Mavzu: O`quvchilarga sodda masalalar yechishni
Download 30.89 Kb.
|
1 2
Bog'liq2-mavzu O‘quv dasturi tahlili. (1-, 2-, 3-, 4- sinflar kesimida)
Mavzu: O`quvchilarga sodda masalalar yechishni o`rganish usullari. Reja: I. Kirish II. Asosiy qism. a) Sodda masalalar bilan tanishtirish va ularni yechishni orgatish, v) «O`nlik mavzusida masalalar ustida ishlash metodikasi. III. Xulosa, Kirish. Masalalar yechish matematika óqitishning muhim tarkibiy qismidir. Masalalar yechishmasdan matematikani ózlashtirishni tasavvur ham qilib bólmaydi. Matematikada masalalar yechishni nazariyani amaliyotga tadbiq qilishning mutlaqo tabiiy yóldir. Arifetik amallarning mazmunini amallar orasidagi boğlanishlarni, amal komponentlari bilan natijalari orasidagi boğlanishlar bilan tanishishda mos sodda masalalardan foydalaniladi. Sodda masalalar óquvchilarni matematik munosabatlar bilan tanishtirishning muhim vositalaridan biri bólib xizmat qiladi. Masalalarni mustaqil yechishni tashkil qilish óqituvchiga óquvchilarning mumkin bólgan aqliy qobiliyatlarini rezervlardan foydalanish imkonini beradi. II (a). Masalalar yechish orqali óquvchilarda ushbu malakalar tarkib topmoği lozim. 1.Masalani tinglashni órgatish va uni mustaqil óqiy olish. Masalalar ustida ishlash uning mazmunini ózlashtirishdan boshlanadi. 2.Masalani dastlabki analiz, qilish. Ma’lumni noma’lumdan, muhimi nomuhimdan ajratish. Masalada berilganlar bilan izlanayotganlar orasidagi boğlanishni ochish bu eng muhim masalalardan biri bunday malakaga ega bólmay turib, masalalarni mustaqil yechishga órganib bólmaydi. 3.Masalani qisqa yozish malakasi. Masala teksti ustida oğzaki ishlagandan keyin uning mazmunini matematik terminlar tiliga ótkazish va qisqa yozuv shaklidagi matematik strukturasini (qisqacha shaklini) belgilash kerak. S’huni nazarda tutish kerakki, barcha hollarda ham qisqa yozuvni bajarish bilan bir vaqtda masala shartining analizi ham amalga oshiriladi. 4. Sodda masalalar yechishda amal tanlashni asoslab berish, sóngra yechish planini tuzish malakasi. 5. уеchimni bajarish, uni óqituvchi talabiga mos qilib rasmiylashtirish va masala savoliga javob berish malakasi. Sodda masalani arifmetik usulda yechishda ifoda tuziladi va uning qiymati topiladi. Masalan. Murodda 4 ta sa’va bor. Akbarda esa unda 3 ta ortiq sa’va bor. Akbarda nechta sa’va bor? Murodda- 4 ta Akbarda -.? 3 ta ortiq Akbarda nechta? 4+3=7 ta Javob 7 ta 6.Masala yechimini tekshira olish malakasi. Masala yechimini tekshirish degan sóz, yechimning tóğri yoki notóğriligini aniqlash degandir. Matematik masala ustida ishlash prosessida shunga intilish kerakki, har bir masala bolalar uchun haqiqiy bilim manbai bólib qolsin. Masala: Qutida 10 ta tuxum bor edi. Nonushta uchun 4 ta tuxum olindi. Qutida nechta tuxum qoldi? Qisqacha sharti Bor edi 10 ta 10-4=6 Olindi 4 ta Javob: 6 ta tuxum qoldi. qoldi nechta? Valijonda 7 ta kaptar bor. Tolibjonning kaptari undan 4 ta kam: Tolibjonda nechta kaptar bor? V-7 ta T-? 4 ta kam T-nechta Echish 7k-4k=3k Javob Tolibjonda 3 ta kaptar bor. II (b) «Ónlik mavzusida masalalar ustida ishlash. 1. Yiğindi va qoldiqni topishga doir masalalar. Bu xil masalalar ustida ishlash birinchi darslardayoq boshlanadi va boshida amaliy mashqlar xarakterida bóladi, bu mashqlarning bajarilishida bolalar atrof borliqdagi aniq narsalar bilan ish kórib, tóplamlar ustida, bu tóplamlarni birlashtirishga yoki berilgan tóplamdan uning qismini ajratishga oid amallarni bajarishadi. Bular ushbu kórinishdagi mashqlar: «3 ta doiracha qóying. Ularning yoniga yana bitta» doirachani suring. Doiracha nechta bóldi? «5 ta chóp quying. Ikkita chópni nari sóring. Nechta chóp qoldi? va hokazo. Bolalar predmetlar bilan bajariladigan amaliy ishlardan sekin-asta rasmlarda tasvirlangan predmetlar tóplamlari ustida ish kórishga ótkaziladi. Masalaning ózi bilan va uning tarkibiy elementlari bilan bolalarni tanishtirish óqitish jarayonidagi navbatdagi eng muhim va juda javobgarli bosqichdir. Bu ishni notóla predmet kórsatmalilikdan foydalanib boshlash kerak. Óqituvchi son ma’lumotlarni va amallarni kórsatadi, ammo natijani kórsatmaydi. «Akasi Erkinga oldin 3 ta otkritka sovğa qildi, sóngra yana 2 ta otkritka sovğa qildi. Erkinda akasi qancha otkritka sovğa qilgan. 2.Sonni bir necha birlik orttirish va kamaytirishga oid masalalar. Sonni bir necha birlik orttirish (kamaytirish)ga oid masalalar yiğindi va qoldiqli topishga doir masalalardan keyinroq kiritiladi. Bu xildagi sodda masalalarni qarashga tayyorgarlik ularni kiritishdan ancha oldin boshlanadi. Agar predmetlarning berilgan gruppasiga bir yoki bir nechta predmet qóshilsa, bu dastlabki predmetlar sonini orttiradi, agar ayrilsa, bu dastlabki predmetlar sonini kamaytiradi. Bu munosabatlar har xil kórsatma materiallar yordamida órnatiladi. Masala: Bir tokchada 6 ta, ikkinchisida birinchisidagidan 3 ta ortiq kitob bor. Ikkinchi tokchada qancha kitob bor? I. tok - 6 ta k II. tok-?, 3 ta k ortiq Yechish 6+3=9 Javob: 9 ta kitob 3. Ayirmali taqqoslashga doir masalalar. Bu xil masalalar bilan tanishtirish ishini avval sanoq materiallardan foydalanib amalga oshirish tavsiya qilinadi. Birinchi masalalar darslikdagi rasmlarga va sxematik rasmlarga asoslanib yechiladi. Masalan, ushbu: «Maktab boğchasida 6 tup olcha va 9 tup órik bor. Boğchadagi óriklar olchalardan necha tup ortiq». Olcha tupini doiracha bilan, órik tupini uchburchak bilan tasvirlashga kórsatma berish kerak. Hosil bólgan rasmdan shu masalani yechish uchun amala tanlashda foydalaniladi: uchburchaklar doirachalaridan qancha ortiqligini bilish uchun hamma uchburchakdan nechta doirachaning rasmi solingan bólsa, shuncha uchburchakni ayirish kerak. Sxematik rasm masalada berilganlarni tasvirlabgina qolmay, balki doirachalar uchburchaklardan 3 ta kamligini ayoniy kórsatadi ham. Masalalar ustida ishlashda ma’lum sistemani belgilash va uni joriy qilish malakasini hosil qilish kerak. Óquvchilar egallab olingan malaka va kónikmalarni bir-biriga boğliq holda va har bir aniq masala xususiyatlarini hisobga olgan holda qóllay olishni órganishlari muhim. Matematik masala ustida ishlash davomida shunga intilish kerakki har bir masala bolalar uchun haqiqiy bilim manbai bólib qolsin. Download 30.89 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling