Spirtlar va fenollarning IQ spektlari
Spirtlarva fenollarning spektrlarida ko'rinadigan xarakteristik polosalar O-H va С—О valent tebranishlarga tegishli bo’ladi. Bu tebranishlar vodorod bog'larning hosil bo’lishiga juda sezgir.
Aromatik uglevodorodlarning IQ yutilish spektrlari
Aromatik birikmalaming spektrida eng intensiv va ko'p ma'lumot olib keladigan polosalar 900 va 650 sm-1 oraliqda ko'rinadi. Bu kuchli yutilish polosalari halqa C-H bog'larining tekislikda bo’lmayotgan deformasion tebranishlari natijasida vujudga keladi.
Halqa C-C bog'larining gavda tebranishlari 1625-1575 va 1525-1475 sm-1 sohalarda ko'rinadi. Gavda tebranishlarining polosalari halqadagi o'rinbosarning tabiatiga qarab, ko'pincha dublet ko'rinishda chiqadi.
Aromatik birikmalaming C-H valent tebranishlariga tegishli o’rtacha intensivlikka ega bo'lgan polosalar 3080-3030 sm-1 oraliqda ko'rinadi.
Oberton va tarkibiy chastotalarga tegishli intensivligi past polosalar 2000-1650 sm-1 oraliqda joylashgan.
Bu polosalar juda kuchsiz bo'lganligi uchun, ularni katta qalinlikdagi namunadan olingan spektrda yoki Fur'e spektrda ko'rish mumkin.
Aromatik moddalarning IQ spektrlarida ko'rinadigan bu polosalar yordamida benzol halqasidagi o'rinbosarning joyini aniqlash mumkin
Do'stlaringiz bilan baham: |