Mavzu: O‘quv faoliyati samaradorligini oshirish borasida sinf rahbari olib boradigan ishlarning mazmuni


Download 471.82 Kb.
Pdf ko'rish
bet9/10
Sana07.01.2023
Hajmi471.82 Kb.
#1082143
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
oquv faoliyati samaradorligini oshirish borasida sinf rahbari olib boradigan ishlarning mazmuni

Mashq: «So‘zli avtoportret» 
Ishtirokchilar qog„ozga o„zlari haqida anonim shaklda yozadilar. Ular oilalari, sinfi, 
do„stlarining fazilatlari, xarakteri, xulq-atvori, o„qishdagi yutuqlari haqida yozishlari lozim. 
Varaqlar yig„ib olinadi va aralashtiriladi, so„ng har bir ilk o„spirin bitta varaqni tanlab oladi. 
Undagi ma‟lumotlarni guruhga ma‟lum qiladi. O„qiyotgan ishtirokchining vazifasi–so„z kim 
haqida borayotganini topish. Agar topolmasa, guruhni yordamga chaqiradi. 
Mashq: «Quyoshli doira» 
1-qism. Guruhning har bir ishtirokchisi qog„ozga Quyosh rasmini chizadi. Markazda o„z rasmini 
yoki ismini ifodalaydi. Quyosh nurlari orasida o„zining sifatlaridan ko„proq yozadi.
2-qism. Ilk o„spirinlar bir-birlaridan Quyosh rasmini kiyimlariga to„g„nag„ich bilan 
mahkamlab qo„yishni so„raydilar.
3-qism. Musiqa ostida ilk o„spirinlar xona bo„ylab ohista harakatlanadilar, bir-birlariga 
yaqinlashib, Quyosh nurlariga o„z xislatlarini yozadilar. Agar Quyosh nuri yetishmasa, yana 
chizadilar. Mashq bajarib bo„lingach, har bir ishtirokchi o„z varag„ini oladi va saqlab qo„yadi. 
Trener yakunlaydi «Bolalar, sizlarda qiyinchilik tug„ilgan bo„lsa, Quyoshingizni oling, u sizning 
qalbingizda yana iliqlik uyg„otadi. 
 
Xulosa
Shunday qilib, sinf rahbari o„quv faoliyati samardorligni amalaga oshirishda o„z ishida 
muvaffaqiyatga erishmog„i uchun, u tarbiyaning asosiy yo„nalishlarini yaxshi bilishi va 
tarbiyaviy ishlar vazifalari hamda mazmunini belgilab olishda, shuningdek, bu ishlarni amalga 
oshirish shakl va uslublarini tanlab olishda bu jihatlariga doimo amal qilishi darkor. 


O„quvchilarga tarbiya berishning umumiy rejasida sinf rahbarining shu sinfda dars 
beradigan barcha o„qituvchilar bilan hamkorlikda olib boradigan tarbiyaviy ishlari markaziy 
o„rinni egallaydi. 
Har bir o„qituvchi o„quvchilarni o„qitibgina qolmasdan, balki ularga ta‟lim ham beradi, 
ularning dunyoqarashini va ma‟naviy qiyofasini shakllantiradi. U tarbiya berish vazifasini 
asosan ta‟lim berish jarayonida, darsda hal etadi. Shu bilan birga, u darsdan (sinfdan) tashqari 
tarbiyaviy ishlarni yo„lga qo„yishda ham ishtirok etadi. Masalan, o„qituvchilar o„quvchilarga 
ma‟naviy-ma‟rifiy tarbiya berishda sinf rahbarlariga yordam beradilar, o„quvchilar madaniy 
dunyoqarashini boyitishda, ularga estetik, jismoniy va mehnat tarbiyasi berishda 
ko„maklashadilar. 
Har qaysi sinfda muayyan o„qituvchilar jamoasi ish olib boradiki, bu jamoa o„quvchilarga 
qo„yiladigan yagona talabga amal qilishi, ular bilan yakka tartibda ish olib borishni amalga 
oshirishi kerak. U sinfida dars beradigan o„qituvchilar olib boradigan o„quv-tarbiya ishlarining 
xususiyatlarini o„rganadi, ularning o„quvchilarga qo„yadigan talablari hamda o„quvchilar bilan 
o„zaro aloqalarini o„rganadi, ayrim o„quvchilar xulq-atvori haqida, ularga ta‟sir ko„rsatish 
uslublari haqida o„qituvchilar bilan fikrlashib turadi. Sinf rahbari barcha tashkilotchilik va 
tarbiyaviy ishlarni faqat yolg„iz o„zi emas, balki maktab direktori va uning o„rinbosarlari 
rahbarligida, o„z sinfida dars beradigan boshqa o„qituvchilar bilan mustahkam hamkorlikda olib 
boradi. O„qituvchilar unga o„quvchilar va ota-onalar majlislarini o„tkazishda, sinfda ijtimoiy-
foydali ishlarni tashkil etishda, sayohatlarga tayyorlanish va ularni o„tkazishda, kitobxonlar 
konferensiyalari, disputlar, fan va texnikaga bag„ishlangan kechalar o„tkazishda yordam 
beradilar. Sinf rahbari ish rejani tuzib chiqib, direktorga tasdiqlatadi, o„quvchilarga beriladigan 
ta‟lim va tarbiya birligini ta‟minlashning aniq yo„llarini belgilab chiqadi. O„qituvchilarning 
sinflar bo„yicha bo„ladigan kengashlarida sinfda va sinfdan tashqarida o„tkaziladigan tarbiyaviy 
ishlarni yo„lga qo„yish masalalari kelishib olinadi. 
Sinf rahbari o„z ishida «Kamalak» bolalar tashkiloti va «Kamolot» yoshlar ijtimoiy 
harakatiga tayanadi. U sinfdagi «Kamalak» bolalar tashkiloti va «Kamolot» yoshlar ijtimoiy 
harakatiga ularning tarbiya berish imkoniyatlaridan to„la foydalanishda ko„maklashadi, ularning 
tarbiyaviy ishlarini rejalashtiradi va uni amalga oshirishlarida ularga yordam ko„rsatadi. 
Shuningdek, sinf rahbari tarbiyaviy faoliyatining muvaffaqiyatli bo„lishi uning o„quvchilar 
ota-onalari bilan mustahkam hamkorligiga ham bog„liqdir. Bu hamkorlik maktab tarbiyasi bilan 
oila tarbiyasi birligini ta‟minlash imkonini beradi. 

Download 471.82 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling