Mavzu: O‘quvchilarda mehnat qilishga ijobiy munosabatni shakllantiruvchi mashg‘ulotlarni tashkil etish


Mehnat nizolarini hal qilishga oid huquqiy munosabatlar


Download 82.27 Kb.
Pdf ko'rish
bet11/11
Sana05.10.2023
Hajmi82.27 Kb.
#1692944
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Tenologiya

Mehnat nizolarini hal qilishga oid huquqiy munosabatlar. 
Mehnat nizolari protsessual xususiyatga ega bo`lib, sub`ektlar, ya`ni xodimlar
bilan ish beruvchilar o`rtasida amaldagi mehnat to`g’risidagi qonunlar va normativ
hujjatlarni, mehnat shartnomasida nazarda tutilgan mehnat shartlarini qo`llash
yuzasidan kelib chiqadi (MKning 259-moddasi). Bunday yakka nizolar mehnat
nizolari komissiyasida, tuman (shahar) sudlarida, ba`zi hollarda, xo`jalik sudlarida
ko`rib hal etiladi.
Mehnatning yangi shartlarini belgilash yoki mavjud shartlarni o`zgartirishga
doir nizolarni hal qilishga tegishli huquqiy munosabatlar ish beruvchi bilan kasaba
uyushmasi yoki xodimlarning boshqa vakillik organlari o`rtasida yuzaga keladi. 
Jamoalarga doir mehnat nizolarini hal qilishga taalluqli huquqiy munosabatlar
ish beruvchi va xodimlar jamoasi o`rtasida mehnatning yangi shartlarini belgilash
yoki mavjud shartlarini o`zgartirish, jamoa shartnomasi va kelishuvlarini tuzish,
ularga o`zgartirishlar kiritish hamda bajarish bilan bog’liq kelishmovchiliklar
natijasida vujudga keladi (MKning 281-moddasi).
Bunday huquqiy munosabatlar sub`ektlari, bir tomondan, mehnat nizosini hal
qiluvchi yuridiktsion organlari: mehnat nizolari komissiyalari, sud organlari,
yuqori turuvchi organlar, kasaba uyushmalari organlari hisoblansa, ikkinchi
tomondan, xodim, kasabalar uyushmasi yoki xodimlarning boshqa vakillik
organlari, mehnat huquq inspektsiyalari, ish beruvchi va prokuror bo`ladi. Huquqiy
munosabatlar yuridiktsion organlarga nizoni hal qilish xususida berilgan ariza
asosida kelib chiqadi. Mehnat nizolarini hal qilish va protsessual huquqiy


munosabatlarning mazmuni, aksariyat hollarda, mehnat qonunchiligi, ba`zan esa
fuqarolik protsessual qonunchiligi bilan belgilanadi. Protsessual huquqiy
munosabatlar yuridiktsion organlar tomonidan ushbu mehnat nizosi yuzasidan
chiqarilgan qarorning qonuniy kuchga kirishi yohud taraflarning kelishuvi bilan
belgilanadi.

Document Outline

  • Mavzu: O‘quvchilarda mehnat qilishga ijobiy munosabatni shakllantiruvchi mashg‘ulotlarni tashkil etish

Download 82.27 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling