Butalarni kesuvchi-yorituvchi (siyraklashtiruvchi) KOM-2,3 mashinasi qator qilib ekilgan daraxtlarni siyraklashtirish - yoritish hamda qatorlar oralig‘idagi o‘sib chiqqan daraxtlarning bachki novdalari va butalarini vaqti-vaqti bilan kesib turish uchun ishlatiladi.
Bu mashinani qiyaligi 8 gradusdan oshmagan o‘rmonlar kesilgan va tozalangan qiyaliklarda ishlatilishi mumkin. Bunda novdalar qatorning har ikkala tomoni 2,5 m kenglikda texnologik yo‘lak shaklida kesiladi, kesilgan materiallar ishlov beriladigan daraxtlarga zarar keltirilmasdan qoldiriladi.
Mashinaning asosiy qismlariga rama 1 (2.1-rasm) , kardan
2, xarakatuzatuvchi val 3, freza pichoqli val 4, yon to‘siq 5, qaytaruvchi ajratgich 6 kiradi. Uning freza pichoqli vali 4 traktorning xarakat yo‘nalishiga teskari ravishda aylanadi.
Mashina oldinga xarakatlanganda ramasi orasida o‘rnatilgan qaytaruvchi ajratgich 6 kesilgan daraxtni old tomonga egadi va traktorning radiatorini kesilgan novdalardan himoyalaydi. Ramaning yon tomonidagi to‘silari 5 devorchalarga ega bo‘lib, u kesilgan novdani yon tomonga tushishiga qarshilik ko‘rsatadi va uni traktorning g‘ildiraklari orasiga to‘shab ketadi. .
Butalarni kesuvchi-yorituvchi KOM-2,3 mashinasi MTZ-80/82 va TTZ-80.10 bilan agregatlanadi.
Yog‘ochlarni sudrab tashib chiquvchi PDT-0,3 moslamasi texnologik yo‘laklardagi daraxtlarning novda yoki uzun shox-shabbalari bilan hamda diametri 10—30 sm bo‘lgan novdalarni traktorga osilgan holda olib chiqish uchun ishlatiladi (2.2-rasm). Bundan tashqari texnologik yo‘laklarni tayyorlashda ham ishlatish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |