Mavzu: Oʻrta osiyo xonliklarini rosssiya imperiyasi tomonidan bosib olinishi va mustamlakachilarga qarshi xalq harakatlari. Reja: kirish
Rus qoʻshinlarining Qoʻqon xonligi hududlaridagi harbiy harakatlari
Download 87.12 Kb.
|
1-MAVZU. Oʻrta Osiyo xonliklarini Rosssiya imperiyasi tomonidan bosib olinishi va mustamlakachilarga qarshi xalq harakatlari.
Rus qoʻshinlarining Qoʻqon xonligi hududlaridagi harbiy harakatlari.
Yuqoridagi iqtisodiy va siyosiy sabablarning kun tartibida turishi natijasida Rossiya imperiyasi dastlabki harbiy harakatlarni boshlab yubordi. Urush harakatlari Qoʻqon xonligiga qaratilgan edi. Bosqinchilar zamonaviy qurol-aslahaga ega boʻlib, ularga Yevropa urushlarida tajriba orttirgan generallar rahbarlik qildilar. Qoʻqon xonligi esa ichki nizo, hokimiyat uchun urushlar avj olishiga qaramasdan, xonlik aholisi dahshatli yov bilan oʻz ona yurti, dini, gʻururi uchun kurashga otlandilar. Dastlab general Perovskiyning qoʻshini 1853-yili shiddat bilan Qoʻqon xonligining strategik qal’asi boʻlgan Oqmachitni egallash uchun yurish boshladi. Salkam bir oy davom etgan qamal nalijasida 28 iyun kuni hal qiluvchi jangda qal’a himoyachilari taslim boʻldilar. Rus hukumati Oqmachitni qoʻlga kiritilishining katta ahamiyatini anglab, urush qatnashchilarining unvonlarini oshirib, orden-medallar va pul mukofotlari bilan taqdirladi. Oqmachit oʻrniga qurilgan rus qal’asiga general Perovskiy nomi berilib, "Perovskiy porti" deb ataladigan boʻldi. Imperiya harbiy vazirligida oʻzbek xonliklarining iqtisodiy va siyosiy ahvoliga oid josuslik ma’lumotlari yetarlicha toʻplangan edi. General unvoniga koʻtarilgan graf N.Ignatevning oʻzbek xonliklarining haqiqiy ahvoli va ularni Rossiya nazoratiga olishni qay yoʻsinda amalga oshirish haqidagi axborotlari bu ma’lumotlar orasida alohida ajralib turardi. Graf Ignatev birinchi galdagi vazifa sifatida Qoʻqon xonligiga qarshi bevosita harbiy harakatlar boshlashni taklif qilgan. Ana shu taklifga koʻra, Rossiya 1860 yilda Qoʻqon xonligiga qarshi e’lon qilinmagan urush boshladi. Qoʻqon beklari joylardagi oʻzbek, qipchoq, qirgʻiz aholisi bilan ittifoq boʻlib, chet el bosqinchilariga qarshi hamjihatlikda harakat qilishga intilmadilar. Ularning beboshligi va zulmi mamlakat barqarorligiga putur yetkazibgina qolmay, dushmanning gʻalabasiga imkon yaratib berdi. Ish shu darajagi borib yetdiki, qozoq biylari Rossiyaga oʻz hukmdorlari zulmidan xalos qilishni soʻrab murojaat qilishdi. Ular hatto ruslaarni Buxoro va Qoʻqon xonlari birlashsa, istiloga jiddiy xavf tugʻilishidan ogohlantirishdi. Bu holatni payqagan Qoʻqon hukmdori Sulton Sayyidxon va lashkarboshi Alimqul yurt barqarorligini ta’minlash uchur ayrim choralarni amalga oshirishga urinishdi. Alimqulning buyrugʻiga koʻra, Nurmuhammad qushbegi Avliyootaga borib Talas daryosining yuqori oqimida istiqomat qilib turuvchi qirgʻizlarning sardorlarini yigʻib ular bilan suhbatlashdi. U tashqi dushmanga qarshi kurashda ularni hamkor boʻlishga undab, Katta va Oʻrta juz qozoqlarini ham shu ittifoqqa tortish zarurligini uqtirdi. Alimqulning bunday siyosati rus amaldorlarini tashvishga soldi. Ular oʻz tasarruflaridagi qirgʻiz mulklari sardorlari bilan uchrashib, ulaarning Qoʻqon xonligi tarafiga koʻchib oʻtmasliklarini alohida buyurdilar. Qrim urushi tufayli toʻxtab qolgan harbiy harakatlar 1860-yil yozida yana jonlandi. Polkovnik Simmerman boshchiligidagi rus qoʻshinlari Toʻqmoq, soʻngra Pishpak qal’asini egalladi. Rus zobitlari orasida oʻzining choʻrtkesarligi va oʻta jangariligi bilan dongʻi chiqqan polkovnik Mixail Chernyaev 1864 yilda Avliyoota shahri tomon yurish boshladi. Avliyoota himoyachilari dushman bilan mardona olishdilar. Shahar hokimi Niyoz Ali dodxoh shaharni tashlab, Turkiston tarafga qochib ketib qolganiga qaramay, xalq oʻz tashabbusi bilan shahrini mudofaa qildi. Biroq ruslarning qoʻli baland kelib, shahar istilo qilindi. Polkovnik Chernyaev esa Avliyootada qoʻlga kiritilgan gʻalabadan soʻng general-mayor darajasiga koʻtarildi. Turkiston shahriga hujum qilgan polkovnik Veryovkin qoʻshinlari ham xunrezlikda chernyaevchilardan qolishmadi. Ular hazrat Ahmad Yassaviy maqbarasini toʻpga tutishdan ham tap tortmadilar. Avliyoota va Turkiston kabi muqaddas shaharlarning ruslar tarafidan bosib olingani haqidagi xabar butun Qoʻqon xonligini emas, balki butun musulmon olamini larzaga soldi. Qoʻqon xoni Sulton Sayyidxon va lashkarboshi Alimqul bor kuchlarini toʻplab Toshkentning Mingoʻrik mavzeida marra egalladilar. Mingoʻrikda toʻp va miltiqlardan otish boʻyicha har kuni mashqlar oʻtkazildi. Xon va uning sardorlari qoʻshin bilan birga boʻlib ularni ruhlantirishga harakat qildilar. Xullas, 1847-1864 yillarda rus davlati Qoʻqon xonligining hozirgi Qozogʻiston va Qirgʻiziston yerlaridagi mavqeyiga qattiq zarba berib, koʻp joylarni qoʻlga kiritdi. Turkiston va Chimkent shaharlari Qoʻqon xonligining muhim va tayanch shaharlaridan edi. Shu bois dushman ushbu ikki muhim shaharga shiddat bilan zarba berishga kirishdi. Turkiston va Chimkentni himoya qilish uchun sarkarda Alimqul (Aliquli) yetib keldi va shahar mudofaasini tashkil qilishga kirishdi. 1864-yil 12-iyulda Turkiston bosib olindi. Veryovkin Xoʻja Ahmad Yassaviy maqbarasidagi noyob tarixiy asori-atiqalarni talon-taroj qilib, Rossiyaga joʻnatib yubordi. General Cherniyaev boshchiligidagi qoʻshinlar Chimkentni qamal qilar ekan, bu yerda sarkarda Alimqul zarbasiga uchradi. Nihoyat 1864-yil sentabr oyining boshlarida shiddatli janglar Chimkent ostonasida boshlanib ketdi. Harbiy-texnik ustunlikka ega boʻlgan dushman 22-sentabrda Chimkentni egallashga muvaffaq boʻldi. Download 87.12 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling