Mavzu: O‘qituvchining pedagogik mahorati va psixologik madaniyati. Kirish bet. I-bob. O‘qituvchining pedagogik mahorati bet
Bitiruv malakaviy ishning maqsadi
Download 55.94 Kb.
|
Bobonazarova Dilafruz
- Bu sahifa navigatsiya:
- Bitiruv malakaviy ishning tartibi
Bitiruv malakaviy ishning maqsadi: Pedagogik mahorat haqida tushunchalrni umumlashtirish, pedagogik mahoratni egallashda kasbiy layoqatning o‘rni va uni shakllantirish usullari haqida ma’lumotlarni to‘plash, o‘qituvchining pedagogik mahorati va psixologik madaniyatini rivojlantirish yuzasidan aniq tavsiyalar ishlab chiqish.
Bitiruv malakaviy ishning tartibi: Kirish, 2 ta bob, 6 bo‘lim, xulosa va foydalanilgan adabiyotlar. Bitiruv malakaviy ishning tartibi: 52 betdan iborat. I-Bob. O‘qituvchining pedagogik mahorati 1.1.Pedagogik mahorat haqida tushuncha Hozirgi kunga qadar olib borilgan izlanishlar pedagogik mahoratni rivojlantirishga hissa qo‘shuvchi bir qator metodlarni paydo bo‘lishi bilan birga pedagogic mahoratning turli ta’liflarni yaratilishiga sabab bo‘ldi. Pedagogic mahoratga berilgan ta’riflar quyidagicha: O‘qituvchining shaxsiy-kasbiy faoliyati natijasi umumlashmasi bo‘lib, muayyan bilim, ko‘nikma, malakalar yig’indisidan iborat. Bu o‘qituvchi-tarbiyachining shunday shaxsiy (bolajonligi, xayrihohligi, insonparvarligi, mehribonligi) va kasbiy (bilimdonligi, zukkoligi, ijodkorligi, fidoyiyligi) fazilatlarini belgilaydigan xususiyatki, u o‘z fanini chuqur va atroflicha bilishida, pedagogik, psixologik va metodik tayyorgarligida, yoshlarni o‘qitish, tarbiyalash va rivojlantirishning optimal yo‘llarini izlab topib, amaliy faoliyatda qo‘llashda namoyon bo‘ladi. 3.Bo‘lajak o‘qituvchilarning kasbiy mahoratlarini oshirish, takomillashtirish muammolarini o‘rganadi. (To‘xtaxodjayeva “Pedagogika” kitobida) 4.Pedagogik mahorat -bu o‘quvchining ustoz-murabbiylik fazilatlari, o‘qituvchilik kasbining sirlarini cho‘qir egalanmaganligi, insoniylik va iste'dodi hamda intelektual' salohiyati va shu kabilari asosida undagi kasbiy bilim, tushincha, ko‘nikma va malakalarning mukammal shakllangan kasbiy faoliyati. Pedagogik mahoratdan ko‘zlangan maqsad darsning sifati va samaradorligini oshirishdan iborat bo‘lib, u o‘qituvchining kasbiy-ijodiy faoliyatidir. Bunda o‘qituvchining mahorati ta'lim oluvchilar ichidan kimga nimadir tushinarsiz bo‘lganligini tezda (o‘z vaqtida) ilg‘ay olish qobilyatiga bog‘liq bo‘ladi. Pedagogik mahoratni o‘qituvchida kamida quyidagi qobiliyatlar mujassam bo‘lmog‘i lozim: - o‘qituvchi dars materialini aniq va ravshan bayon qila olishi kerak; - o‘qituvchi o‘z ta'lim oluvchilarini iloji boricha o‘rganilayotgan mavzu bo‘yicha bir xil fikrga keltira olishi kerak; - o‘qituvchi mavzu moxiyatini to‘la ochib bera olishi kerak va kerak bo‘lganda ularga bu mavzuning ular kasbiy faoliyatidagi o‘rni va roli haqida ham tushincha bera olish kerak; -dars davomida befarq holda qatnashayotgan talabani tezda dars mazmunini o‘rganishga jalb qila olish kerak; - o‘qituvchining darsini yana davom ettirishini xohlovchi ta'lim oluvchilar soni avditoriyadagi jami ta'lim oluvchilarning qancha qismini taashkil etishini ham baholab borish va bu orqali o‘z dars o‘tish texnalogiyasini takomillashtirib borish imkonyatiga ega bo‘lish; - o‘qituvchining dars maqsadiga erishganligini baholay bilishi va xulosalash qobilyati va shu kabilar. (Pedagogikadan izohli lug’atdan) Download 55.94 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling