Ma’vzu: organik moddalar ishlab chiqarish reja
Download 101.08 Kb.
|
Ma’vzu organik moddalar ishlab chiqarish reja Energetika muamm-fayllar.org
- Bu sahifa navigatsiya:
- METANOL SINTEZI
ORGANIK SINTEZ SANOATIORGANIK SINTEZ SANOATI Organik birikmalarni ishlab chiqarish qadimdan boshlangan, ammo u uzoq yillar davomida tabiiy materiallar tarkibidagi mahsulotlarni (qand-shakar, o’simlik va hayvon moylari hamda yog’lari va boshqalar) ajratib olishga asoslangan yoki murakkab tabiiy mahsulotlarni oddiy moddalarga (oziq-ovqat mahsulotlarini spirt va sirka kislotasiga, yog’larni sovun va gliseringacha) parchalashga asoslangan edi. XIX asrning o’rtalariga kelib organik kimyo taraqqiyotida yirik muvaffaqiyatlar qo’lga kiritildi. A.M.Butlerovning organik moddalarning tuzilish nazariyasi yaratildi, fizika, kimyo va texnik fanlarning yutuqlari, toshko’mirni kokslashdan hosil bo’luvchi qo’shimcha mahsulotlarga asoslangan xomashyo bazasining yaratilishi va boshqalar, organik sintezning paydo bo’lishiga, ya'ni, oddiy moddalardan murakkab moddalarni olishga olib keldi. Organik kimyoning dastlabki yutuqlari tabiiy materiallarni (tabiiy bo’yoqlar, dori-darmonlar, hid beruvchi moddalar) sintetika almashtirishga qaratildi. Keyinchalik esa asta-sekinlik bilan tabiatda uchramaydigan (portlovchi moddalar, yuqori molekular birikmalar) birikmalarni sintezlashga qaratilgan. O’tgan asrning 30-50- yillarda tabiiy gaz va neft qazib olish hamda uni qayta ishlash sohasidagi ulkan muvofaqiyatlar organik sintezning gurkirab rivojlanishi uchun mustahkam xomashyo bazasini yaratdi. Bugungi kunda organik sintez mahsulotlaridan u yoki bu darajada foydalanmaydigan xalq xo’jaligining biror tarmog’i yo’q. Buni 101- rasmda yaqqol ko’rish mumkin. .. METANOL SINTEZI R. Boyl 1661- yilda yog’ochni quruq haydash (havosiz muhitda) mahsulotlari tarkibida metanol borligini aniqladi. Uning nomi ham shundan kelib chiqib yog’och spirti deb atalgan. Uni 1834- yilda J. Dyuma va E. Peligolar toza holda ajratib olishga muvaffaq bo’ldilar. Birinchi marta u 1923- yilda Germaniyada sintez qilina boshlandi. Metanol uglerod (II) oksidini gidrogenlash usuli bilan, ya'ni sintez-gazdan olinadi. CO+2H2 ↔CH3OH+lll KJ Sintez gaz metanni suv bug’i bilan oksidlovchi konvertsiyasidan yoki tabiiy gazni termooksidlovchi kreking qilish bilan (bunda sintez gaz bilan bir vaqtda asetelin ham olinadi) olinadi. Metanol sintezlash uchun CO va N2 gazlarining 1:4 dan 1:8 gacha nisbatdagi aralashmasi olinadi. Jarayon 20—35 MPa bosimda 370—420°C haroratda rux-xromli katalizator ishtirokida olib boriladi. Metanolning unumi unchalik katta emas, shuning uchun sintez dastlabki gazlar aralashmasini ko’p marta aylantirish (sirkulyatsiyalash) bilan amalga oshiriladi. Bosimning kamayishi yoki haroratning optimal qiymatidan ortishi metan, formaldegid, dimetil efir va yuqori spirtlar kabi qo’shimcha mahsulotlar hosil bo’lishga olib keladi. Reaksiya jarayonida metanolning hosil bo’lishi reaksion aralashma hajmining kamayishi bilan boradi, shuning uchun Le-Shatele prinsipiga muvofiq sistemada bosimning ortishi muvozanatning spirt hosil bo’lishi tomonga siljishga hamda qo’shimcha reaksiyalarning borishini kamayishiga olib keladi. Reaksiya ekzotermik bo’lganligidan haroratning ko’tarilishi muvozanatni chapga siljitadi va sintez-gazning metanolga aylanish darajasini kamaytiradi. Download 101.08 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling