Mavzu: O’rta Osiyoning IX – XV arslar tarixiga oid yozma manbalari. Mirxondning asarlari tarixiy manba sifatida. Mundarija: Kirish. I bob. Mirxond va «ravzat us-safo» asari


Download 55.91 Kb.
bet2/7
Sana18.06.2023
Hajmi55.91 Kb.
#1584134
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Tarixshunoslik

Kurs ishining ahamiyati. XV asrning ikkinchi yarmi va XVI asrning boshlarida Xurosonda ayniqsa, uning prytaxti Hirotda nafaqat tarix, shuningdek, adabiyot, meʼmorchilik, tasviriy sanʼat (miniatyura va naqqoshlik), musiqiy ilm va xattotlik keng rivojlangan edi. Ushbu kasb egalarining olim sifatida shakllanishida u davrning maʼrifat homiysi Mir Alisher Nazoiy katta hissa qoʻshdi. Xususan, Markaziy Osiyo va O‘rta Sharq mamlakatlarining tarixini yoritishda oʻsha davr muarrixlariga xos koʻproq umumiy tarix ravishda, yaʼni Odam Atodan to muallif yashagan kunlargacha boʻlib oʻtgan voqealar haqida bayon etilgan bir necha tarixiy asarlar yaratilgan edi. Ana shunday tarixchilardan biri Mirxond va uning asaridir.
Mavzuning dolzarbligi. Mustaqillik bizga boy va betakror o`tmishimizni, tarixiy va madaniy merosimizni xolisona va ilmiy o`rganishga imkoniyat yaratdi. Sobiq sho`ro mafkurasi xalqimiz yurtimiz tarixining ko`pgina zalvorli muammolarini o`z talablari doirasida, tarixiy haqiqatdan chekingan holda, buyuk davlatchilik shovinizmi g`oyalari asosida talqin qilishga majbur qildi. Ana shunday g`ayri ilmiy talqin etilgan masalalardan biri Amir Temur va uning o`zbek davlatchiligida, jaxon tarixida tutgan o`rni va tarixiy xizmatlarining hukumron mafkura izmiga bo`ysundirilgan holda talqin etilishidir. Amir Temur – tarixda eng buyuk shaxslardan biri. Ajablanarlisi shundaki, XIV asrning eng yorqin va mo`tabar zotining buyukligi keyinchalik har turli afsonalaru, uydirmalar girdobida qolib ketdi. Amir Temurning yirik davlat arbobi o`rta asr islohotchisi, jasur adolatpesha, fan va madaniyat homiysi sifatidagi siymosi har turli mafkuraviy ta`surotlarga, kamsitilgan va adolatsiz baholarga qaramay,asirlar osha yashab keldi.
Kurs ishining maqsad va vazifalari.Ushbu kurs ishining maqsadi Temuriylar davrida yashab o`tgan tarixchi Mirxondning tarixchi olim sifatida tarixshunoslik fanida tutgan o`rnini ,uning yaratgan asarlarini chuqur taxlil qilib xolisona baxo berishdan iborat.Ishning vazifalari tarixchi Mirxondning manbashunoslik va tarixshunoslikdagi yaratgan asarlarini xolisona yondashgan xolda kelgusi yosh avlodga yetkazish.Uning yaratgan asarlaridan o`sha davrni tarixini o`rganishda muhim manba ekanligini bildirish.

Download 55.91 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling