Mavzu: Oʻrta osiyo xonliklarini rosssiya imperiyasi tomonidan bosib olinishi va mustamlakachilarga qarshi xalq harakatlari. Reja: kirish
Rossiya – Buxoro sulh shartnomalari va amirlikni Rossiya protektoratiga aylanishi
Download 87.12 Kb.
|
1-MAVZU. Oʻrta Osiyo xonliklarini Rosssiya imperiyasi tomonidan bosib olinishi va mustamlakachilarga qarshi xalq harakatlari.
Rossiya – Buxoro sulh shartnomalari va amirlikni Rossiya protektoratiga aylanishi
1868-yilda boʻlib oʻtgan bu harakatlar Abdulmalik (Katta toʻra) nomi bilan bogʻliq boʻlib, Buxoro amiri Said Muzaffarxonnitig toʻngʻich oʻgʻli edi. Abdumalik toʻra boshchiligidagi xalq-ozodlik harakatining boshlanish nuqtasi Gʻuzor bekligi boʻlib, bu yerda yurt mustaqilligi kayfiyatidagi vatanparvar kuchlar, imperiya kuchlarining tobora davlat ichiga kirib borayotganligidan tashvishlanib Katta Toʻra atrofida birlashgan edilar. 1868-yil 2-8 iyun kunlari rus garnizoniga qarshi kurash uyushtirilib, rus harbiylari bilan birinchi harbiy toʻqnashuv bolib oʻtdi. General-ad’yutant K.P.fon Kaufman oʻziga berilgan vakolatlardan foydalangan holda, Buxoro amirligini taqdirini hal qilishga kirishdi. 1868-yil 1-may kuni Buxoro amiri qoʻshinlari bilan chorizm qoʻshinlari oʻrtasida jang boʻldi. Bu hujumga Turkiston general-gubernatori fon Kaufmanning shaxsan oʻzi boshchilik qildi. 2-may kuni Samarqand egallandi. Fon Kaufman amir bilan Zirabuloqda urushayotgan bir paytda Qarshi, Shahrisabz va Kitob bekliklaridan kuchlar kelib, Samarqandda qoʻzgʻolon boshlandi. Kaufman zudlik bilan Samarqandga qaytib, qoʻzgʻolonni bostirish bahonasida minglab mahalliy aholini qirishga buyruq berdi, hamda qimmatbaho boyliklar talandi. 1868 yil 23 iyunga kelib, chorasiz qolgan amir Muzaffar Turkiston general-gubernatori fon Kaufman bilan sulh tuzishga majbur boʻldi va Rossiya imperatorining vassaliga aylandi. Bu sulhga koʻra, Buxoro amirligi oʻz mustaqilligini yoʻqotibgina qolmay, Samarqand, Kattaqoʻrgʻon va Zarafshon daryosining yuqori qismidan ham ajraldi. Ma’lumotlarga koʻra, Samarqandni amirlikda qoldirish yuzasidan munozaralar boʻlib oʻtgan. Lekin Kaufmanning harakatlari bilan Samarqand Rossiya imperiyasi tarkibida qoldiriladi. 1868-yil iyunda Samarqand va Kattaqoʻrgʻonni oʻz ichiga olgan Zarafshon okrugi tashkil etilib, unga general-mayyor A.K. Abramov boshliq etib tayinlanadi. Amir tovon sifatida 500 ming oltin toʻlashga, xorijiy mamlakatlar bilan mustaqil ravishda aloqa oʻrnatmaslik majburiyatini olishga va rus savdogarlarining amirlik hududida erkin savdo qilishlariga. karvonsaroylar hamda doʻkonlar ochishlariga rozi boʻldi. Amirlikdan tortib olingan hududlarda 1868-yil Zarafshon okrugi tuzilib, unga general-mayyor Abramov boshliq etib tayinlandi. Amir Muzaffar tomonidan amirlik mustaqilligini amalda yoʻqotuvchi va katta iqtisodiy talofatlarga sabab boʻluvchi sulhga qoʻl qoʻyilishi xalq yuqori tabaqa vakillarining noroziligi va nafratini yanada kuchaytirdi. Shu vajdan ham unga qarshi harakatlar ayniqsa Shahrisabz va Qarshida avj oldi. Amirdan norozi kuchlar uni hokimiyatni boshqara olmaganlikda va amirlikning ancha qismini qoʻlidan boy berganlikda ayblab, chor hukumatiga qarshi urushni davom ettirishni asosiy maqsad qilib qoʻygan edilar. Muzaffarning toʻngʻich oʻgʻli amirzoda Abdumalik Toʻra (Katta Toʻra) va erksevar beklar Joʻrabek. Bobobek hamda Sulton Sodiq birgalikda ozodlik kurashini davom ettirdilar. Vatanparvar kuchlar amir Muzaffarga qarshi urushib, davlatning uch qismini, jumladan, Qarshini egallaydilar. Karmana, Chiroqchi ham tez orada ularning qoʻliga oʻtdi. 1868-yilning kuzida amir Muzaffar fon Kaufmandan yordam soʻradi. Bunga javoban Kaufman general Abramov boshchiligidagi harbiy qoʻshinlarni qoʻzgʻolonni bostirish uchun yubordi. 1868-yil 21-oktabrdagi jangda Abdumalik toʻra boshchiligidagi vatanparvar kuchlar magʻlub boʻldi. Shundan soʻng, Abdumalik bilan Sulton Sodiq Xiva xoni huzuriga boradi. Abdumalik Xivada koʻp turmay Afgʻoniston tomon yoʻl oldi. U yerdan ham yordam ololmagach Xudoyorxon huzuriga keldi. Bu yerdan Qashqarga, Yoqubbek huzuriga boradi va shu yerda panoh topib, 1909 yili Peshovarda vafot etadi. Download 87.12 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling