Ma’vzu: organik moddalar ishlab chiqarish reja


Sirka kislota ishlab chiqarish


Download 101.08 Kb.
bet34/38
Sana19.02.2023
Hajmi101.08 Kb.
#1214892
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   38
Bog'liq
Ma’vzu organik moddalar ishlab chiqarish reja Energetika muamm-fayllar.org

Sirka kislota ishlab chiqarish

  • Sirka kislotasini birinchi bo’lib I. Glauber 1648- yilda olgan. Sirka kislota karbon kislotalarining ichida nisbatan muhimi bo’lib, qadimda tarkibida etil spirti bo’lgan ichimliklar (vino, pivo va boshqalar) biokimyoviy achitish yo’li bilan olingan. Hozirgi vaqtda biokimyoviy usul bilan faqat oziq-ovqat uchun ishlatiladigan sirka kislota olinadi. Keyinchalik sirka kislota beryoza yog’ochi chiqindilaridan olingan. Unga bo’lgan talab o’sib borganligi sababli, birinchi jahon urushi yillarida atsetilendan sirka aldegid, va aldegiddan sintetik sirka kislota ishlab chiqarish paydo bo’ladi. Sirka aldegidning sirka kislotagacha oksidlanish uch bosqichda boradi:

    Birinchi bosqichda hosil bo’lgan persirka kislota kuchli oksidlovchi bo’lib, ikkinchi bosqichda u sirka aldegid bilan birikib uni sirka angidridiga aylantiradi. Persirka kislota portlovchi modda. U portlaganda kislorod va sirka kislotaga aylanadi, portlashni oldini olish maqsadida persirka kislotani to’planib qolmasligi uchun oksidlash jarayonini suyuq muhitda olib boriladi. Buning uchun aldegid va marganets (II) atsetatning (katalizator) sirka kislotadagi eritmasidan foydalaniladi. (Mn(CH3COO)2) reaksiyaning ham birinchi, ham ikkinchi bosqichlarini tezlashtiradi. Uchinchi bosqichi - angidridning gidratlanishi (1) va (2) bosqichlardan ko’ra sekinroq boradi.


    Aldegidni oksidlash reaktorda (oksidlash kolonnasida) olib boriladi (109- rasm).

    Reaktor xromnikelmolibdenli po’latdan yasalgan bo’lib, balandligi 12 m, diametri 1 m. Kolonnaning ostiga aldegid va katalizatorning sirka kislotadagi eritmasi to’xtovsiz kelib turadi, kislorod esa 0,04 MPa bosim bilan bir necha quvurchalar orqali mayda pufakchalar shaklida kolonnaga bir tekisda taqsimlanib kiradi. Sovitish va optimal haroratni ( 65—70 °C) saqlash uchun kolonna ichida sovitgichlar o’rnatilgan. Kolonnaning yuqori qismidan sirka kislota chiqadi va rektifikatsiyaga yuboriladi. Kolonnadan chiqqan gazlarni (sirka aldegidining va kislotasining bug’lari, kislorod) portlashdan saqlash uchun azot qo’shib suyultiriladi. Gazlar aralashmasi kondensatorga borib kondensatlanadi va kolonnaga qaytariladi. Olingan sirka kislota ketma-ket ikkita rektifikatsiya kolonnasidan o’tadi. Birinchisida yengil qaynovchi qo’shimchalardan tozalanadi, ikkinchidan esa kislota bug’lari katalizatordan (uchuvchan emas) va qiyin qaynovchi qo’shimchalardan tozalanadi. Olingan sintetik sirka kislota 95—99,5 % bo’lib tarkibida 0,5—5 % gacha suv saqlaydi. Unumi 92 %.



    Download 101.08 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  • 1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   38




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
    ma'muriyatiga murojaat qiling