Mavzu: O‘quvchilarda mehnat qilishga ijobiy munosabatni shakllantiruvchi mashg‘ulotlarni tashkil etish


Download 82.27 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/11
Sana05.10.2023
Hajmi82.27 Kb.
#1692944
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Tenologiya

Xodimlar mehnatiga baho berish 
Mehnatdan qoniqish hosil qilish - bu xodimning mehnat mazmuniga,
xarakteri va shart-sharoitlariga qo‘yadigan talablarining muvozanatli holati, bu
talablarni amalga oshirish imkoniyatlariga sub’ektiv baho berishdir. Inson yoki
kishilar guruhining o‘z mehnat faoliyatiga, uning turli jihatlariga baho berish
munosabati xodimning mazkur korxonaga, mehnat jamoasiga ko‘nikishining
umumiy va xususiy qoniqish hosil qilish mavjud bo‘lib, bunda birinchisi umuman
qoniqishni bildirsa, ikkinchisi mehnatning turli jihatlari va ishlab chiqarish vaziyati
elementlaridan qoniqish hosil qilishni ko‘rsatadi.
Mehnatdan qoniqish hosil qilishning yetarli darajada aniq bir qator omillari
borki, ular uning inson ijtimoiy-iqtisodiy hayotidagi roli, funktsiyasi, oqibatlarini,
mehnatni tashkil etish va boshqarishdagi ahamiyatini aks ettiradi. 
1. Odamlarning turmushdagi, ijtimoiy-iqtisodiy tizimdagi qulaylikka, ijtimoiy
sharoitga munosabatini o‘rganish natijasida shu narsa aniqlanganki, ish va martaba
ular uchun shaxsiy hayot, salomatlik, to‘laqonli dam olish bilan bir qatorda ancha
ahamiyatli hisoblanadi. Xullas, mehnatdan qoniqish hosil qilish avvalo ijtimoiy
qoniqish hosil qilish, shaxslar, guruhlar, aholi, millat hayotining eng muhim sifat
ko‘rsatkichidir.
2. Mehnatdan qoniqish hosil qilish funktsional-ishlab chiqarish ahamiyatiga
egadir. U ishning miqdor va sifat natijalariga, topshiriqlarning shoshilinch va aniq
bajarilishiga, boshqa kishilarning mehnatga munosabatidagi o‘ziga xos tomonlarga
ta’sir ko‘rsatadi. Mehnatga munosabat xodimning o‘z ishchanlik sifatlari va
ko‘rsatkichlariga mustaqil baho berishga asoslanishi mumkin. Shu bilan birga o‘z-
o‘zidan qoniqish va qoniqmaslik ham aniq hollarga qarab ishga ijobiy va salbiy
ta’sir ko‘rsatishi mumkin. 
3. Ish beruvchining odamlar ishdan qoniqish hosil etishi to‘g‘risida
g‘amxo‘rlik qilishi boshqaruv muomalasi, umuman, mehnat munosabatlarining
ayrim muhim tiplarini belgilab beradi. Ish beruvchi ko‘pincha mehnatni
insonparvarlashtirish to‘g‘risidagi har qanday tadbirning ishlab chiqarish -
iqtisodiy samaradorligiga ishonchsizlik bilan qaraydi, ularga mablag‘ ajratilishini
nooqilona ish deb hisoblaydi. Ana shu maqsadlar uchun mablag‘lar ko‘pincha
kasaba uyushmalari, huquqiy idoralar yoki omma (xodimlar)ning taziqi bilan sarf
etiladi. Bu hol “mehnatdan qoniqmaslik” kabi ko‘rsatkichning ishlab chiqarish
sohasi uchun muhimligi va ahamiyatini tushunmaslik tufayli sodir bo‘ladi.
4. Mehnatdan qoniqish hosil qilish ko‘pincha kadrlar qo‘nimsizligiga sabab
bo‘lib, uning oldini olish yuzasidan tegishli harakatlar qilish zarur bo‘ladi. 
5. Xodimning nuqtai nazaridan mehnat xususiyati va shart-sharoitlari rahbar


obro‘-e’tiborining eng muhim omilidir.
6. Mehnatdan qoniqish darajasiga qarab xodimlarning talablari va da’volari
ortadi yoki kamayadi, shu jumladan, ish uchun mukofotlashga nisbatan talabni
oshiradi (mehnatdan qoniqish hosil qilish mehnatga haq to‘lashga nisbatan
tanqidiylikni pasaytiradi). 
7. Mehnatdan qoniqish hosil qilish ayrim xodimlar va mehnat guruhlarining
har xil xatti-harakatlarni tushuntirish, talqin qilishlarning universal mezoni
hisoblanadi. U ma’muriyatning xodimlar bilan muomala qilish uslubi, usuli,
jihatlarini belgilab beradi, ya’ni qoniqish hosil qilgan va qilmagan xodimlar xulq-
atvori, ularni boshqarish farq qiladi.
Odatda, mehnatdan qoniqish hosil qilishni turli xil omillar yig‘indisi bilan
o‘lchaydilar. Korxona, mehnat tashkiloti, firma va hokazolar doirasida quyidagi
ko‘rsatkichlarni ajratib ko‘rsatish mumkin: 

Download 82.27 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling