Uglevodorodlar — molekulalari faqat uglerod va vodorod atomlaridan tuzilgan organik birikmalar sinfi.
UGLEVODORODLAR
Uglevodorodlar 2 sinfga bo’linadi:
Kislorodli organik birikmalar- tarkibida uglerod va vodorod atomlaridan tashqari koslorod atomlarini ham tutgan birikmalar.
Bularga spirt, fenol, oksobirikma(aldegid), keton, karbon kislota, oddiy va murakkab efir, yog’lar kiradi.
AZOTLI ORGANIK BIRIKMALAR
Azotli organik birikmalar- tarkibida uglerod va vodorod atomlaridan tashqari azot atomlarini ham tutgan birikmalar.
Bularga nitrobirikmalar, amin va aromatik aminlar, aminokislotalar va oqsillar kiradi.
Organik birikmalarning nomlanishi - Uzun zanjir tanlanadi
- Zanjirning qaysi uchiga o`rinbosar yaqin bo`lsa o`sha tomondan raqamlanadi
- Oldin kichik sonli o`rinbosar keyin kattasi aytiladi
- Ikkita bir xil o`rinbosar bo`lsa di-, uchta bir xil bo`lsa tri-, to`rtta bir xil bo`lsa tetra- so`zi qo`shib aytiladi
- Eng oxiririda asosiy zanjir nomi aytiladi
IZOMERIYA
ORGANIK BIRIKMALARNING FAZOVIY TUZILISHI
Organik birikmalarning biologik faolligi ko’p jihatdan ularning fazoviy tuzilishi bilan bog’liq bo’ladi. Masalan, bir birikmaning ikki xil stereoizomerlaridan biri organizm faoliyatida ishtirok etsa, ikkinchisi ishtirok etmasligi mumkin, ya’ni molekuladagi atomlarning fazoda joylashishi ularning biokimyoviy xossalarini belgilab beradi
IZOMERIYA
Organik birikmalarning kimyoviy xossalari va reaksion qobiliyati ham molekulada atomlar joylashishi bilan bog’liqdir. Bu bog’liqliklarni kimyoning sohalaridan biri – stereokimyo o’rganadi. Bu sohada o’rganiluvchi izomerlar stereoizomerlar deyiladi
Do'stlaringiz bilan baham: |