Mavzu: O‘rta asrlarda jismoniy tarbiya va sport. Reja Kirish


Uyg‘onish davrida jismoniy tarbiya tizimi va pedagogik g‘oyalarning paydo bo‘lishi


Download 188.19 Kb.
bet3/6
Sana21.03.2023
Hajmi188.19 Kb.
#1285657
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
27-variant

Uyg‘onish davrida jismoniy tarbiya tizimi va pedagogik g‘oyalarning paydo bo‘lishi.

Feodalizm negizida ishlab chiqarish, savdoning o'sishi, shaharlarning kengayishi, kapitalistik munosabatlaming rivojlanishiga olib keldi. Geografik jihatdan kengayish natijasida markaziy davlatlar vujudga kela boshladi. Ishlab chiqarishning rivojlanishi tabiiy va pedagogik fanlaming taraqqiy etishini ta’minladi. Fan va texnika ishlab chiqarishni kengaytirishga yordam berdi. Leonardo da Vinchi (1452—1519) qushlami kuzatib, uchuvchi apparatning tuzilishi to‘g‘risida o‘z mulohazalarini bildirdi. G ‘arbiy Yevropa va Rossiyada kitob nashr qilish ishi vujudga keldi. Kemasozlik taraqqiy etdi. Ispanlar, gollandlar va inglizlar Janubiy yarim sharda ko'pgina geografik kashfiyotlar qilishdi. Ruslar Shimoliy muz okeaniga tadqiqot (ekspeditsiya) uyushtirdi. 0 ‘q otar qurollaming turlari ko‘paydi. Tabiatshunoslik sohasida inson faoliyatini o‘iganishga doir kashfiyotlar qilindi. Leonardo da Vinchi odam gavdasining mutanosibligi va uning harakat mexanikasini o‘rgandi. Shveysariyalik Paratselye (1493—1541) shogirdlarini bemor yotgan joylarida o'qitdi, xirurgiya va terapiyaning uzviy bog‘liqligini ta’kidladi. Ispan shifokori qon almashishi haqida ba’zi bir ma’lumotlami bayon etdi. Ingliz olimi Garvey (1578—1657) «Yurak va qon harakati haqida» nomli kitob yozdi. D.Bekon (1561—1626) faqat kuzatish va tajriba (induksiya, analiz, taqqoslash, tajriba-sinov) chinakam ilmiy usullar, deb isbot qildi. Buijuaziya mafkurachilari ilohiy qarashlarga qaramaqarshi ravishda inson shaxsini ulug‘ladi. Quruq pedagogikaga qarshi, kishining faqat aqlinigina emas, balki tanasini ham tarbiyalashga qaratilgan yangi pedagogika ilgari surildi. Vittorino da Feltre (1378—1466) Italiyada pedagogika sohasidagi dastlabki gumanistlardan biri bo‘lgan. Hukmdorlar va saroy ahli bolalarini tarbiyalash uchun maktab yaratgan. Bunda aqliy va jismoniy tarbiyaga alohida e’tibor berilib, yalqovlami ayovsiz jazolaganlar. Vittorino bolalami sof havoda o'ynatish, suvda suzish va turli jismoniy mashqlarni bajarishga odatlantirdi. Mashhur italyan gumanist shifokori Iyeronim Merkurialis (1530—1606) gimnastikaga doir 6 ta kitob yozdi. Dastlabki uch kitobini jismoniy mashqlar tarixini yoritishga va keyingi uch kitobini esa jismoniy mashqlaming davolovchi xususiyatlarga bag'ishladi. U ko‘p kuch sarf qiluvchi mashqlarni to‘la ma’qullamadi va asosan davolovchi jismoniy mashqlarni qo ‘ llab-quwatladi.


Fransuz gumanitar yozuvchisi Fransua Rable (1483— 1553) o‘z asarlarini lotin tilida emas, o‘z ona tilida yaratgan. Uning «Gargantyua va Pantagryuel» romani xalq orasida sevib o‘qilgan. Unda dunyoni ilmiy anglash g‘oyasi olg‘a surilgan. Uning ta’kidlashicha, o‘g‘il bolalarning ilohiy kitoblami o‘qishi bema’nilik, undan ko‘ra umuman o‘qimagani ma’qul, o‘quvchilami, albatta, fikrlash va erkin harakat qilishga o‘rgatish lozim. Rable tarbiyada aniq tartib, ya’ni tozalik, ovqatlanish tartibi va jismoniy mashqlar bo'lishi shartligini ta’kidlagan. Fransuz Mishel Monten (1533—1592) bolani o'qitish va tarbiyalashda uning qiziqishlari va qobiliyatlarini hisobga olish zarurligini uqtiradi. Tanani tarbiyalash haqida «jonni, tanani emas, balki odamni tarbiyalaydilan>, - degan, ya’ni ikkalasini (tan va mhni) qo'shib tarbiyalash kerakligi xususida qat’iy hukm qilgan. Uning g‘oyasi shundayki, bolani shilqim va chiroyli boMishga emas, balki umumari baquwat va kuchli yigit bo'lishga o‘rgatish kerak.


Xulosa
Xulosa qilib aytganda, o‘rta asrlar jarayonida jismoniy madaniyat yangi shakllar va mazmunlarga ega bo'lgan holda, ularning deyarli barcha vositalari qadimgi ajdodlar jismoniy madaniyat negizida rivoj topdi. Ulami takomillashtirishda harbiy jismoniy tayyorgarlik tadbirlari, yoshlarni har tomonlama tarbyailash maqsadida tashkil etilgan ritsarlik maktablari va boshqa shu turdagi o'quv muassasalarining o'rni g‘oyat katta boidi. Feodalizm tuzumining rivojlanishi shahar va qishloqlar aholisi o‘rtasida o'tkazilgan turli an’analarda, marosimlar o'tkazishda, kurash, boks, qilichbozlik, kamondan o‘q otish, otlarda poyga va boshqa turli-tuman o‘yinlardan keng foydalanganlar. Feodal tuzumning yemirilishi va kapitalistik tuzumining shakllana borishi natijasida kelishmovchilik va urushlar ko‘payib, o‘q otar qurollardan keng foydalanila boshlandi. Shu tariqa jismoniy tarbiya va sportning rivoji zamon ruhi bilan bog‘langan holda davom etdi. XV—XVII asrlarda Yevropa mamlakatlarida gumanistlar va utopistlar tomonidan yoshlarni jismoniy va ma’naviy jihatdan tarbiyalashga doir yangi g‘oyalar ilgari surildi. Shu asosda tibbiyot, pedagogika va boshqa fanlar rivojlandi. Sanoat, qurilish, texnika va boshqa sohalardagi kashfiyotlar davlatlaming iqtisodiy-madaniy jihatdan rivojlanishiga sabab bo‘ldi. Fan, madaniyat va ta'lim-tarbiyaning yangi yo'nalishlari negizida antik Olimpiya o‘yinlari qayta tiklashga urinishlar bo‘ldi. Natijada, Shvetsiya, Angliya, Kanada va boshqa bir qator davlatlarda qadimgi Olimpiya o‘yinlariga qiyoslab, yangi ko‘rinishdagi o‘yinlar o‘tkazildi va umuman, jamiyatning o‘sha davrdagi tuzilishi, diniy hukmronlik sharoitida bunday tadbirlami muntazam o‘tkazib borish, ulami xalqaro miqyosda tashkil qilishga hech bir davlat qodir emas edi.


Download 188.19 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling