Mavzu: O‘quvchilarda mehnat qilishga ijobiy munosabatni shakllantiruvchi mashg‘ulotlarni tashkil etish
Korxonada kadrlar tayyorlash va malakasini oshirishga doir huquqiy
Download 82.27 Kb. Pdf ko'rish
|
Tenologiya
Korxonada kadrlar tayyorlash va malakasini oshirishga doir huquqiy
munosabatlar. “Aholini ish bilan ta`minlash to`g’risida”gi qonunda ta`kidlanganidek, davlat tomonidan fuqarolarni yangi kasbga bepul o`qitish, mahalliy mehnat organlarida yoki ularning yo`llanmasi bilan boshqa o`quv yurtlarda stipendiya to`lab malaka oshirish imkoniyati yaratilganligi, ularning mehnat qilish huquqining muhim kafolatlaridan biri hisoblanadi. Shogirdlikka oid huquqiy munosabatlar tuzilgan shartnoma asosida kelib chiqadi va ular ishsiz fuqaroni yangi kasbga o`qitish bilan bog’liq bo`ladi. Bozor munosabatlari sharoitida ishsiz shaxslarni kasbga tayyorlash va qayta tayyorlash hamda malakasi oshirilishi, ularni ijtimoiy foydali ish bilan ta`minlashga ko`maklashuvchi eng muhim omili, aholini ijtimoiy himoya qilish izchil choralaridan biri sifatida qaralishi lozim. SHu munosabat bilan, O`zbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi tomonidan 1999 yil 24 apreldagi “Ishsiz shaxslarni kasbga tayyorlash va qayta tayyorlash, ularning malakasini oshirishni tashkil etish to`g’risida”gi Nizom tasdiqlanib, Adliya vazirligida 1999 yil 2 iyulda 762-sonli raqam bilan ro`yxatga olingan. Mazkur nizomda O`zbekiston Respublikasida ishsiz shaxslarni kasbga tayyorlash va qayta tayyorlash hamda malakasini oshirish tizimi orqali ularni kasbga o`qitish va qayta o`qitish, malakasini oshirish bosqichlari va tartibi belgilangan. Nizomda ko`rsatilishicha, bu tizim tarkibiga: - O`zbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligining ishsiz shaxslarni kasbga tayyorlash va qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishga doir masalalar bilan shug’ullanadigan tuzilmaviy bo`linmalari; - mehnat organlarining joylardagi o`quv markazlari; - korxona, muassasa, tashkilotlarning o`quv bo`linmalari; - oliy va o`rta maxsus o`quv yurtlari; - tegishli ruxsatnomaga ega bo`lgan tijorat va xo`jalik hisobidagi tashkilotlar, uyushmalar; - shogirdlikka kasb o`rgatish imkoniyatlariga ega bo`lgan “hunarmand” uyushmasiga a`zo bo`lgan tadbirkor halq ustalarining maktablari. Mehnat organlarida ro`yxatga olingan va ishsiz deb e`tirof etilgan shaxslarni kasbga tayyorlash va qayta tayyorlash hamda malakasini oshirish quyidagi hollarda amalga oshirilishi mumkin: - ishsiz shaxs zarur kasb, malakaga ega bo`lmagani tufayli unga maqbul keladigan ish tanlash mumkin bo`lmaganda; - ishsiz shaxsning kasb ko`nikmalariga mos keladigan ish yo`qligi sababli kasbini o`zgartirish zarur bo`lganda; - ishsiz shaxs kasbga bog’liq bo`lgan kasalligi tufayli, uzoq tanaffusdan keyin ishlab chiqarishda yangi texnologiyalar joriy qilinishi munosabati bilan avvalgi kasbi bo`yicha ishlash qobiliyatini yo`qotganda. Bu qoida, uning turidan qat`i nazar, pensiya olish huquqiga ega bo`lgan va mehnat organlarida ro`yxatdan o`tgan shaxslarga ham joriy qilinadi. Ularning mehnat organlari orqali ish qidiruvchi shaxs sifatida ro`yxatga olinish huquqi saqlab qolinadi. “Aholini ish bilan ta`minlash haqida”gi Qonunning 23-moddasiga muvofiq, ishsiz shaxslarni kasbga tayyorlash va qayta tayyorlash hamda malakasini oshirish mehnat organlarining yo`llanmalari asosida amalga oshiriladi. Mahalliy mehnat organida ro`yxatga olinib, ishsiz sifatida e`tirof etilgan shaxslarning huquqlari shundan iboratki, ular shu organning mutaxassislari tomonidan kasb tanlash va kasbga muvofiq ta`lim olish imkoniyatlariga, bepul maslahatlar olish, davlat mablag’lari hisobidan yangi kasbni egallash yoki malakasini oshirish imkoniyatlaridan to`liq foydalanadi. Download 82.27 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling