Mavzu: Oʻrta osiyo xonliklarini rosssiya imperiyasi tomonidan bosib olinishi va mustamlakachilarga qarshi xalq harakatlari. Reja: kirish


Xiva xonligiga qarshi yurish. Gandimiyon shartnomasi va Xiva xonligining Rossiya protektoratiga aylanishi


Download 87.12 Kb.
bet6/7
Sana06.10.2023
Hajmi87.12 Kb.
#1693305
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
1-MAVZU. Oʻrta Osiyo xonliklarini Rosssiya imperiyasi tomonidan bosib olinishi va mustamlakachilarga qarshi xalq harakatlari.

Xiva xonligiga qarshi yurish. Gandimiyon shartnomasi va Xiva xonligining Rossiya protektoratiga aylanishi.

Rossiya imperiyasining hukmron doiralari Buxoro amirligi va Qoʻqon xonligi yerlaridan tashkil topgan Turkiston general-gubernatorligini Oʻrta Osiyodagi harbiy operatsiyalar uchun tayanch markaziga aylantirib istilochilik harakatini Xiva xonligiga qaratishdi. Bekovich-Cherkasskiy ekspeditsiyasining halokati va 1839-yilda Perovskiy yurishining barbodi hali rus generallari yodidan chiqmagan edi. Oʻzbek xonliklarining uchinchisi-Xiva oʻz mustaqilligi bilan mustamlakachilar uchun jiddiy xavf solib turar edi. 1872-yil oxirlarida harbiy vazir boshchiligida Peterburgda Turkiston, Orenburg general-gubernatorlari va Kavkazdagi podsho noibi ishtirokidagi mahfiy kengashda Xiva xonligini bosib olishga uzil-kesil qaror qilindi. Generallar rejasiga koʻra Turkiston general-gubernatorligiga oid kuchlar sharqdan, Orenburg gubernatori va Kavkaz noibligiga oid harbiy kuchlar gʻarbdan va shimoliy-gʻarb tomondan yurishi kerak edi. Rossiyaning tajovuzkor niyati Xiva xoni va uning amaldorlariga sir boʻlmagan. Said Muhammad Rahimxon II ruslar tahdidiga qarshi Angliyadan madad soʻragandi. Angliyaning hukmron doiralari Xiva mustaqilligini saqlab qolishdan manfaatdor boʻlsalar ham, Rossiya bilan ochiq toʻqnashuvdan xavfsirar edilar. Xiva endi oʻz kuchiga ishonib, ish koʻrishi lozim edi. Xonlik qoʻshinida 27 eski zambarak, 2 ming otliq, 4 ming navkardan iborat harbiy kuch boʻlib, ular ham, asosan, poytaxtda jamlangan edi. Xiva istilosiga otlangan Rossiya mustamlakachi qoʻshin ham son, ham sifat jihatidan va harbiy qurol-yarogʻlar texnikasi bilan ham Xiva xonligi qoʻshinidan ustun edi. Turkiston otryadiga general Kaufman (22 rota, 1800 kazak va 18 toʻp), Orenburg otryadiga polkovnik Veryovkin (15 rota, 600 kazak, 8 toʻp) qoʻmondon boʻlib, Orol flotiliyasi ham ular ixtiyorida edi. Turkiston general-gubernatori fon Kaufman yurish- oldidan Xivani siyosiy tarafdan ham yakkalab qoʻyish uchun Buxorb amiri va Qoʻqon xoniga tahdidli maktublar yoʻllab, ularni Xivaga yordam bermaslikka chaqiradi.


Xiva xoni masalani tinch yoʻl bilan hal qilishga urinishlari behuda ketgach, harbiy kengash chaqirib, mudofaa rejalarini tuzadi va dushman istilochilariga qarshi oʻzining lashkarboshilarini safarbar qiladi. Matmurod devonbegi, Mahmud yasovulboshi, Yoqubbek qalmoq, Eltuzar inoq va Bobo Mehtar rahbarligidagi oʻzbek va turkman yigitlari rus qoʻshinlari hujumini qaytarish uchun ikki guruhga boʻlinib yoʻlga tushadilar. General Veryovkin Qoʻngʻirotga yurish qilib, talofatlar berib boʻlsa-da Xoʻjayli va Mangʻit qal’alarini ishgʻol qildi. Keyinchalik Xorazmning koʻhna qal’asi Xazorasp egallandi. Bu qal’ani bosh qoʻmondon fon Kaufman oʻziga qarorgoh qilib, ichkari siljish uchun tayanch punktga aylantirdi. 1873-yil 29-may kuni ruslarning asosiy kuchlari Xiva ostonalarida paydo boʻldilar. Muhammad Rahimxon II Xivani oʻz ixtiyoridagi kuchlar bilan mudofaa qilib boʻlmasligiga koʻzi yetib, Izmiqshoʻr tarafidagi turkman ovuliga ketishga majbur boʻldi. Bundan foydalangan Amir Toʻra va Otaxon toʻra xon nomidan fon Kaufmandan Xiva shahrini vayron etmaslikni soʻradi. Ammo Kaufman ulardan xonni topishni talab qildi va muzokaralarni faqat u bilan olib borish mumkinligini bildirdi.
Muhammad Rahimhon Xivaga qaytib kelguncha bosqinchilar saroyni talab, barcha qimmatbaho buyumlarni, 300 ta qoʻlyozma asarni Peterburgga joʻ natdilar.
1873-yil 12-avgustda Gandimiyon qishlogʻida fon Kaufman sulh shartnomalanni Muhammad Rahimhon diqqatiga havola qildi. Bunga koʻra, Amudaryoning oʻng qirgʻoqlari Rossiya Ixtiyoriga oʻtdi, rus kemalarini Amudaryo boʻylab suzishlari uchun barcha imkoniyatlar yaratildi. Rus savdogarlari xonlik hududida erkin savdo qilish, Amudaryoning chap qirgʻogʻidagi savdo omborlari qurish huquqini oldilar. Xiva xonligi Rossiya vassaliga aylanib, xonlik zimmasiga 2.000.000 soʻmlik tovon toʻlash majburiyati yuklandi. Rossiya fuqarolariga xonlikda koʻchmas mulk sotib olishga ruxsat berildi.
Fargʻona viloyati Turkistonning asosiy paxtachilikka ixtisoslashgan viloyatlardan boʻlganligi tufayli, bu yerda vaziyatning barqaror boʻlishi chorizm uchun katta ahamiyatga ega edi. Ayniqsa, mahalliy aholinining zich joylashganligi, dehqonlar ommasining paxtachilik jafolaridan kelib chiqayotgan qiyinchiliklardan qiynalayotganligi, mahalliy va mustamlakachi ma’murlarining bu yerlardagi beboshliklari oldini olish qiyin boʻlgan ommaviy xalq harakatlarini keltirib chiqarishi mumkin edi. Mana shunday gʻalayonlardan biri 1878-yilda Mingtopada boʻlib oʻtgan Yetimxon boshchiligidagi isyondir. Bu isyondan soʻng Fargʻona viloyati general gubernatori viloyatdagi mahalliy aholidan gʻayriqonuniy soliq undiruvchilarni ishdan olib tashlashga majbur boʻldi.
1885-90-yillarda Andijonning Qoʻrgʻontepa uezdidagi Darveshxon toʻra boshliq xalq harakati qurolli qoʻzgʻolonga aylandi. Ammo, xalq ommasining norozilik harakatlarini qurolli kuch bilan bostirishga oʻrganib qolgan chor ma’murlari bu harakatlarni ham shafqatsizlarcha bostirdilar.
1892-yil "vabo isyoni" nomini olgan Toshkent qoʻzgʻoloni XIX asr oxiridagi muhim voqealardan biri boʻldi. 1892-yilgi qoʻzgʻolon koʻplab Tarixiy adabiyotlarda imperiya ma’murlarining oʻlkada vabo kasali tarqalishinifig oldini olish uchun boʻlgan harakat deb ta’riflangan boʻlsa-da, aslida bu qoʻzgʻolon Rossiya imperiyasining oʻlkadagi yillar davomida olib borgan mustamlaka siyosatiga qarshi qaratilgan harakatlardan biri edi. 1892-yilgi vabo kasali tarqalish miqyosi jihatidan 1872-yildagiga nisbatan kuchli boʻlmasa-da, mustamlaka Turkistonda iqtisodiy- ijtimoiy vaziyat ancha keskinlashgan davrda yuz berdi. 1892-yilda Afgʻonistonda tarqagan vabo kasali oʻsha yili Oʻrta Osiyoga ham tarqaldi. 1 iyunga kelib, Jizzaxda ham Rossiyadan koʻchib kelganlardan bir nechtasi vabo bilan kasallanganligi haqidagi xabar, 7-iyunga kelib esa. Toshkentning eski shahar qismida vabo bilan kasallangan kishilar ham ma’lum boʻldi. Imperiya ma’murlari vabo kasali tarqab ketmasligi uchun chora-tadbirlar koʻrdilar. Biroq belgilangan chora-tadbirlarda mahalliy aholinining diniy va milliy an’analari mutlaqo e’tiborga olinmadi.
Kasallik tarqalishi munosabi bilan shaharga kirish va shahardan chiqish ta’qiqlandi. Shahardagi 12 taeski qabriston yopilib, va’daqilingan 4 ta qabriston oʻrniga faqat bittasi ochib berildi.
Vafot etganlar dafn etilishi bilan bogʻliq boʻlgan tadbirlar haqida oqsoqollar, mullalar, mirshablar, cherkov xizmatchilarini ogohlantirib qoʻyish lozimligi, ayniqsa, har bir vafot etgan kishi vrach ruxsatidan keyingina dafn etilishi mumkinligi haqidagi buyruqlarda mahalliy aholinining diniy e’tiqodlari mutlaqo hisobga olinmadi. Noiloj qolgan aholi vafot etganlarni shahar ichidagi berkitilgan qabristonlarga yashirincha olib borib koʻma boshladilar. Bularning barchasi mustamlakachi ma’murlarning zoʻravonlikka asoslangan siyosatining koʻrinishi edi.
Mustamlakachi ma’murlarining bu tadbirlaridan norozi boʻlgan shahar aholisi 20-iyun kuni shaharning Xonaqo masjidi yonida toʻplandi. Shikoyat xati yozib, uni shahar hokimiyatiga yetkazish uchun uch kishidan iborat vakil saylandi.
Biroq 23-iyun kuni shaharda tarqalgan turli mish-mishlar shahardagi vaziyatni ogʻirlashtirib, ommaviy gʻalayonlar boshlanishi ayon boʻlib qoldi. 500 kishilik olomon 2 koʻcha boʻylab shahar boshligʻining uyi tomon yura boshladi. Shundan soʻng qoʻzgʻolonchilardan qattiq oʻch olish boshlanib ketdi.
Qoʻzgʻolon mustamlaka hukumati qoʻshinlari tomonidan shafqatsizlarcha bostirilib, 8 kishi dorga osib oʻldirilishiga, 15 kishini 2 yil muddat bilan mahbuslar rotasiga yuborishga, 2 kishini olti oyga qamoq jazosi bilan jazolashga hukm qilindi. Lekin, mustamlakachi ma’murlari dunyo jamoatchiligi oldida bu jazo laming shov-shuvga sabab boʻlishidan choʻchib, oʻlim jazosini umrbod surgun bilan almashtirdilar. Garchi, qoʻzgʻolon Toshkent shahrining oʻzida yuz bergan boʻlsa-da, uning ta’siri butun Turkiston oʻlkasi boʻylab yoyildi. Chunki bu ozodlik harakati mustamlakachilik zulmi ostida yotgan xalqlar tuygʻusini ifoda etar edi.
Rossiya imperiyasining Turkistondagi amaldorlari vaziyat keskinlashayotganligidan xavfsirab, podsho hukumatidan joylarda xavfsizlikni saqlashning kuchaytirilgan holatini joriy etishni taklif etdilar. Bu orqali mustamlakachi ma’murlari oʻz oldiga katta siyosiy maqsadlarni qoʻyib, aholini qoʻrqitish, imperiya hukmronligiga qarshi kurashga chiqishga botina olmaslik kayfiyatlarini kuchaytirishga harakat qildi. Shunday boʻlsa-da, 1898-yil Andijonda mutamlakachi ma’murlariga qarshi, uning mustamlaka siyosatiga qarshi yana bir ozodlik harakati boʻlib oʻtdi. Tarixda bu "Andijon qoʻzgʻoloni" nomini oldi. Bu qoʻgʻolon 1898-yil Andijon shahrining Mingtepa qishlogʻida boshlandi. Dastlab qoʻzgʻolonchilar soni 500 kishidan ortmagan boʻlsa-da, biroq atrofdagi qishloqlardan kelib qoʻshilayotgan aholi hisobiga qoʻzgʻolonchilar soni ortib bordi. Qoʻzgʻolonchilarga Muhammadali eshon - Dukchi eshon boshchilikqildi.
Dukchi eshon Ulkadagi mustamlaka siyosatiga qarshi Fargʻona viloyatidagi aholini birlashtirishga, ularni imperiyaning mustamlaka siyosatiga qarshi chiqib, bu zulmni agʻdarib tashlashga harakat qildi. Qoʻzgʻolon stixiyali tarzda boshlandi. 17-may kuni Tojik qishlogʻida toʻplangan xalq ommasi Andijon shahriga qarab yoʻl oldilar. Qoʻzgʻolonchilar safi yoʻlda koʻpayib boraverdi. Natijada shaharga yetib kelganda ularning safi kengayib, 2000 kishiga yetdi. Olomon Andijondagi rus gaarnizoniga toʻsatdan hujum qildi. 23 soldat oʻldirilib, 24 soldat yaralandi. Soldatlar darhol qurollanib, qoʻzgʻolonchilardan 12 kishini oʻldiradilar, qolganlar qochib ketadi. Tezda Fargʻona general-gubernatorligiga berilgan xabardan soʻng bu yerga qoʻshimcha harbiy kuch keltirildi va mahalliy aholidan oʻch olish boshlanib ketdi. Tezlikda mustamlakachilarga qarshi qaratilgan harakatlarda ishtirok etganlar, gumon qilinganlar qamoqqa olindi. Ular bu bilangina cheklanmasdan harbiy kuchlardan foydalanib, mahalliy aholini qoʻrqitish siyosatini kuchaytirdi.
Mustamlakachilar qoʻzgʻolonni vahshiylik bilan bostirishlariga qaramay buning aks sadosi butun Fargʻona vodiysiga taraldi. Asaka, Quva, Shaxrixon, Oʻsh, Margʻilon kabi shaharlar va qishloqlarda harakatlar keng yoyildi. Lekin rus qoʻshinlari hamma yerda ham qoʻzgʻolonni shafqatsizlik bilan bostirdi. Dukchi eshon Arslonbob qishlogʻida qoʻlga olindi va butun xalq oldida mustamlakachi ma’murlari tomonidan 1898-yil 12-iyundaosib oʻldirildi.
Qoʻzgʻolonda ishtirok etgan 477 kishi ustidan boshlangan sud jarayoni uch oy davom etdi. Harbiy sud 362 kishini osib oʻldirishga hukm qildi. Qoʻzgʻolonchilardan 351 kishi turli muddat bilan qamalib, 15 kishi oilasi bilan Sibirga surgun qilindi. Biroq, mustamlakachi ma’murlari yana jahon ommasi oldida sharmanda boʻlishdan choʻchib, oʻlim jazosini surgun bilan almashtirdi.
Qoʻzgʻolon markazi deb topilgan Mingtepa, Tojik va Qashqar qishloqlari imperator Nikolay II koʻrsatmasiga koʻra, Dukchi eshon yurgan yoʻli degan bahona bilan uch kun toʻpdan oʻqqa tutilib, yer bilan barobar tekislandi. Mingtepa qishlogʻi oʻrnida 450 xonadonga moʻljallangan yevropacha yangi uylar qurildi. eshon yashagan xonadon oʻrnida rus cherkovi qurish rejalashtirildi. Xoʻjand qishlogʻiga Duxovskiy nomi berildi.
Xullas, mustamlakachi ma’murlari bu qoʻzgʻolonni ham qonga botirdilar, Unining ishtirokchilaridan ayovsiz oʻch oldilar. Garchi, mustamlakasi ma’murlari mahalliy aholinining milliy ozodlik harakatlarini naqadar shafqatsizlik bilan bostirsa-da, Ulkadagi gʻalayonlar va qoʻzgʻolonlar bir daqiqa ham toʻxtamadi.
XX asr boshlariga ketib, Ulkadagi bunday harakatlar yangi bosqichga koʻtarildi. Shu bilan birgalikda oʻlkada demokratik inqilobiy harakatlar ham keng avj ola boshladi. Mustamlaka sharoitda ishchilarning shakllanishi oʻziga xos xususiyatlarga ega boʻlgan, xususan, xonavayron boʻlgan dehqonlar va hunarmandlar hisobiga kengayib borayotgan ishchilar sinfi imperiyaning markaziy xududlarida kuchayib borayotgan demokratik kuchlar ta’sirida bu harakatlarda asta-sekin ishtirok eta boshladilar. Oʻlkadagi bir qancha shaharlarda siyosiy talablarni oʻzida aks etgan namoyishlar boʻldi.
Ayniqsa, 1900-1903-yildagi iqtisodiy inqirozlar, 1904-1905-yildagi rus-yapon urushida Rossiya koʻrgan zararlari Oʻlkadagi ham mahalliy aholinining ahvoliga salbiy ta’sir etishi dehqonlar ommasini ham yana norozilik harakatlari bilan chiqishiga turtki berdi. Oqibatda oʻlka viloyatlarlda vaziyat yanada keskinlashib ketdi. Samarqand viloyatida dehqonlarinng gʻalayonlari natijasida yuzaga kelgan Nomoz Pirimqulov boshchiligidagi harakatlar Turkistonda dehqonlar harakatining asosiy hal qiluvchi kuchiga aylandi. Rossiya imperiyasining mustamlaka siyosati Ulkadagi bunday harakatlarni doimo zudlik bilan bostirib turdi. Shu bilan birgalikda milliy mustaqillikka intilayotgan, mahalliy ziyolilarga ham doimo ta’qib oʻtkazib keldi.
Oʻlka mehnatkashlarining ahvoli 1914-yil Rossiyaning birinchi jahon urushiga kirishi bilan yanada ogʻirlashib ketdi. Urush yillari mehnatkashlarni ezish tobora ortib bordi. Oʻlkada gʻalla yetshtirish kamayib, urush tufayli oʻz vaqtida yetkazib kelinmagan gʻalla tanqisligi natijasida mahalliy aholi orasida ocharchilik boshlandi. Buning ustiga Turkistonda rasmiy soliqlardan tashqari urush ehtiyoji uchun deb aholidan har yili turli yigʻim va soliqlar toʻplandi.
1916-yil birinchi jahon urushining iqtisodiy asoratlari mehnatkash aholi boʻynida ogʻir yuk boʻlib turgan vaqtda Nikolay II ning "Imperiyadagi begona xalqlar erkak aholisini harakatdagi armiya jayonlarida harbiy inshootlar va shuningdek, davlat mudofaasi uchun zarur boʻlgan boshqa har qanday ogʻir ishlarga jalb qilish" haqidagi farmoni chiqdi. Ushbu farmonga koʻra Sibir, Oʻrta Osiyo, Qozogʻiston, Kavkaz ortidan 19 yoshdan 43 yoshgacha boʻlgan 400 ming kishini mardikorlikka olish boshlanib ketdi. Bu farmonga koʻra, Oʻlkadagi har besh xonadondan mardikor olinadigan boʻldi.
Qishloq xoʻjaligida yigʻim terim ishlari boshlanib, roʻzgʻor yurituvchi, oila boquvchi erkaklarning noma’lum muddatga uzoq oʻlkalarga mardikorlikka safarbar etilishi chorizmning mustamlaka siyosatidan, mahalliy boylarning siquvidan ezilib ketgan xalqning sabr kosasini toʻldiribyubordi.
4-iyulda savdo va hunarmandchilik markazi boʻlgan Xoʻjand shahrida, undan kcyin Samarqand, Jizzax, Kattaqoʻrgʻon kabi shaharlarda ham xalqning norozilik harakatlari boʻlib oʻtdi. Bu yerlarda tezda yetib kelgan rus askarlari qoʻzgʻolonchilar harakatini shafqatsiz ravishda oʻqqa tutdilar.
Mustamlaka ma’muriyati zulmiga qarshi qoʻzgʻolonlarning eng kattasi Jizzax shahrida boʻlib oʻtdi. Nazirxoʻja eshon boshchilik qilgan bu qoʻzgʻolon shu qadar katta boʻldiki, bu tarixda "Jizzax qoʻzgʻoloni" nomini oldi. 1916-yil 12-13 iyul kunlari boshlangan gʻalayonlar natijasida qoʻzgʻolonchilar qoʻllariga nima tushsa qurollanib, eski shahardan yangi shahar tomon yoʻl oldilar, uezd ma’muriyatini yakson qildilar. Jizzaxning yangi shahar bilan eski shahar oʻrtasida yordamga kelgan jazo otryadi qoʻzgʻolonchilarni oʻqqa tutdi. Olomon orqaga qaytishga majbur boʻldi.
Bunday voqealardan soʻng qoʻzgʻolonchilar yana eski shahar aholisini oyoqqa turgʻizib, temir yoʻl tomon borib, temir yoʻl izlarini, koʻpriklarni buzib, telefon simlarini uzib tashlaydilar. Hamma yerlarda mustamlakachilarga qarshi harakatlar boshlandi. Turkiston general-gubernatori tomonidan polkovnik Ivanov qoʻmondonligi ostida yuborilgan jazo otryadi eski Jizzaxni ayovsiz oʻqqa tutdi. Zomin va Forish qishloq aholisidan qaqshatqich ravishda oʻch olinib, duch kelgan kishilar otib tashlandi.
17-iyulga kelib butun Turkiston oʻlkasida harbiy holat e’lon qilindi. Jazo otryadlari va mustamlakachi ma’murlarga juda katta huquqlar berildi. Shu munosabat bilan aholinining koʻcha va maydonlarda toʻplanishi taqiqlandi. Imperiya ma’murlari harbiy kuch ishlatib, bu yerdagi qoʻzgʻolonni bostirishga mavaffaq boʻldilar. Jizzax qoʻzgʻoloni boʻyicha mingga yaqin kishi qamoqqa olindi. 151 kishining ishi sudga berildi. Shulardan 84 kishi osib oʻldirishga hukm qilindi, biroq bu jazo ham keyinroq "yumshatilib" boshqa jazolar berildi. 1916-yil qoʻzgʻoloni oʻlkada mahalliy aholinining mustamlaka siyostiga qarshi qaratilgan eng katta milliy ozodlik va ommaviy xalq harakati edi. Bu qoʻzgʻolon jamiyatning barcha tabaqalarini harakatga keltirdi va oʻz domiga tortdi.
Rossiyaning turli mintaqalariga mardikorlikka joʻnatilgan mahalliy aholi vakillari faqat Rossiya imperatori taxtdan agʻdarilgandan soʻng qaytib keldilar va oʻlkada yana milliy istiqlol uchun kurash harakatlari keng miqyosda boshlandi. Oʻlka ziyolilari endi oʻz maqsadlarini toʻliq amalga oshirish uchun yana tarix maydoniga chiqdilar. Lekin "ulugʻ davlatchi" mustamlakachilar Turkistonni qoʻldan boy berishni istamadllar. Turkistonda fevral inqilobining dastlabki kunlaridan boshlab ishchi deputatlar sovetlari bilan birga soldat deputatlari sovetlari tuzlia boshladi. Bu sovetlarning deputatlari asosan yevropa millatiga mansub aholidan tashkil topdi. Jamoat tashkilotlari faoliyatni boshlash va unga mahalliy aholini ham jalb etish, ularning birlashtirish yoʻlidagi harakatlar keng koʻlamda kuchayib bordi.
Turkiston Federativ respublikasining tarkibi 12 kishilik Turkiston oʻlka qoʻmitasi, 5 yillik muddatga saylanuvchi "Malikami sha’riya" (Parlament) hamda "Shayxul islom" (Bosh prokuror) dan iborat boʻlishi belgilanadi.
Qurultoy hokimiyat toʻgʻristda quyidagicha qaror qabul qildi: Turkiston oʻlkasining 98 foiz nufuzini tashkil etuvchi 10 million musulmon rus inqilobi e’lon qilgan Hurriyat, Tenglik, Birodarlik asoslarida milliy-madaniy muxtoriyat huquqiga mutloq ravishda ega, mahalliy hokimiyat birinchi navbatda musulmon vakillaridan, ham ma’lum miqdorda boshqa siyosiy tashkilotlar vaklilaridan tashkil topib, ta’sis etiluvi lozim. Hokimiyatning tasodifiy yerli aholi manfaatiga yot boʻlgan kichik guruhlardan tuzilgan ishchi, askar va dehqon tashkilotlarining qoʻlida jamlanuvi xalqchillik asoslariga ziddir va mahalliy musulmon xalqiga odil hayot tuzumini ta’minlab beruvi amri maolikdir."
Qurultoyda ocharchilik xavfining oldini olish uchun 1917 yilda 50 foizga qisqartirilgan paxta maydoni butunlay tugatilib, hamma yerga faqat bugʻdoy va boshqa don ekilishi alohida koʻrsatildi.
Oʻlka musulmonlari markaziy shoʻrosi-"Shoʻroi islomiya" (Milliy markaz) Toshkentda hokimiyatni bolsheviklar bosib olishga tayyorgarlik koʻrayotganligidan tashvishlanib, hokimiyatni qanday yoʻl bilan boʻlsada, qoʻlga kiritish uchun bor imkoniyatlardan foydalanishga harakat qiladi.
Jadidchilik harakati juda qisqa muddatda, ayniqsa, rus fevral inqilobi gʻalabasidan soʻng, eng ta’sircchan ijtimoiy-siyosiy va madaniy-ma’rifiy kuchga aylandi. U millatda ijtimoiy-siyosiy ongni uygʻotishga, istiqlolga ishonch ruhini tarbiyalashga muvaffaq boʻldi.
Bu davrga kelib jadidlar nafaqat musulmon balki, rusizabon xalq orasida ham rahbar kuch sifatida katta nufuz va obroʻ-e’tiborga ega boʻldi. Ular milliy demokratik va ozodlik harakatlariga rahbarlik qildilar. Demokratik inqilob gʻalabasidan soʻng toʻla demokratlashgan Rossiya tarkibida demokratik Milliy Muxtoriyat hukumatni tashkil etib, milliy davlatchilikni tiklash uchun jadidlar omma orasida tashkiliy-targʻibot ishlarini jonlantirdi. Buni rusiyzabon xalqlar va koʻpchilik rus sotsial-demokratik partiya va tashkilotlar ham qoʻllab-quvvatladilar.
Xulosa shuki, jadidlarning jasoratli va zahmatli, bunyodkorlik va islohotchilik buyuk ijodiy -ma’rifiy mehnatlari samarasi oʻlaroq, XX asr boshlariga kelib, Turkistonda tarixan haqiqiy Milliy Uygʻonish (Renessans) hodisasi (davri) paydo boʻldi. Bu davrni ikkinchi bir ma’noda jadidlar Renessansi (uygʻonishi) deb aytish ham haqiqatga toʻgʻri keladi.


XULOSA
Milliy Uygʻonish yoki jadidlar Renessansi hodisasi Tarixiy taraqqiyotning soʻnggi bosqichidagi uchinchi uygʻonishi boʻldi. U oldingi IX-XII va XIV-XV a-srlardagi ikki buyuk Uygʻonishlarning tarixan qonuniy davomi sifatida yuz berdi. Lekin ulardan farqli ravishda aniq milliyilk xususiyati va diniy-dunyoviylik mazmun hamda mohiyatga ega boʻldi.
Shuningdek, yuqoridagi mana shu oʻzlariga xos va moslik bilan birga, bu uch uygʻonishda oʻzaro umumiyilk ya’ni Tarixiy bagʻrikenglik ham mavjuddir. Avvalo, Milliy Uygʻonish bilan oldingilarning orasida birinchisidan 12-9, ikkinchisidan 7-6 asrlar farq boʻlsa-da, ulardagi umumiyilk din bilan dunyoviyilk oʻrtasida oʻzaro moʻtadil uygʻunlik munosabati hukmron boʻldi. Ikkinchidan, birinchi uygʻonish qadim antik dunyo madaniyatini «uygʻotib, tiriltirilgan» boʻlsa, ikkinchi uygʻonish shu birinchi uygʻonishni qayta uygʻotdi. Jadidlar esa bu Tarixiy an’anani davom ettirdi. Oldingi ikki islomiy uygʻonishlarni «tiriltirib», «qayta uygʻotib», ularni XX asr dunyo tamadduni (tsivilizatsiyasi)ga moslab yanada takomil toptirdi.
Turkistondagi Milliy Uygʻonish - jadidlar Renessansini xorijdagi olimlar ham tan olib, oʻz asarlarida bunga amal qilmoqdalar. Shu oʻrinda yapon olimi Xisa Komatsu oʻzining «Chigʻatoy gurungisda «Turk dunyosini uygʻotish yoʻlida jon tikkan adiblar» iborasini ishlatilishi. Shuningdek,birinchi Prezidentimiz Islom Karimov jadidlar uygʻonish davriga asos solganligini e’tirof etgan holda shunday deydi: «XX asr boshida, mustamlakachilik zulmiga qaramay, xalqimiz yangi ufqlarga - milliy va erkinlik sari intilib yashashgan bir davrda buyuk ajdodlarimiz jadidlar tomonidan amalga oshirilgan bu ulkan ish, bu harakatni oʻziga xos ma’naviy jasorat namunasi, deb atash mumkin».
Haqiqatdan ham jadidlar yuqorida koʻrsatib oʻtilganligi va musulmon mutaassibligi kuchli boʻlishiga qaramay jamiyatda tub madaniy - taraqqiy burilishi yasashga muvaffaq boʻldilar. Turkistonda milliy tafakkur oʻzgardi, millat ijtimoiy gʻaflat uyqusidan uygʻonib siyosiy va ma’rifiylashdi.



Download 87.12 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling