn Sino pedagogik qarashlarida, “Ma’rifatli kishi jasur, o‘limdan ham qo‘rqmaydigan, faqat haqiqatni qaror toptirish uchun harakat qiladigan bo‘lishi lozim”, deb aytgan. 3. O‘z ona tilidan boshqa yana xorijiy tillarni bilishi kerak. 4. Axborot va axborot texnologiyalaridan xabardor bo‘lishi lozim. Bugungi globallashuv davrida o‘qituvchi o‘z yurti va dunyoda bo‘layotgan voqea-hodisalardan har kuni xabardor bo‘lishi lozim. Aytaylik, bugungi xabarlar sahifasining eng muhokama markazida bo‘lgan sahifani olamiz. Masalan, Eron davlatini biologik yadroviy qurol yaratishda AQSh tanqid qildi. Maktab miqyosida fizika fani o‘qituvchisi tomonidan yadroviy qurol yasalishi, uni yasashda ishlatiladigan moddalarning fizik xususiyatlari o‘rganilsa, kimyo fani o‘qituvchisi uning havoga ta’siri va yasaladigan qurolning kimyoviy tarkibini o‘rgangan holda xulosa qiladi. Yoki ertalabki yig‘indayoq huquq fani o‘qituvchisi Eronning yadroviy qurolni yasash huquqi bor-yo‘qligi, o‘zining ichki ishi yoxud xalqaro huquq qoidalariga to‘g‘ri kelishi yoki to‘g‘ri kelmasligi haqida aytishi kerak. AQSh uning ichki ishlariga daxl qilgan yoki qilmayotganligi dalil bilan tushuntirilishi lozim. Tarix o‘qituvchisi masalaga tarixiy yondashuv bilan baho berishi va xulosa chiqarishi zarur. Yoki oliy ta’lim muassasasi o‘qituvchisi ham ushbu sohada talabalarga o‘z ilmiy nuqtayi nazariga tayanib, fikr bildirishi yoxud talabaning fikrini eshitib, muhokama qilib, adolatli, xolis yondashib, bu ikkala davlatga taalluqli masalaga ilmiy baho berishi lozim. Endi axborot vositalaridan foydalanish haqida gapiradigan bo‘lsak, o‘qituvchi zamon bilan hamnafas bo‘lib ta’limga yangi innovatsiya joriy qilgan holda dars o‘tishi juda muhim. AKTning jarayonda qo‘llanilishi yangi usullar va axborotni yig‘ishni takomillashtiradi. Bolalarning fikrlash doirasi kengayadi, ilm olishga qiziqishi ortadi. Mustaqil ishlashning roli ortadi, samaradorlik yaxshilanadi, bolaning aqliy jihatdan rivojlanishiga, hissiy-estetik doirasini kengaytirishga, ijobiy qobiliyatlarini orttirishga yordam beradi. 5. O‘qituvchi ijtimoiy-psixologik moslashuvchan bo‘lishi kerak. Ijtimoiy moslashuv nima? Rus olimi, faylasuf, sotsiolog Vladimir Dobrinkovning fikriga ko‘ra, ijtimoiy moslashuvchanlik bu bo‘ysunish emas, maqsadga erishish yo‘lida harakat yoki harakatsizlik kabi o‘zgarish. Maktab o‘qituvchisi o‘quvchining psixologik-pedagogik tashxis daftaridan xabardor bo‘lishi kerak. Ya’ni, Dobrinkov g‘oyasiga qaytadigan bo‘lsak, o‘qituvchi o‘quvchi psixologiyasidan kelib chiqib, u bilan muloqot jarayonida dastlabki qadam tashlab, o‘quvchining ruhiyatidan kelib chiqib, uni o‘zgartira olishi shart. Bu, albatta, dars mobaynida o‘quvchining darsga bo‘lgan qiziqishini uyg‘otadi, diqqatini oshiradi. Ibn Sino har bir insonning temperamentidan kelib chiqib, unga alohida e’tibor berish kerakligini ta’kidlaydi. Forobiy bo‘lsa, “Inson aqli faqat bilish bilan cheklanmaydi, balki odatlar va qarashlarni o‘zining maqsadlariga bo‘ysundira olishi, yo‘naltirishi, o‘zgartirishi ham mumkin”, deb yozadi. Demak, pedagog jamiyat, voqelikka, atrof-muhitga psixologik moslashuvchan bo‘lishi lozim. 6. O‘qituvchining qalbi adabiyotga oshno bo‘lishi kerak. O‘qituvchi sohasiga taalluqli nafaqat ilmiy, balki badiiy adabiyotlar ham o‘qishi lozim. Adabiyot bilan yashaydigan talaba va o‘quvchilar illatlardan nafratlanadi. Bu o‘qituvchi ta’limni tarbiya bilan olib borishida zamonaviy yo‘nalish kasb etadi. Mahmudxo‘ja Behbudiy 1912-yilda o‘z xulosalarini shunday ifoda etgan: “Dunyoda turmak uchun dunyoviy fan va ilm lozimdur. Zamona ilmi va fanidan bebahra millat boshqalarga poymol bo‘lur”. O‘qituvchida shuncha xislatlarni ko‘rgan o‘quvchi hayotga o‘z ustozining ko‘zi bilan qaraydi va hayotni oq-qora rangda emas, serjilo ranglarda ko‘rib, unga muhabbat qo‘yadi. Shu go‘zal hayotning, millatning chiroyiga o‘z hissasini qo‘shish uchun ulg‘ayadi. Eng asosiysi, u o‘quvchiligidayoq shu jamiyat, shu millatga kerakman, degan ruhda kamol topadi. Bugungi g‘ala-g‘ovur dunyoda ustoz o‘z so‘ziga, o‘z o‘rniga, o‘z obro‘siga ega bo‘lishi, yoshlarni yurtga otilgan har qanday toshlarga qalqon qilib tarbiyalashi shart. Bu vazifa, muqaddas va sharafli kasb egalari uchun ham farz, ham qarzdir! Xulosa O‘qituvchi – sinfdagi o‘quv jarayoni tashkilotchisidir. Zamonaviy maktab o‘qituvchisi qator vazifalarni bajaradi.O‘qituvchi o‘quvchilar uchun dars payti, qo‘shimcha darslarda va shu bilan birga darsdan tashqari hollarda ham kerakli maslahatlar berishda bilimlar manbaidan biridir. Ko‘pchilik oqituvchilar sinf rahbari vazifasini bajarib, tarbiya jarayoni tashkilotchilari bo‘lib hisoblanadilar. O‘qituvchiga jamiyat tomonidan qo‘yiladigan talablar, turli xildagi ijtimoiy kutishlar, pedagogning individualligi, uning, shu tariqa talablarga javob berishga sub’yektiv tayyorligi muayyan o‘qituvchining pedagogik faoliyatga naqadar tayyorligidan dalolat beradi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2022-yil 17-iyul kuni umumiy o‘rta ta’lim tizimini isloh qilish va rivojlantirish masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazdi. Keyingi yillarda ta’lim sohasining barcha bosqichlarini zamonaviy talablar asosida tashkil etish bo‘yicha farmon va qarorlar qabul qilindi. Davlatimiz rahbarining 2017-yil 30-sentyabrdagi qaroriga muvofiq Xalq ta’limi vazirligining boshqaruv tizimi takomillashtirildi, asosiy vazifa va faoliyat yo‘nalishlari belgilab berildi. Yaqinda vazirlik rahbariyatida o‘zgarishlar amalga oshirilib, o‘quv-tarbiya jarayoniga ilg‘or pedagogik va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish, o‘qituvchilarning jamiyatdagi mavqeini yuksaltirish orqali ta’lim sifatini oshirish bo‘yicha ko‘plab vazifalar qo‘yildi. Yig‘ilishda ushbu ko‘rsatmalar asosida ishlab chiqilgan xalq ta’limi tizimini isloh qilishga qaratilgan chora-tadbirlar taqdimoti o‘tkazildi. Prezident pedagoglarning oylik maoshini, jamiyatdagi mavqeini oshirish, ularni ijtimoiy va huquqiy jihatdan qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha topshiriqlar berdi. Turli nazorat organlari tomonidan o‘qituvchilar faoliyatini tekshirishlarni cheklash, pedagoglarni obodonlashtirish, majlislarda qatnashish, obuna va shu kabi kasb faoliyatiga tegishli bo‘lmagan ishlarga jalb qilmaslik kerakligi ta’kidlandi. O‘qituvchilarning haq-huquqlarini himoyalash uchun maxsus huquqiy xizmat tashkil etish vazifasi qo‘yildi. “Umumiy o‘rta ta’lim sifatini yangi bosqichga ko‘tarish kerak. Har bir sinfda bolalarning nimalarni bilishi zarurligidan kelib chiqib, davlat ta’lim standartlari va o‘quv rejalarini qayta ko‘rib chiqish lozim. Darsliklarni eng zamonaviy metodikalar asosida yaratish va chop etish, maktablarda texnologiya, muhandislik fanlari, matematika, san’at, chet tillari yo‘nalishlarini kuchaytirish, bu boradagi laboratoriyalarni qayta jihozlash talab etiladi. Maktabgacha ta’lim va oliy ta’lim tizimlari bilan uzviylikni ta’minlashga ham e’tibor berish kerak”, dedi Shavkat Mirziyoyev. Download 55.94 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling