Mavzu: Oqsil strukturalarini oldindan aytish va modellashtirish
Download 1.33 Mb.
|
. Oqsil strukturalari
- Bu sahifa navigatsiya:
- 8-rasm. Oqsil molekulasining denaturatsiyalanishi(I) va qayta tiklanishi(II), ya`ni renaturatsiyalanishi.
Demak, eritma rN ko’rsatkichining muayyan qiymatida oqsil molekulasining umumiy zaryadi neytral bo’lib qolishi ham mumkin. Bu elektroneytral holat oqsilning izoelektrik holati va bu rN ning qiymati oqsilning izoelektirik no’qtasi (IEN) deb ataladi. Oqsillar izoelektrik no’qtada beqaror bo’lib osonlikcha cho’kmaga tushadi. Lekin oqsil izoelektrik no’qtada o’z-o’zidan cho’kmaga tushmaydi. Buning uchun oqsil molekulasini o’rab turuvchi suv qobug’ini tortib olish kerak. SHundagina oqsil molekulalari bir-biri bilan yopishib, yiriklashadi va asta sekin eritmadan cho’kmaga tushadi. Oqsillar molekulasi tarkibidagi suv qobug’ini tortib olish uchun spirt yoki atseton kabi kuchli gidrofil organik erituvchilar yoki tuzlar ta`sir ettiriladi. CHo’kmaga tushgan oqsillardan organik yoki anorganik tuz eritmalari yo’qotilib (tsentrifuga va dializ usuli bilan), uni yana qaytadan suvda eritish mumkin. SHunga asoslanib turli xildagi biomateriallardan oqsillarni ajratib olish uchun IENda cho’ktirish usulini qo’llash qulaydir. Oqsillarning denaturatsiyasi, deb turli fizik va kimyoviy ta`sirlar ostida nativ (tabiiy) hususiyatlarini yo’qotishlaridir. Oqsil eritmalari qizdirilganda, uning ivib, cho’kma holiga kelishi denaturatsiyadir, ammo oqsil ishqoriy metall tuzlari, ammoniy sulfat bilan tuzlanganda cho’ksa ham denaturatsiyalanmaydi, u qaytadan erib, nativ holatga o’tadi. Denaturatsiya holati peptid bog’larining gidrolitik parchalanishiga aloqasining yo’qligi, ammo o’ziga xos spetsifik konfiguratsiyaning o’zgarishi bilan bog’liqligi ko’pgina analizlar natijasida aniqlangan. 8-rasm. Oqsil molekulasining denaturatsiyalanishi(I) va qayta tiklanishi(II), ya`ni renaturatsiyalanishi. Denaturatsiya juda murakkab jaroyon bo’lib, oqsil molekulasidagi bir qator bog’lar: vodorod bog’lari leytsin, valin, fenilalanin, triptofan va prolin aminokislotalariga tegishli gidrofob bog’lar buziladi, ular bir-biriga yopshib, suv bilan yaxshi aralashmaydigan mitsellalar hosil qiladi. Musbat va manfiy o’qlangan gruppalar orasidagi tuz aloqalari yoki ionli ko’priklar va molekulalar o’rtasidagi disulfid –S-S- gruppalar orqali hosil bo’lgan ko’ndalang bog’lar ham o’zgaradi. SHu bog’larning o’zgarishi sababli nativ holatda oqsil molekulasining ayrim qismlari va molekulalari orasida o’rnatilgan mustahkam struktura (oqsillarning II- III va IV- chi strukturalari) denaturatsiya jarayonida buziladi. Faqatgina birlamchi struktura tarkibidagi peptid bog’lar juda mustaxkam bo’lib, u denaturatsiya vaqtida buzilmaydi. Download 1.33 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling