Mavzu: Oʻrta asr iqtisodiy ta’limoti
Gnostika, Dualizm, Patristika
Download 158.03 Kb.
|
1 2
Bog'liqiqtisodiy talimot
- Bu sahifa navigatsiya:
- Sxolastika, Realizm
Gnostika, Dualizm, Patristika. :
Oʻrta asrlar va yangi davr. 1
2
Sxolastika, Realizm : Uygʻonish davrining natijasi sifatida namoyon boʻlgan gʻarbiy Yevropa mamlakatlaridagi tub ijtimoiy-siyosiy oʻzgarishlar Niderlandiyada XVI asrning 60-70 yillarida, Angliyada XVII asrning 40-50 – yillarida boʻlib oʻtdi. Bu davrga kelib, Yevropada alohida millatlarning shakllanishi yuz berdi, milliy davlatlar paydo boʻldi. Endi monarxiya tuzumi jamiyatning ilgʻor tabaqalari nazarida faqat tarixan oʻz umrini oʻtab qolmasdan, balki gʻayritabiiy, gʻayriaqliy boʻlib koʻrina boshladi. Oʻsha davrning ideologlari ilgari tan olinmagan insonning tabiiy huquqlari masalasini oʻrtaga qoʻydilar. Ular ijtimoiy tartiblar inson tabiatiga mos kelishini talab qila boshladilar. Bor-yoʻgʻi 50-60 yil ilgari inkvizitorlar Jordano Brunoni yoqib yuborganlarida lom-mim demagan. Yevropa, endi oʻzining hayotida markaziy oʻrinni inson huquqlari egallashi kerakligini his eta boshladi. Hatto xudoning nomidan boʻlsa-da, inson umriga zomin boʻlishga hech kimning haqqi yoʻqligi, odamzodning yashash, fikr yuritish erkinligining tabiiyligi anglab olina boshladi. Oʻrta asrlar va yangi davr. Yevropa falsafasi Yevropa falsafasining rivojida universitetlar muhim oʻrin tutadi. Ular bilim va ma’rifatning oʻchogʻi sifatida 1200-yillarda vujudga keldi. 1400-yillarga kelib, Yevropada 23 ta universitet mavjud boʻlgan. Universitet dasturining juda katta qismini sxolastika bilan shugʻullanish tashkil etar edi.Universitetlarning vujudga kelishining sababi mashhur olimlarning faoliyatidir. XII asrda Iteriy Rim huquqining buyuk tadqiqotchisi sifatida mashhur boʻladi va talabalar uni eshitish uchun Bolonya shahriga oqib kela boshlaydilar. Natijada Bolonya shahri universiteti muvaffaqiyatli faoliyat koʻrsata boshlaydi. Abelyarning oʻqituvchi sifatidagi shuhrati koʻp jihatdan Parij universitetining vujudga kelishiga sabab boʻldi. Universitetlar, shuningdek, talabalarning chiqishlari natijasida ham vujudga kelgan. Masalan, XII asrda Angliya va Fransiya qirollari orasidagi nizo oqibatida, Angliya talabalariga yaxshi munosabat bildirilmaganligi ularning Parijdan Angliyaning Oksford shahriga koʻchib oʻtishlariga sabab boʻldi. Buning natijasida mashhur Oksford universiteti tashkil topdi. Kembridj universiteti esa Oksford universiteti talabalarining qoʻzgʻolon koʻtarishi va 1209-yilda ularning Oksforddan Kembridjga koʻchib oʻtishlari natijasida vujudga keldi. Universitetlar Qadimgi Yunoniston va Rimda, shu bilan birga bizning mamlakatimizda ham mashhur boʻlgan ustoz va shogirdlar toʻplanib ilm oʻrganadigan, oʻrgatiladigan va ilmiy bahslar olib boriladigan maktablar tarzida shakllangan boʻlsalar-da, ammo fan sohalarining koʻpligi tufayli alohida ilm oʻchogʻiga aylanib qoldilar. Ularning tajribasi keyinroq butun dunyoga tarqalib ketdi. Uygʻonish davri falsafasi. Bu insoniyat tarixida yuz bergan eng buyuk ilgʻor taraqqiyot davrlaridan biri edi. Uygʻonish davrida hayotning hamma tarmogʻida muhim, ilgʻor, hatto aytish mumkinki, inqilobiy oʻzgarishlar yuz berayotgan edi. Download 158.03 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling