Mavzu: O’quvchilarga shpilkalik birikmalar mavzusini o’rgatish. Reja: Kirish


Download 430.09 Kb.
bet4/5
Sana18.06.2023
Hajmi430.09 Kb.
#1581529
1   2   3   4   5
Bog'liq
METODIKA farrux











Xulosa

Hozirgi zamon ishlab chiqarishida chizma alohida o ‘rin tutadi. Chunki har kuni

zavodlarimizda turli stanoklar, mashina va mexanizmlar, uy-ro‘zg‘or buyumlari va

ko‘plab boshqa narsalar tayyorlanadi. Ulami esa chizmalarsiz yasab bo‘lmaydi.

Chizmalarga qarab mashina va asboblarning alohida detallari tayyorlanadi, tayyor

detallardan murakkab mexanizmlar yig'iladi.

Mеn o`zimning kurs ishimda “O’quvchilarga shpilkalik birikmalar

mavzusini o’rgatish” haqidagi umumiy tushunchalarni bayon etdim.  Bunda




o’quvchilar shpilkali birikmani chizish bo’yicha biriktirilayotgan detallardan


biri bolt o’tqazish uchun teshib bo’lmaydigan qalinlikda bo’lganda shpilkali


birikmadan foydalanilishi, shpilkali birikma hosil qilish uchun shpilka,


gayka ,shayba ishlatishi, shpilka uzunligini aniqlashda biriktirilayotgan ochiq


teshikli detalning qalinligi hisobga olinishi biriktirilayotgan detallarning


biridagi rezbali berk teshikka shpilkaning bir uchiga rezbasini butun uzunligi


bo’yicha burab kiritilishi va boshqa qoidalarni o’rganadilar.

Bu ishim bilan men, kelajak avlodlarimiz bo`lgan bolalar ongini, tafakkurini


boyitish, tasviriy san`at shaydolarini shakllantirishdek, byuk maqsad sari


intiladi- gan, zamonamiz tayanchlarini, yetuk shaxslarni yetishtirib berishdek


mas`uliyatli vazifaga o`z hissamni qo`shganimdan mamnunman. Ko`nglida


tasviriy san`atga bo`lgan ishtiyoqi baland kishilardan, hech qachon vatan


xoinlari chiqmaydi. Bun- day kishilar, vatan kelajagi uchun uning gullab


yashnashi uchun, qo`llaridan kel- gan barcha ishlarni qilishga, tayyordirlar.


O`z bilim va zakovatlarini, namoyon qila olishlariga iymonimiz komildir.


Grafik tasvirlashni o’rganishda xomaki rasmlar ishlashning o’ziga xos o’rni


bor. Rasm chizishni mukammal o’rganmoqchi bo’lganlar xomaki rasmlar


ishlamasdan puxta rasm chizishni o’rgana olmaydi. Xomaki rasmlarni


muntazam ravishda ishlamaydigan o’quvchida chizgan rasmida nuqsonlar


ko’pligi sababli o’zi ishlayotgan tasviriga nisbatan sovuqqonlik paydo bo’ladi.


Rasm chizishni o’rganishda xomaki rasm ishlashdan o’rinli foydalanish rasm


chizish qobilyatini oshiradi. Ayni damda uzoq muddatda chiziladigan amaliy


mashg’ulotlarga tayyorgarlik bo’ladi.


O’quvchilar chizmachilik mashg’ulotlarida grafik ishlarni ishlaganlarida


chizmachilikning turli shakllarini ko’radilar, uning katta-kichikligini,


shaklini, shaklidagi kerakli elementlarini aniqlaydilar. Grafik ishlarni idrok


etib, ularning tuzilishini o’rganishadi. . Grafik ishlarni idrok etish bilan


birga, uning tasvirini yaratish tahlilini o’rganib, ong faoliyati asosida grafik


ko’rinishini tasvirga aylantirib, qog’oz yuziga joylashtirish bo’yicha hisob-


kitob qilinadi. Shundan so’ng tasvirni qog’oz yuzasiga tushiriladi. Bu


mashg’ulotlar davomida diqqat, idrok, xotira, tasavvur, did emotsiya


rivojlanib, rasm chizish malakasi ortadi. Chunki bu mashg’ulotlarda


o’quvchining kuzatuvchanligi oshadi va ko’radi, uni ong faoliyatida tahlil


qiladi, shakllarini topib, uni qog’ozga tushiradi.



Download 430.09 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling