CH2= CH2 + HOH = CH3CH2OH + 46 kJ
CH2= CH2 + HOH = CH3CH2OH + 46 kJ
Haroratni pasaytirish va bosimni oshirish muvozanatni etilenni gidratlash tomonga siljitadi.
Ammo bosimni 3 MPa dan oshirish iqtisodiy jihatdan foydali emas. Past haroratdan foydalanish esa reaksiya tezligini ancha kamaytiradi. Shuning uchun reaksiyaga kirishmagan komponentlarni resirkulyalash iqtisodiy jihatdan maqsadga muvofiqdir. Barcha ma'lum katalizatorlardan silikagel, kizelgur, alumosilikat kabi g’ovakli tashuvchilarga shimdirilgan fosfat kislotasi nisbatan ancha samaralidir. Katalizatorning aktivligi kislota konsenratsiyasiga bog’liq. 106- rasmda suv bug’ining parsial bosimi fosfat kislota konsentratsiyasiga bog’liqligi berilgan. Etilenni to’g’ridan-to’g’ri gidratlashning optimal sharoiti aniqlangan bo’lib, u 7—8 MPa bosim, 280—290°C harorat, katalizator yuzasidagi fosfat kislotasining konsentratsiyasi 83 % dan past bo’lmaydi.
Formaldegid sanoatda ikki xil usulda olinadi: 1) tabiiy gazlarni oksidlab; 2) metanolni oksidlab, uni degidrogenlash usuli ham deyiladi. Oksidlab degidrogenlashda (bu asosiy usul hisoblanadi) bir vaqtning o’zida endotermik degidrogenlash va ekzotermik oksidlash jarayonlari boradi.
Formaldegid sanoatda ikki xil usulda olinadi: 1) tabiiy gazlarni oksidlab; 2) metanolni oksidlab, uni degidrogenlash usuli ham deyiladi. Oksidlab degidrogenlashda (bu asosiy usul hisoblanadi) bir vaqtning o’zida endotermik degidrogenlash va ekzotermik oksidlash jarayonlari boradi.
Reaksiya adiabatik sharoitda bug’ havo aralashmasi (hajm bo’yicha 45 % metanol undan yuqori bo’lsa, spirt portlaydi) konversiyasiga asoslangan holda olib boriladi. Asosiy reaksiyadan tashqari qo’shimcha reaksiyalar ham boradi (bunda CO, CO2, CH4, H2O lar hosil bo’ladi):
Oksidlab degidrogenlashda kam kislorod olinganligi uchun metanolning chuqur oksidlanish rivojlanmaydi. Katalizator sifatida pemzaga, mis turlariga yoki qirindilariga o’tkazilgan kumushdan foydalaniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |