Mavzu: O‘quv faoliyati samaradorligini oshirish borasida sinf rahbari olib boradigan ishlarning mazmuni


Download 471.82 Kb.
Pdf ko'rish
bet7/10
Sana07.01.2023
Hajmi471.82 Kb.
#1082143
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
oquv faoliyati samaradorligini oshirish borasida sinf rahbari olib boradigan ishlarning mazmuni

Ikkinchi mashg‘ulot Men –bu men 
Ushbu mashg„ulotda har bir ishtirokchi o„z «Meni»ni anglash, shuningdek, atrofdagilar 
bilan o„zini taqqoslash imkoniyatiga ega bo„ladi. 
Mashq: «Rangli panjalar» 
Ishtirokchilar xona bo„ylab ixtiyoriy harakat qiladilar. Trener kartondan yasalgan turli 
(ko„k, qizil, sariq) rangdagi «uchta qo„l»ni ushlab turadi. U bir rangdagi «panjani» ma‟lum 
vaqtga yuqori ko„taradi. Shu vaqtda har bir ishtirokchi boshqa ko„proq ishtirokchilar bilan 
tegishli shartlashilgan usulda salomlashishi lozim.
Bu salomlashishda bir qator usullardan foydalanish ma‟qulroq, masalan: «qizil panja»-qo„lni 
qisish uchun; «ko„k panja»-shyerigining yelkalarini qoqib qo„yish uchun;
«sariq panja»-
«orqa bilan» salomlashish uchun. Mashqlarni bajarish jarayonida so„zlashish ta‟qiqlanadi. 
Ushbu mashq ishtirokchilarda bir-birlariga simpatiya uyg„otishga olib kelishi ham nazarda 
tutiladi. Ishtirokchilarning o„zlari bilan o„tkaziladigan mashqlar qatorida boshqalar bilan 
birgalikda ishlashga, frustrtsiya holatini bartaraf etishga yordam beruvchi mashqlar ham zarur. 
Bunday maqsad uchun quyidagi mashq ancha qo„l keladi.
Mashq: «Biz yagona komandamiz» 
Ishtirokchilar uchta guruhga bo„linadi. Har bir guruh o„z nomini, gimni va shiorini 
tanlashi (ishlab chiqishi) lozim. Keyin guruhlar a‟zolari vatman varag„i olib, «Bizning guruhimiz 
rasmi»ni chizadilar. Bunda guruh nomini va shiorini ifodalaydilar. Guruh a‟zolaridan bir necha 
kishi guruhning ijodiy ishida ishtirok etadi. Har bir guruh o„z ijodiy ishining taqdimotini 
o„tkazadi va devorga osib qo„yadi. 
Ishtirokchilar doira bo„lib o„tiradilar va atrofdagilarga yoqishni o„rgatuvchi quyidagi oltita 
qoida (Deyl Karnegi taklif qilgan)ni muhokama qiladilar:
Birinchi qoida: Atrofdagilarga qiziqish bilan boqing. 
Ikkinchi qoida: Tabassum qiling 
Uchinchi qoida: Odamning ismi uning uchun har qanday tilda
eng yoqadigan va jarangdor so„z ekanligini esda tuting. 
To‘rtinchi qoida: Yaxshi tinglovchi bo„ling. Boshqalarni o„zlari haqida gapirayotganlarida
rag„batlantirib turing. 
Beshinchi qoida: Suhbatdoshingiz qiziqadigan mavzuda suhbatlashing. 
Oltinchi qoida: Suhbatdoshingiz ongiga ta‟sir o„tkazing va unga ochiq munosabat 
bildiring. 
Bundan tashqari, ilk o„spirinlarning o„z tengdoshlari to„g„risidagi tasavvurlarini boyitish va 
shunga muvofiq shaxslarini moslashtirishga yo„naltirish uchun tegishli mavzular bo„yicha suhbat 
(munozara)lar uyushtiriladi, masalan: 


Sizning tasavvuringizdagi «ideal», «zamonaviy» va «yomon» o„spirin» mavzusida suhbat 
uyushtirish zarur.
Ishtirokchilar uchta guruhga ajratiladi. Har bir guruh «Syehrli qalpoqcha»dan olingan 
qog„ozchada yozilgan o„z topshiriqlarini muhokama qiladilar. Bu varaqada qayd qilingan shaxs 
xususiyatlaridan zarur sifatlarni ajratib oladilar. 
So„ng ishtirokchilar aylana bo„lib o„tiradilar va ular ichidan har bir guruh tomonidan 
ajratilgan vakil navbati bilan o„z guruhi tanlagan shaxs sifatlarini ma‟lum qiladi. Qolganlar 
ularga qo„shilish yoki qo„shilmasliklarini qayd qiladilar. 
Birinchi guruhga topshiriq. «Ideal» ilk o„spirin portretini chizing va uning sifatlarini qayd 
qiling. 
Ikkinchi guruhga topshiriq. «Zamonaviy» ilk o„spirin portretini tasvirlang. Uning 
sifatlarini qayd qiling.
Uchinchi guruhga topshiriq. «Yomon» ilk o„spirin portretini tasvirlang . Undagi asosiy 
sifatlarni qayd qiling. 
Ishtirokchilar mashq yakunida «Ideal», «Zamonaviy» va «Yomon» ilk o„spirinlarning 
xususiyatlari bo„yicha «Mening qadriyatlarim» deklartsiyasini to„ldiradilar. 
Shundan so„ng V. Satir tomonidan ishlab chiqilgan «Mening qadriyatlarim»
deklartsiyasini trener ovoz chiqarib o„qiy boshlaydi. Har bir ishtirokchi o„zi belgilagan 
qadriyatlardan birortasi o„qilganda «Men-bu men», «Men-mashhurman» jumlalaridan 
tegishlisini takrorlaydi. 
Guruh a‟zolari xayrlashadilar va tarqaladilar.

Download 471.82 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling