Normal alkanlarning IQ yutilish spektrlari
• To'yingan uglevodorodlarda C-H bog'ning valent va deformasion tebranishlari xarakteristik hisoblanadi.
6.9 - rasm. n-Dekanning infraqizilyutilish spektri.
C-H bog'ning valent tebranishlari: CH3,2958 sm-1(vas CH3), 2871 sm-1 (vs СНЗ); CH2,
2923 sm-1 (vas), 2854 (vs);
C-H bog'ning deformasion tebranishlari: СНЗ, 1379 sm-1 (6s), 1467 sm-1 (6as); CH2,1465 sm-1 (6sCH2);
CH2 gumhning mayatniksimon tebranishlari, 721 sm-1, (pCH2)
Olefin uglevodorodlarning IQ yutilish spektrlari
Uglevodorod molekulasida qo'sh bog'ning mavjudligi birnechta yangi tebranishning paydo bo'lishiga olib keladi.
Bularga C=C qo’sh bog'ning valent tebranishi, =C-H olefin bog'ning valent tebranishi shu bog'ning tekislikda bo’layotgan hamda tekislikda bo'lmayotgan deformasion tebranishlari kiradi.
Asetilen uglevodorodlarning IQ yutilish spektrlari
Asetilen birikmalarning C=C valent tebranishlariga tegishli kuchsiz, tor polosa spektrning 2260-2100 sm-1 sohasida ko'rinadi. Asetilen va lining simmetrikalmashgan hosilalari uchun butebranishning polosasi IQ spektrlarda ko'rinmaydi. Buning sababi, molekulalar simmetrik bo'lganligi uchun C=C valent tebranishlar natijasida ularning dipol momenti o'zgarmaydi.
Bir almashgan asetilenlarning =C-H valent tebranishlariga tegishli yutilish polosasi spektrning 3340-3250sm-1 qismida ko'rinadi. Bupolosaningyarimkengligispektrning shu qismida chiqadigan bog'langan OH va aminoguruhlarnikiga nisbatan tor, intensivligiesa katta bo'ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |