Ma’vzu: organik moddalar ishlab chiqarish reja


Oksidlab degidrogenlashda kam kislorod olinganligi uchun metanolning chuqur oksidlanish rivojlanmaydi. Katalizator sifatida pemzaga, mis turlariga yoki qirindilariga o’tkazilgan kumushdan foydalanilad


Download 101.08 Kb.
bet32/38
Sana19.02.2023
Hajmi101.08 Kb.
#1214892
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   38
Bog'liq
Ma’vzu organik moddalar ishlab chiqarish reja Energetika muamm-fayllar.org

Oksidlab degidrogenlashda kam kislorod olinganligi uchun metanolning chuqur oksidlanish rivojlanmaydi. Katalizator sifatida pemzaga, mis turlariga yoki qirindilariga o’tkazilgan kumushdan foydalaniladi.

Sirka aldegidi Kucherov reaksiyasi (1881- yil) yordamida olinar edi. Bunda ishlatiladigan simobli katalizatorning zaharli bo’lganligi uchun, hozirgi davrda asetilenni bug’ fazali gidratlash usuli bilan sirka aldegidi olinadi. Bunda atsetilen 1:10 hajmiy nisbatda qattiq qizdirilgan suv bug’i bilan aralashtirilib 400° C da fosfatli katalizator (CdHPO4, Ca3(PO4)2) qavati orqali o’tkaziladi.

Atsetilenga suvning birikishidan hosil bo’lgan vinil spirti darhol qayta guruhlanib, sirka aldegidiga aylanadi. Aldegidni tezlikbilan reaksion aralashmadan ajratib olish kerak, aks holda kondensatlanadi. Avval kroton aldegidiga aylanadi, so’ngra smola hosil qiladi. Shuning uchun reaktorga (108- rasm) shunday miqdor asetilen yuboriladiki, uning bir qismi (40-50 %) reaksiyaga kirishishga ulguradi xolos. Reaksiyaga kirishmay qolgan qismi va suv bug’i hosil bo’lgan uchuvchan aldegidni (qaynash harorati 21°C) o’zi bilan uchirib olib ketadi.

Gazning o’ta qizib ketmasligi uchun katalizator qavatlari oralig’iga suv purkalib turiladi. Gaz avval foydalanish qozonida, so’ngra kondensatorda sovitiladi. U yerda suv bug’i va qisman sirka albdegidi kondensatlanadi. Keyin gaz tarelkali kolonnada sovitilgan suv (5-10°C gacha) bilan yuviladi, qaysiki, u aldigidni yaxshi eritadi. Tozalangan gaz yangi porsiya atsetilen bilan qo’shilib yana reaktorga kiritiladi. Asetilenni gidratlashda sirkulyatsiyadan foydalaniladi. Kondensatorda va kolonnada hosil bo’lgan aldegidning suli eritmasi haydovchi rektifikatsiya kolonnasiga boradi. Unda hosil bo’lgan aldegid bug’lari ikkinchi rektifikatsiya kolonnasining o’rta qismiga o’tadi (har ikkala kolonna ham rasmda ko’rsatilmagan) keyingi kolonnada begona qo’shimchalardan ajralib tozalanadi va sho’robali sovitgichlarda kondensatlab olinadi. Sirka aldegidning unumi reaksiyaga kirishgan atsetilenga nisbatan 85 % tashkil etadi.



Download 101.08 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   38




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling