Ma’vzu: organik moddalar ishlab chiqarish reja


Download 101.08 Kb.
bet7/38
Sana19.02.2023
Hajmi101.08 Kb.
#1214892
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   38
Bog'liq
Ma’vzu organik moddalar ishlab chiqarish reja Energetika muamm-fayllar.org

Kokslash smolasi bu koks gazlari sovutilganda kondensatlanadigan yopishqoq, qora rangli suyuqlik. U tarkibida 10000 ga yaqin individual kimyoviy modda ushlaydi. Shundan 300 dan ortiqrog’ini ajratib olishga muvaffaq bo’lingan. Ammo u moddalarning ko’pchiligi smolani 1 % dan kamrog’ini tashkil etadi. Smolani qayta ishlab olinadigan eng muhim birikmalarga, kondensirlangan halqali aromatik biriqmalari: naftalin va uning xosilalari, fenantren, antrasen, karbazol. Undan tashqari fenol, piridin, uning gomologlari, krezollar, yengil aromatik uglevodlar va boshqalar kiradi.

  • Xom benzol bu tug’ri koks gazlaridan toshko’mir moyiga yuttirib ajratib olingan yengil aromatik, tuyinmagan va boshqa uglevodorodlar aralashmasidir. Xom benzoldagi moddalar rektifikatsiyalash va tozalash yo’li bilan toza va texnik aromatik uglevodorodlar: benzol, toluol, ksilolar, kumaron, solventlar (benzol xosilalarining aralashmasi) va boshqalar ajratib olinadi.


    Kokslash jarayoni bu qattiq va bug-gaz fazalar ishtirokidagi boruvchi ko’p bosqichli geterogen jarayondir. Ko’mir shixtasi yopiq reaktorda (kokslash pech kameralarida) qizdirishganda kokslash jarayoni ko’rish (100°C gacha), plastik holat (400—500°C), yarimkokslash (500-650°C) va koks hosil bo’lish (650-1100°C) kabi bir necha bosqichlarda boradi.

    Neft va tabiiy gazni qayta ishlash
    Neft yer osti yoqilg’ilarining yagona suyuq vakili. Uni insoniyat juda qadim zamonlardan buyon yaxshi biladi. Chunonchi Frot daryosi (Bobil) sohilida olib borilgan arxeologik qazuvlar u yerda miloddan 6000—4000 yil ilgari neftdan foydalanilganligidan darak beradi. Neft tabiatda yer po’stlog’ining tektonik faoliyati tufayli hosil bo’lgan, u yer ostida cho’kindi jinslarning g’ovak qatlamlarida, yorug’ va bo’shliqlarida to’planib konlar hosil qiladi. Neft qatlamlari konlarda turli chuqurliklarda (100 metrdan 6000 metrgacha) joylashgan bo’ladi. Neft katta bosim ostida bo’lib, odatda yo’ldosh gazlar va neft suvi bilan birga uchraydi.


    Download 101.08 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  • 1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   38




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
    ma'muriyatiga murojaat qiling