Mavzu: O’rmon xo’jaligining texnikaviy shakllari Reja: O’rmon xo’jaligida ishlab chiqarish vositasi energetika turlari


Download 0.49 Mb.
bet3/12
Sana23.04.2023
Hajmi0.49 Mb.
#1392726
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
O’rmon xo’jaligining texnikaviy shakllari

Zanjirli traktorlarda yurish qismini zanjir ko‘rinishida yasalganligi tufayli uning yer bilan tishlashish yuzasi katta bo‘lishi hisobiga tuproqni kam zichlaydi, uning tortish sifati yuqori bo‘lib, ulardan haydalgan maydonlarda foydalanish yuqori samara beradi.
Mexanizatsiyalashtirilgan ishlarni bajarishda asosan zamonaviy traktorlardan foydalaniladi, ularda issiqlik energiyasini mexanik ishga aylantirib beradigan ichki yonuv dvigatellari qo‘llaniladi.
Ichki yonuv dvigateli quyidagicha tuzilgan. U asosiy blok karterdan 1(1.4-rasm) tashkil topgan bo‘lib, uning ichiga tsilindr gilьzasi 2 o‘rnatiladi. TSilindrning yuqori qismi maxsus murakkab holatda tuzilgan qopqoq7 bilan mustahkam berkitilgan. Unda yoqilg‘i aralashmasini kiritish 8 va yongan gazni tashqariga chiqarish 9 yo‘laklari yasalgan bo‘lib, bu yo‘laklarning teshiklari germetik usulda ochib yopadigan
berkitgichlar (klapan) 10 hamda benzin yoki gaz aralashmasini yoqadigan uchqun chiqargich yoki dizel yoqilg‘ini purkaydigan purkagich 11 bilan jihozlangan.
TSilindr 2 ichiga porshen 3 kiritilgan bo‘lib, u tsilindr ichida ilgarilanma-qaytma xarakat (porshen yo‘li S)qiladi. Ularning orasidagi tirqishlardan siqilgan havoning o‘tib ketmasligini ta‘minlash maqsadida porshenga ketma-ket bir necha sirg‘alar 12 o‘rnatilgan. Porshen ostki tomonidan shatunga 4, u esa o‘z navbatida tirsakli valga 5 biriktirilgan. Tirsakli valning bir tekis aylanishini ta‘minlash uchun unga maxovik 13 o‘rnatilgan. Blok karterning ostki qismi moylash suyuqliklari quyiladigan ostki qopqoq 6 bilan germetik berkitilgan.
Dvigatelni ishlashi mobaynida quyidagi jarayonlar, ya‘ni, yoqilg‘i aralashmasini (benzin va gaz bilan ishlaydigan dvigatellarda) yoki toza havoni (dizel dvigatelida) tsilindr ichiga kiritish, siqish, yonish va chiqarish jarayonlari ketma-ket amalga amalga oshiriladi.

Download 0.49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling