Mavzu: O’rmon xo’jaligining texnikaviy shakllari Reja: O’rmon xo’jaligida ishlab chiqarish vositasi energetika turlari
Download 0.49 Mb.
|
O’rmon xo’jaligining texnikaviy shakllari
Traktorning quvvat olish vali traktor bilan agregatlangan ko‘chib yuradigan yoki muqim ishlaydigan qishloq xo‘jalik mashinalarining ishchi qismlariga xarakat berish uchun xizmat qiladi.
Quvvat olish vali orqali xarakatga keltiriladigan mashinalar bajaradigan texnologik jarayonlarning turiga hamda traktorga nisbatan o‘rnatilishiga qarab farq qilganligi tufayli ko‘plab turlarga bo‘linadi. Traktorlar turli ko‘rinishdagi quvvat olish vallari bilan jihozlangan bo‘lib, ular quyidagicha: quvvat olish valini traktorga o‘rnatilgan joyiga qarab: traktorning oldiga (o‘t o‘radigan jatkalar, g‘o‘zani chilpish qurilmasi), yoniga (qator orasiga o‘g‘it soladigan kultivator) va orqa tarafiga (o‘t o‘rgich, o‘g‘it sepgich, purkagich va hakozolar) o‘rnatilgan bo‘ladi. Eng ko‘p tarqalgan turi asosan traktorlarning orqasi o‘rnatilgan turi hisoblanadi. Qishloq xo‘jaligida ishlatiladigan traktorlarning quvvat olish vallarining aylanishlar sonini o‘zgarishiga qarab asosan: doimiy yoki o‘zgaruvchan aylanishli turlarga bo‘linadi. Quvvat olish valining doimiy aylanadigan turida xarakat bevosita traktor dvigatelidan olinadi. SHuning uchun ko‘pchilik qishloq xo‘jaligi mashinalariga (paxta terish mashinasi, paxta tozalash mashinasi, o‘t o‘rish mashinasi, suv nasosi va haozolar) doimiy aylanishli xarakat talab etiladi. Traktorlarga standart holatda 540 yoki 1000 ayl/min aylanishga ega bo‘lgan quvvat olish vallari o‘rnatiladi. Bunday quvvat olish vallari deyarli barcha turdagi traktorlarda o‘rnatilgan bo‘lib, ularning xarakat yo‘nalishi hamma vaqt soat strelkasi xarakati yo‘nalishida bo‘ladi. Ammo doimiy aylanishli quvvat olish vali hamma vaqt ham traktorga tirkalgan mashinaning talabini qondira olmasligi mumkin. Ayniqsa kultivator-o‘g‘itlagich, maxsus urug‘ ekish seyalalarining ekish apparatini aylanishlar soni traktorning xarakat tezligiga mos holda o‘zgarishi talab etiladi. Bu holda qavvat olish vali xarakatni traktorning g‘ildiragiga xarakat beradigan valdan oladi. Quvvat olish valining xarakati traktorning xarakatiga bog‘liq bo‘lishiga qarab: bog‘liq (1.9a-rasm) va bog‘liq bo‘lmagan (1.9b-rasm) turlarga bo‘linadi. Download 0.49 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling