Andijon davlat universiteti
“Tabiiy fanlar” fakulteti kimyo yo’nalishi
302-K guruh talabasining
“Organik kimyo” fanidan
KURS ISHI
Andijon-2019
Bajardi: M. .Xolmirzayeva
Kurs ishi rahbari G’. Madrahimov
REJA: I. KIRISH II. ASOSIY QISM 1. Nitroalkanlar nomenklaturasi, olinishi va fizik xossalari 2. Nitroalkanlar kimyoviy xossalari 3. Aromatik nitrobirikmalar olinish usullari. 4. Fizik va kimyoviy xossalari 5. Ayrim vakillari III. XULOSA IV. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR Ta’limni tarbiyadan, tarbiyani esa ta’limdan ajratib bo’lmadi - bu sharqona qarash, sharqona hayot falsafasi.
NITROALKANLAR NOMENKLATURASI, OLINISHI VA FIZIK XOSSALARI
Alkanlardagi bir yoki bir nechta vodorod atomlarini nitro guruhga almashinishi natijasida hosil bo’lgan moddalar nitroalakanlar deb ataladilar. Nitroalkanlarni nomlash uchun tegishli alkan nomiga nitro- old qo’shimchasi qo’shiladi. Uglevodorod zanjiri agar boshqa kattaroq guruh, karrali bog’lar mavjud bo’lmasa, uglerod atomlari nitroguruh yaqin turgan tomondan raqamlanadi. Uglevodorod zanjiridagi o’rinbosarlar, galogen atomlari, alkil guruhlar va nitroguruh birikma nomida o’zakdan oldin alifbo tartibida joylashtiriladi. Uglerod zanjiri o’rinbosar yaqin turgan tomondan raqamlanadi.
Alkanlarni to’g’ridan to’g’ri nitrolash yuqori temperaturada, suyuq yoki gaz fazasidan suyultirilgan nitrat kislota yoki azot oksidlari ta’sirida olib boriladi.
Alkanlarni suyuq fazada nitrolash reaktsiyasi birinchi marta M.Konovalov tomonidan o’tkazilgan. Reaktsiya alkanlarni 10-25 % li nitrat kislota bilan kavsharlangan ampulada 140-150 oC da qizdirish bilan olib borilgan
OLINISHI
Alkanlarni gaz fazasida nitrolash X.Gess tomonidan amalga oshirilgan (1930). Alkan va nitrat kislotasining bug’lari maxsus reaktorlarda 0,2-2 sekund davomida 420-480 oC gacha qizdiriladi va tezda sovutiladi. Metandan nitrometan hosil bo’ladi. Etan, propan yoki butanlar nitrolanganda uglerod-uglerod bog’lari uziladi va nitroalkanlar aralashmasi hosil bo’ladi. Aralashma haydash yo’li bilan ajratiladi.
OLINISHI
Do'stlaringiz bilan baham: |