Mavzu: O‘qituvchining pedagogik mahorati va psixologik madaniyati. Kirish bet. I-bob. O‘qituvchining pedagogik mahorati bet
Pedagogik mahoratning yordamchi tarkibiy qismlari
Download 55.94 Kb.
|
Bobonazarova Dilafruz
Pedagogik mahoratning yordamchi tarkibiy qismlari:
- Nutq malakalari - Tushunarli ta’sirchan fikr va his-tuyg’ularni so‘zda aniq ifodalash - Mimika va pantomimika - Ma’noli qarash - Hissiy psixik holat - Kayfiyat yoki istehzoli tabassum - Savodli gapirish - Aniq imo-ishora - Rag’batlantiruvchi munosabat - Ijodiy jiddiylik. Shuningdek, o‘quvchilarning shaxsiy xususiyatlarini, yosh bosqichlarini, oilaviy sharoitlarini, intellektual qobiliyatlarini hisobga olgan holda, ularni har tomonlama yetuk, barkamol shaxs sifatida rivojlanishlari o‘qituvchi pedagogik mahoratining ajralmas qismlaridan biri hisoblanadi. Demak, pedagog har tomonlama rivojlantirishga yo‘naltira oluvchi shaxsdir. Xo‘sh pedagogik mahoratning o‘zi nima? Uni qanday egallash mumkin? Pedagogik mahorat - bu o‘qituvchi – tarbiyachining shunday shaxsiy (bolajonligi, xayrihohligi, insonparvarligi, mehribonligi va h.k.) va kasbiy (bilimdonligi, zukkoligi, fidoyiligi, ijodkorligi, erudisiyasi va h.k.) fazilatlarini belgilaydigan xususiyatki, u o‘z o‘quv fanini chuqur va atroflicha bilishida, pedagogik – psixologik va metodik tayyorgarligida, talaba – yoshlarni o‘qitish, tarbiyalash va rivojlantirishning optimal yo‘llarini izlab topib, amaliy faoliyatga qo‘llashida namoyon bo‘ladi. Shunday qilib, pedagogik mahorat egasi bo‘lish uchun o‘qituvchi o‘z o‘quv predmetini davr talablari asosida bilishi, pedagogika, psixologiya, metodika fanlarini mukammal o‘zlashtirishi hamda insoniylik, mehnatsevarlik va fidoyilik kabi ma'naviy – axloqiy fazilatlarni o‘zida tarkib toptirishi lozim. Shuni alohida qayd qilib o‘tmoq zarurki, o‘qituvchilik kasbi murakkab va ma'suliyatli kasbdir. Ushbu kasbning sharafliligi va murakkabligi shu bilan belgilanadiki, u doimo ongning yagona sohibi bo‘lgan inson bilan muloqotda bo‘ladi. Ongli va tirik jonzot esa aqliy, ruhiy, hamda jismoniy jihatdan doimo rivojlanishda bo‘ladi. Shuning uchun, o‘quvchi bilan doimo muloqotda bo‘lganda, unga ta'sir ko‘rsatish uchun muntazam ravishda psixologiya, tarbiya nazariyasi kabi fanlarni mukammal o‘rganib, o‘z kasbiy mahorati ustida muttasil ish olib borishi kerak. Bu o‘qituvchidan pedagogik – psixologik va metodik tayyorgarlikni ta'minlaydi. Download 55.94 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling