Mavzu: oqsillarga sifat va miqdor reaksiyalar


Download 217.21 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/5
Sana28.12.2022
Hajmi217.21 Kb.
#1024888
  1   2   3   4   5
Bog'liq
biuret reaksiyalar



NamDU fiziologiya va hayot faoliyati xavfsizligi kafedrasi dotsentlari 
A.SHeraliev va S.Mirzaevlarning “Jismoniy madaniyat” yo’nalishi talabalari 
uchun “Biokimyo ” fanidan “OQSILLARGA SIFAT VA MIQDOR
REAKSIYALAR” mavzusidagi laboratoriya mashg’uloti uchun dars 
ishlanmasi 
 
Мазкур лаборатория ишланмасида организм учун муҳим бўлган 
полимер органик бирикмалардан бири оқсилларга бағишланган бўлиб, 
унда оқсилларни ва аминокислотарани биологик объектларда аниқлаш 
рангли реакциялари ва уларни бажариш тартиблари баён этилган
REJA: 
 
1. Oqsillarga hos rahgli reaksiyalar 
2. Aminokislotalarga hos sifat reaksiyalar 
3. Oqsillarni miqdorini aniqlash 
Oqsil va aminokislotalarning sifat va miqdorini aniqlashda ularda sodir 
bo'ladigan rangli reaksiyalardan keng foydalaniladi. Bu reaksiyalar ikki gruppaga 
bo'linib o'rganiladi. - 1. Oqsil tarkibidagi har xil ximiyaviy bog’lar borligidan 
yuzaga chiqadigan rangli reaksiyalar. 2. Aminokislotalarning funksional gruppalari 
bilan yuzaga chiqadigan rangli reaksiyalar. 
a) BIURET REAKSIYASI 
Kerakli reaktiv va asboblar: 1. Oqsil eritmasi. 2. karbamidning quruk 
holdagisi. 3. 10% li natriy gidroksid eritmasi. 4. 1 % li mis sulfat eritmasi. 5. 
Probirkalar. 6. Pipetkalar. 7. Shtativ. 8. Elektr plitka yoki gaz gorelka. 
Oqsil eritmasi ishqoriy muhitda mis sulfat ionlari bilan pushti-binafsha yoki 
ko'k-binafsha rang beradi. Rangning hosil bo'lishi, oqsil molekulasidagi peptid 
bog'larining mis ionlari bilan hosil qiladigan kompleksiga bog'liq. 
Biuret reaksiyasini oqsilning to'la parchalanmasligi natijasida hosil bo'ladigan 
pepton va polipeptidlar ham beradi. Bunday rangli reaksiyani karbamid 
(mochevina) ni qizdirgan paytda hosil bo'ladigan biuret ham beradi. Reaksiya 
quyidagi tenglamaga muzofiq boradi: 
Karbamid 
Biuret 


Biuret reaksiyasi paytida hosil bo'ladigan kompleksning rangi peptid 
zanjirining uzunligiga qarab har xil bo'lishi mumkin. Masalan, to'rtta aminokislota 
qoldig'idan iborat polipeptid beradigan kompleks qizil, tripeptid-binafsha rang va, 
nihoyat, dipeptid ko'k rang beradi. 
Biuret reaksiyasini o'z molekulasida — CS — NH — yoki — CH — NH — 
guruhi bo'lgan birikmalar va shuningdek, aminokislotalardan gistidin, amidlardan 
asparagin ham beradi. Biuret reaksiyasining rangi eritmadagi mis ionlari miqdoriga 
qarab o'zgaradi, ya'ni mis sulfat eritmasi ko'proq qo'shilsa ko'k rang, kamroq 
qo'shilsa pushti rang hosil bo'ladi. 

Download 217.21 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling