Ma’vzu: organik moddalar ishlab chiqarish reja
Download 101.08 Kb.
|
Ma’vzu organik moddalar ishlab chiqarish reja Energetika muamm-fayllar.org
Piroliz usuli qattiq yoqilg’ini yopiq idishda, havosiz muhitda qizdirishga asoslangan. Bunday sharoitda yirik molekulalar parchalanadi va hosil bo’lgan mahsulotlar ikkilamchi o’zgarishlarga uchraydi. Masalan, ularning polimerlanishi, kondensatsiya, aromatizatsiya va alkillanish reaksiyalariga kirishishi va boshqalar. Bu jarayonlar endotermik bo’lganligi uchun issiqlikni uzluksiz tashqaridan berib turiladi. Olinadigan mahsulotlarni qanday maqsadda ishlatilishiga qarab piroliz har xil haroratlarda: past haroratli piroliz (500-580°C) yoki yarim kokslash, yuqori haroratli piroliz (90°-1050°C) yoki kokslash sharoitlarida olib boriladi.Piroliz usuli qattiq yoqilg’ini yopiq idishda, havosiz muhitda qizdirishga asoslangan. Bunday sharoitda yirik molekulalar parchalanadi va hosil bo’lgan mahsulotlar ikkilamchi o’zgarishlarga uchraydi. Masalan, ularning polimerlanishi, kondensatsiya, aromatizatsiya va alkillanish reaksiyalariga kirishishi va boshqalar. Bu jarayonlar endotermik bo’lganligi uchun issiqlikni uzluksiz tashqaridan berib turiladi. Olinadigan mahsulotlarni qanday maqsadda ishlatilishiga qarab piroliz har xil haroratlarda: past haroratli piroliz (500-580°C) yoki yarim kokslash, yuqori haroratli piroliz (90°-1050°C) yoki kokslash sharoitlarida olib boriladi. Gazifikatsiya deb qattiq yoqilg’ining organik moddalarini gazlashtiruvchi moddalar (havo, suv bug’i, kislorod yoki ularning aralashmasini 1000°C haroratda) bilan chala oksidlash orqali gazlar aralashmasiga aylantirishga aytiladi. Bu jarayon gaz generatorida (reaktorida) ekzotermik reaksiya tufayli amalga oshadi. Reaktorga gazlashtiruvchi moddalar bilan yoqilg’i aralashmasi purkaladi. Gidrogenlash deb qattiq yoqilg’ini 380—550°C harorat va 20— 70 MPa bosimda katalizator ishtirokida vodorod bilan ishlov berishga aytiladi. Bunday sharoitda ko’mirning tarkibidagi organik moddalarning kuchsiz molekulalararo, (molekula ichidagi) bog’lari uzilib, to’yinmagan molekulalariga vodorod birikadi. Bir yo’la oltingugurt, kislorod va azot saqlovchi birikmalari ham gidrogenlanib H2S, H2O va NH3 hosil qiladi. Download 101.08 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling