Mavzu: Organizm himoyasining nospetsifik omillari Reja: Organizm tushunchasi
Download 42.95 Kb.
|
Organizm nospetsifik ximoya omillari
- Bu sahifa navigatsiya:
- Immunitet kuchsizlanishining sababi nima
- Foydalanilgan adabiyotlar
Antigenlarni maxsusliklari
Typ maxsusligi. Xar bir tur uz antigen xususiyati bilan boshka turlardan fark kiladi. M: odam - maymundan, ot - eshakdan va x. Mana shu xususiyati turlarni bir-biridan farklashda sud tibbiyotida kullaniladi. Gurux maxsusligi. Xar bir tur ichida antigen xususiyati bilan bir biridan farklanuvchi guruxlar mavjud. M: odamda eritrotsitlar membranasidagi antigen buyich AVO guruxlarga bulish mumkin. Fenotipda 4 guruxga bulib keladi. A, V, AV, O gruppalar. Xujayra va tukima maxsusligi. Organizmdagi kuplab xujayralar, tukimalar, organlar Ag jixatdan bir-birlaridan farklanadi. M: odamning yuragi antigen jixatdan buyrakdan, yugon ichak ingichka ichakdan va x. Boskichli maxsuslik. Organizmni xar bir rivojlanish boskichi uzini Ag xususiyati bilan farklanadi, ya’ni tugilmasdan xomila ag bilan tugilgandan keyingi Ag tugri kelmaydi. Tip maxsusligi. Kuprok mikroorganizmlarga kullaniladi. M: pnevmatok kapsula ag buyicha bir necha tiplarga bulinadi. Getrogen maxsuslik. Uxshash Ag ega bulgan organizmlar uchraydi, uzok avlodlar yoki turlar urtasida ag deperminanti uxshash bulishi mumkin. M: Forsman antigeni AT kesishgan reaksiya berishi mumkin. Mushuk, it, kuy, dengiz chuchkasy eritrotsitlarda uchraydi. At bilan kesishgan reaksiya beradi. Antigen mimrikriya. Oldingi xususiyatga uxshash, lekin bakteriyalar bilan odam organizmi organlari urtasidagi antigen uxshashlik kushiniladi. M: ulat kuzgatuvchisi Ag O grux eritrotsitlari Ag Bilan uxshashdir, vabo antigenlari ingichka ichak Ag bilan va x Ustma Ag. Rak kasalligi xolatida xosil bulishi mumkin.yu kupchilik xujayralar Ag yigilmasi xavfli transformatsiya davrida uchrashi mumkin. Xujayra membranasiga anamal Ag ekspress bulishi kuzatiladi. Bunday antigenlarni anamal Ag yoki onkogen antigen deb ataladi. Immunitet kuchsizlanishining sababi nima? Himoyaga xavf soluvchi omillar Noto`g`ri ovqatlanish – Tomirdagi qon tarkibida antitanachalar (immunoglobulin) bo`lib, ular organizmning himoya vositasi sanaladi. Oqsildan tarkib topgan mazkur antitanachalar me`yorda ishlab chiqarilishi uchun taomnomada go`sht, tuxum, baliq, sut-qatiq, yong`oq kabi mahsulotlar etarlicha bo`lishi kerak. Surunkali stress – Ruhiyatdagi salbiy o`zgarishlar ta`siriga tushib qolgan organizmda turli gormonlar ishlab chiqarila boshlaydi. Bu esa har bir hujayra, to`qimalarning biokimyoviy balans o`zgarishiga olib keladi. Ayrim turdagi gormonlar immun tizimini ishg`ol qilib, virus va bakteriyalar uchun yo`l ochib beradi. Olimlar fikricha, uzoq davom etgan stress davrida qondagi leykositlar miqdori keskin tushib ketishi oqibatida immun tizimi zaiflashib qoladi. Surunkali uyqusizlik – Aksariyat hollarda 8 soat uyqu me`yor hisoblanishini unutib qo`yamiz. Bir-ikki kun ozroq uxlagan kishi o`z-o`zidan mazkur tartibga moslashgandek ko`rinsa-da, 5 kun ketma-ket davom etgan uyqusizlik yoki etarlicha uyquning bo`lmasligi immun tizimida jiddiy o`zgarishlarni keltirib chiqaradi. Nome`yoriy holatlar – sovuqsirash, qizib ketish, ko`p eb qo`yish, tamaki va spirtli maxsulotlarni iste`mol qilish kabilar immun tizimi emiruvchilardir. Tashqi muhit – ishlab chiqarish korxonalari, maishiy sanoat, avtomobil tutuni ta`sirida havo ifloslanadi. Har kuni ifloslangan havodan nafas olish esa har qanday chiniqqan immunitetni ham ishdan chiqarishi hech gap emas. Organizmingizga foyda bo`lishi uchun har zamon tabiat qo`yniga dam olgani borib turing. Diqqat: organizm ogohlantiradi! Tez-tez kasallanish – shifokor ko`rigiga borishingiz uchun dastlabki belgi. Yil davomida 3-4 marta (bolalarda 5-6 marta) shamollash, gripp yoki tumov bilan og`risangiz, bilingki, immunitetingiz ko`makka muhtoj. Xastalikning davom etishi – Agar immunitetingiz mustahkam bo`lsa, har qanday kasallik og`ir darajada bo`lsa-da, tez o`tib ketadi. Bu holatda organizm keskin himoya choralarini qo`llab, virus va bakteriyalarga qarshi bor imkoniyatlarni ishga soladi. Tana haroratining birdan ko`tarilib ketishi ham shundan. Immunitet zaif bo`lganida esa organizm yot moddalarga qarshi reaksiya bermay, tana harorati kamdan-kam hollarda balandlaydi. Shu bois davolash ishlari qancha erta boshlansa ham muolaja uzoqqa cho`zilishi mumkin. Ichaklar holati – qabziyat (ich qotishi) va ich ketishi kabi holatlarga e`tibor bering. Mazkur jarayonning tez-tez sodir bo`lishi disbakteriozdan darak bo`lib, ichaklar mikroflorasida o`zgarish bo`lganini anglatadi. Aynan ichaklar faoliyatiga ko`ra immunitet darajasini taxmin qilish mumkin. Zero ingichka va yo`g`on ichak shilimshig`i zararlanganda ushbu a`zo mikroflorasida ham o`zgarish bo`ladi. Bu kabi o`zgarishlar oqibatida xelikobakteriya infeksiyasi yuzaga kelib, gastrit va oshqozon yarasiga sabab bo`lishi mumkin. Foydalanilgan adabiyotlar 1. RixsiyevaA., To’raxo’jayevX. SportmeditsinasiasoslariToshkent, O’z “Tibbiyoti”, 1985, 252 bet. 2. Muhamedov E.M., Eshboev E.X. Mikrobiologiya, immunologiya, virusologiya 3. Bashkirov V.F. Vozniknovenniya I lecheniyatravm u sportsmenov M. Fizkul’tura i sport 1981 4. Dembo A.G. Prichini I profilaktikaotkloneniy v sostoyaniizdorovy’yaspotsmenov M. Fizkul’tura i sport 1981 5. Rixsiyeva . Abu Ali ibn Sino o rolifizicheskixuprajneniy v soxraneniizdorovyacheloveka. Tashkent “O’qituvchi” 1981 6. www.ziyonet.uz 7. www.avitsenna.uz Download 42.95 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling