Ma’vzu: organik moddalar ishlab chiqarish reja
Download 101.08 Kb.
|
Ma’vzu organik moddalar ishlab chiqarish reja Energetika muamm-fayllar.org
Dunyoda metanol ishlab chiqarishning yillik o’sishi 15 % ni tashkil etadi. Vaholanki, 1970- yillarda metanolga kam ishlatiladigan mahsulot deb qaralgan. Undan formaldegid, dimetiltereftalat, metilamin, dimetisulfat, dimetilformamid, melamin, metilatsetat, metilakrilat, metilmetakrilat, yuqori molekular spirtlar va boshqa ayrim mahsulotlar olingan. Endilikda metanoldan benzin, dizel yoqilg’isining yengil fraksialari, sirka kislota va sirka aldegid, olefinlar, etilen va propilen, etilenglikol, vinilsateat etilbenzol, stirol kabi ko’p tonnali mahsulotlarni olish jarayonlari ishlab chiqilgan. Metanol oziq-ovqat mahsulotlari uchun xomashyo bo’lib qoldi va yaqin kelajakda kimyo sanoatining eng muhim mahsuloti bo’lib qoladi.Dunyoda metanol ishlab chiqarishning yillik o’sishi 15 % ni tashkil etadi. Vaholanki, 1970- yillarda metanolga kam ishlatiladigan mahsulot deb qaralgan. Undan formaldegid, dimetiltereftalat, metilamin, dimetisulfat, dimetilformamid, melamin, metilatsetat, metilakrilat, metilmetakrilat, yuqori molekular spirtlar va boshqa ayrim mahsulotlar olingan. Endilikda metanoldan benzin, dizel yoqilg’isining yengil fraksialari, sirka kislota va sirka aldegid, olefinlar, etilen va propilen, etilenglikol, vinilsateat etilbenzol, stirol kabi ko’p tonnali mahsulotlarni olish jarayonlari ishlab chiqilgan. Metanol oziq-ovqat mahsulotlari uchun xomashyo bo’lib qoldi va yaqin kelajakda kimyo sanoatining eng muhim mahsuloti bo’lib qoladi.2000- yilga kelib faqatgina AQShning o’zida 150 mln tonnadan ortiqroq metanol ishlab chiqarildi. Metanol ishlab chiqarishning texnologik sxemasi 103- rasmda keltirilgan.Oltingugurtli birikmalardan tozalangan dastlabki gazlar aralashmasi besh bosqichli kompressorda 1 dan 25 MPa gacha siqiladi. Uchinchi va to’rtinchi bosqichlar oralig’ida gaz nasadkali skrubber (2) da CO2 dan tozalash uchun 3 MPa bosim ostida suv bilan yuviladi. Kompressorning beshinchi bosqichidan chiqqan siqilgan gaz aralashtirgich (3)da moylardan tozalash maqsadida filtr(4)ga yuboriladi. So’ngra gazlar aralashmasi issiq almashtirgichning (5) quvurlar oralig’idagi bo’shlig’i orqali o’tkaziladi, u yerda chiqib (6) ketuvchi kontakt gazlari bilan 220°C gacha qizib sintez kolonnasiga kiradi. 104-rasm. Metanol sintezi kolonnasining sxemasi. 1-gaz kiradigan joyi; 2-katalizator qutisi; 3-elektr qizdirgich; 4-gaz kiradigan joy; 5-issiq almashtirgich; 6-gaz chiqadigan yo’l; 7-kolonna korpusi. Metanol sintezi kolonnaning (104- rasm) balandligi 12—18 m, ichki diametri 0,8—1,2 m, devorining qalinligi 0,04—0,1 m. Uglerod (II) oksidi uglerodli po’lat bilan birikib, temir pentakarbonilini (Fe(CO)5) hosil qilib, po’latni emiradi, natijada qo’shimcha reaksiyalar kuchayadi. Shuning uchun kolonnaning ichi va ba'zi bir qismlari qizil mis bilan qoplanadi yoki ligerlangan po’latdan yasaladi. Sanoatda 2 tipdagi sintez kolonnasidan foydalaniladi: 1.Tokchali kolonna, bunda katalizator bir necha tokchalarga qo’yiladi va gaz tokchalar orqali o’tadi. 2. Bir kolonnaning o’zida katalizator qutisi, elektr qizdirgich va issiq almashtirgichlari bo’ladi Kolonnadan chiqqan gazlar aralashmasi issiq almashtirgich quvurlari ichidan o’tib ancha soviydi va kondensator (7) to’liq sovib hosil bo’lgan «xom» spirt kondensatlanadi va separator (8)da reaksiyaga kirishmay qolgan gazlardan ajralib yig’gichga tushadi, gazlar esa kompressor orqali so’rib olinadi, aylanma gaz aralashtirgichda toza sintez gaz bilan qo’shiladi. Shu yerda sikl qo’shiladi. «Xom» spirt 92-93 % bo’lib, tozalangach va rektifikatsiyalangach, 99,5 - 99,7 % toza metanol olinadi. 1 t. metanol olish uchun 700 m3 CO, 1400-2000 m3 H2 sarflanadi. Unum nazariy hisobning 84-87 % ni tashkil etadi. Metanol sintezi fizik-kimyoviy sharoitlari va uni amalga oshirish va texnologik rasmiylashtirilishi bilan ammiak sinteziga o’xshaydi. Shuning uchun ko’pincha har ikkalasi ham bir korxonaning o’zida quriladi. Download 101.08 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling