Mavzu: O’rta Osiyoning IX – XV arslar tarixiga oid yozma manbalari. Mirxondning asarlari tarixiy manba sifatida. Mundarija: Kirish. I bob. Mirxond va «ravzat us-safo» asari
Mirxond asarlarining o’ziga xos sifatlari
Download 55.91 Kb.
|
Tarixshunoslik
2.1. Mirxond asarlarining o’ziga xos sifatlari
Bu asarning nomi «Ravzat us-safo fi siyrat ul-anbiyo va-l-muluk va-l-xulafo» («Payg`ambarlar, podshohlar va xalifalarning tarjimai holi haqida jannat bog`i») bo`lib, undan dunyoning yaratilishidan to 1523 yilga qadar Markaziy Osiyo, Yaqin va O`rta Sharq mamlakatlarida bo`lib o`tgan ijtimoiy-siyosiy voqealar keng bayon etilgan. Ravzat us-safo» muqaddima, ettita jild, xotima va jug`rofiy qo`shimchadan tashkil topgan.Asar ranginva jozibali tilda, sodda va ravon uslubda yozilgan bo`lib, ilk sahifalardanoq o`quvchining ehtiborini o`ziga tortib oladi. U juda ko`p ibratli, ta`sirli, qiziqarli voqealarni o`z ichiga oladi. Asar tili va uslubiga ko`ra, o`z davrining bebaho adabiy yodgorligi hisoblanadi.Mazkur bebaho asarning parchalari fransuz, lotin, shved, nemis va boshqa bir qator tillarga tarjima qilingan. Uzoq vaqt davomida ushbu asar evropaliklar uchun Sharq tarixini o`rganishda muhim manba bo`lib hisoblangan. Asarning nodirqo`lyozmalaridan biri Sankt-peterburgda, D 203 raqami ostida Rossiya Fanlar akademiyasining sharq qo`lyozmalari institutida saqlanmoqda.1608 yilda ko`chirilgan, 233 varaqdan iborat bu qo`lyozmaning ayrim sahifalariga oltin suvi yugurtirilgan. Mazkur kitobda Tohiriylar davridan to Amir Temurning davlat tepasiga kelishiga qadar bo`lgan voqealar (820-1370 yy.) bitilgan.6-8 iyun kunlari Sankt-Peterburgda o`tadigan “O`zbekiston madaniy merosi – xalqlar va mamlakatlar o`rtasida mulofotga yo`l” Ikkinchi xalqaro kongressi ishtirokchilari anjuman doirasida ushbu nodir qo`lyozmani ham o`z ko`zlari bilan ko`rishlari mumkin.Shundan ushbu kitob asarning 4-5 qismlarini o`z ichiga olgan, deb xulosa qilish mumkin. Mirxondning bu asari juda ko`p mamlakatlar tarixini o`rganishda qimmatli manba bo`lib xizmat qiladi. Kitobning faksimile nusxasi ko`pgina tadqiqotchilar uchun Markaziy Osiyo tarixi, xususan temuriylar davrini o`rganishja muhim manba bo`lib xizmat qiladi.Asarning o`zbekchaga tarjimasi Muhammad Rahimxon Feruz davri (1865-1873)da mashhur shoir va tarixchilar Shermuhammad Munis (1778-1829) va Muhammad Rizo Ogahiy (1809-1894) tomonidan amalga oshiriladi.Asrlar o`tishi bilan sulolalar o`zgardi, davru davronlar almashdi. Shu bois XVI asr birinchi choragidan keyingi voqealarni puxta, asosli yoritadigan asarlarga ehtiyoj sezila boshlagandi. Ammo, bu singari katta hajmli asarni munosib tarzda davom ettirishga har qanday tarixchi olim jur`at eta olmasdi. Biroq, Eronda Qojorlar davrida yashagan mashhur tarixchi, shoir vadiplomat Rizoqulixon Hidoyat (1800-1871) ana shu ishga qo`l urdi.Rizoqulixon yoshligidan Qojorlar sulolasining vakili Fathali Shoh (1797-1834)ning saroyida xizmat qilgan. O`zining rangin she`rlari bilan shohning nazariga tushgan Rizoquli “amirush-shuaro” (shoirlarning amiri” unvonini olgan.U sulolaning keyingi vakili Nasriddin Shoh Qojor zamonida ham (1848-1896) saroyda mas`ul vazifalarda ishlagan. Saroy kutubxonasi rahbari bo`lgan, keyinchalik Eronda yangi usuldagi maktab ochib, uni boshqargan.Rizoqulixon Hidoyat Sharqda forsiy tildagi eng mukammal tarixiy asarlardanbiri sanalgan “Ravzatus-safo” asarining davomini yozishga kirishdi. Rizoqulixon Mirxondning bayon uslubini saqlagan holda Safaviylar davridan boshlab, Afsharlar, Zandlar va Qojorlar sulolasi davrida Eron, Xuroson va qisman Movarounnahrda yuz bergan voqealarni o`zining uch jildli asarida yozib qoldirgan. Asar Nasriddin Shohga bag`ishlab bitilgani uchun uning ismiga monand tarzda “Ravzatus-safoi Nosiriy” deb nomlangan.Rizoqulixon Hidoyat 1851 yilda NasriddinQojor (1834-1848) ning topshirig`i bilan Xiva xoni Muhammad Aminxon (1845-1855) huzurigaelchi bo`lib keladi. Mazkur elchilik asnosida Eron-Xorazm munosabatlariga oydinlik kiritish yuzasidan muzokaralar olib borilgan. Xorazmdagi sayohati haqida u “Saforatnomai Xorazm” (Xorazm safari kundaligi) asarini ham yozadi. (Mazkur asar 2009 yilda “Yangi asr avlodi” nashriyotida Ismoil Bekchon tarjimasida o`zbek tilida bosilib chiqqan). Mazkur asarida Rizoqulixon Xorazm xaqlining tarixi, madaniyati, turmush tarzi, urf-odat va an`analari, xususan Xiva xonligida 19-asr boshlaridagi ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy vaziyat haqida qimmatli ma`lumotlar beradi.Chamasi, Hidoyat Xiva xonligiga tashrifidan sal avvalroq “Ravzatus-safoyi Nosiriy” asarini yozib tugatgan edi. Chamasi u mazkur asarning bir nusxasini o`zi bilan olib kelgan. U Xivada bo`lgan paytida buyuk o`zbek shoiri Ogahiy bilan ham uchrashgani, u bilanijodiy hamkorlik qilgani ma`lum. Yuqorida aytilganidek, “Ravzatus-safo”ning o`zbek tiliga tarjimasi Munis tomonidan boshlangan, bu ishni endilikda Ogahiy davom ettirayotgan edi. Shoir keyinchalik, ushbu yirik tarixiy asarning Rizoqulixon qalamiga mansub qismini ham o`zbekchaga o`girgan.Bugungi kunda Mirxond va Xondamir qalaimiga mansub “Ravzatus-safo” asari bilan birga Ogahiy tarjimasidagi “Ravzatus-safoi Nosiriy” asari ham Rossiya fanlar akademiyasining Sankt-Peterburgdagi Sharq qo`lyozmalari institutida saqlanmoqda.O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi “Manbalar xazinasi” bo‘limida “Ravzat us-safo” asari qo‘lyozmasi 344-raqam ostida saqlanadi. Qo‘lyozmaning muqova qismida naqshinkor unvon mavjud bo‘lib, unda oq, qora, ko‘k, qizil, sariq, binafsha rang va tilla ranglardan foydalanilgan. Qalin kartondan sharqona uslubga ko‘ra yasalib, ustiga to‘q qizil rangli qog‘oz qoplangan. Tayaki va dastaki qismlar yashil rangli qog‘ozdan ishlangan. Ustki qismida sahhofning tamg‘asi bosilgan. Asar 332 varaqdan iborat bo‘lib, varaq o‘lchami 30x18 hamda matn o‘lchami 20x10ni tashkil etadi. Qo‘lyozma fors tilida qora siyoh bilan nasta’liq xatida yozilgan. Muhim so‘zlar qizil siyoh bilan ajratib ko‘rsatilgan. Qo‘lyozma yaxshi holatda saqlangan. Ammo, ba’zi sahifalarda qora va sariq dog‘lar mavjud. Mir Muhammad ibn Sayyid Burhonuddin Xovandshoh ibn Kamoluddin Mahmud al-Balxiy – Mirxond 1433-yilda Balxda ziyolilar oilasida tug‘ilgan, 1497-yilda og‘ir kasallikka chalinib, 1498-yilning 22-iyun kuni vafot etgan.Manbalarda olimning hayoti va faoliyati haqidagi ma’lumotlar juda kam. Shunisi ma’lumki, Mirxond O‘rta asr Sharq xalqlari tarixi bo‘yicha taniqli olimlardan hisoblanadi. Uning ota-bobolari Buxoroda yashagan bo‘lib, fiqh ilmida zamonasining ilg‘or olimlari sifatida tanilgan. Jumladan, Mahmud ibn Ahmad al-Mahbubiy (vafoti taxminan 1300-yil) fiqh ilmida peshqadam olim bo‘lgan. Shuning uchun unga “Toj ash-shari’a” (“Shariat toji”) nomi berilgan. Ahmad al-Mahbubiy Sharqning mashhur fiqh olimi Sayyid Burxonuddin Marg‘inoniyning “Hidoya” asariga “Viqoya ur-rivoyat fi-masoil ul-Hidoya” (“Hidoya masalalarini himoya qiluvchi rivoyatlar”) nomli sharh yozgan. Mirxondning yana bir ajdodlaridan Ubaydulloh ibn Mas’ud al-Mahbubiy (vafoti 1346) “Toj ash-shari’a soniy” (“Ikkinchi shariat toji”) nomi bilan tanilib, “Sharh ul-viqoya”, “An-nihoya muxtasar ul-viqoya” nomli mashhur kitoblar yozib qoldirgan. Mirxondning otasi – Sayyid Burhonuddin Xovandshoh ham o‘z davrining bilimdon kishilaridan bo‘lib, Temuriylar hukmronligi davrida Balxga kelib qolgan va o‘sha yerda vafot etgan. Tarixchi Xondamirning ma’lumotiga qaraganda, Alisher Navoiy o‘ziga tegishli bo‘lgan “Ixlosiya” xonaqosidan bir hujra ajratib, Mirxonddan bir tarixiy asar yozib berishni iltimos qiladi. Mirxond bu asarni qisqa vaqt ichida yozib tamomlaydi. So‘ng umrining oxirida taxminan bir yil Gozirgohda yashaydi.Mirxond o‘zining faoliyati davomida tarix ilmi bilan mashg‘ul bo‘lib, ko‘proq jahon osori-atiqalarini tadqiq qilish bilan shug‘ullandi. Mirxondning “Ravzat us-Safo” (“Sof jannat bog‘i”) yoki “Ravzat us-safo fi-siyrat al-anbiyo val-muluk va xulafo” (“Payg‘ambarlar, podshohlar va halifalarning tarjimai holi haqida sof jannat bog‘i”) nomli asarida dunyoning yaratilishidan to 1523-yilga qadar Markaziy Osiyo, Yaqin va O‘rta Sharq mamlakatlarida bo‘lib o‘tgan ijtimoiy-siyosiy voqealar keng bayon etilgan. Ushbu asar XIX asrda qayta ko‘chirilgan. “Ravzat us-Safo” asari muqaddima, yetti jild, xotima va geografik qo‘shimchalardan iborat.Mazkur bebaho asarning parchalari fransuz, lotin, shved, nemis va boshqa bir qator tillarga tarjima qilingan. Uzoq vaqt davomida asar yevropaliklar uchun Sharq tarixini o‘rganishda muhim manba bo‘lib hisoblangan.Asarning nodir qo‘lyozmalaridan biri Rossiya Fanlar akademiyasi Sankt-Peterburg Sharq qo‘lyozmalari institutida D-203 raqami ostida saqlanmoqda. Asar o‘sha davrdagi ehtiyoj hamda talab asosida fors tilida yozilgan. U o‘zida mashhur: Tabariyning “Nizomut-tavorix”, Muhammad bin Ishoqning “Ravzat-ul hubob” (“Hubob bog‘i”), Muhammad Rizo Ogahiyning “Zubdat ut-tavorix” (“Tarixlar qaymog‘i”), Hofiz Ibn Kasirning “Bidoya-nihoya”, Imom Abul Hasan Faryobiyning “Usuli jome’a” (“Jamoat usuli”), Nosiriddin Bayzoviyning “Tafsiri Bayzoviy” asarlardagi tarixiy jarayonlarni o‘ziga xos ifoda etgan. Shu bilan birga mazkur asarda tarixchi va roviylar – Abu Ali Ja’far Ya’qub al-Isfahoniy, Muhammad bin Jabrir Tabariy, Muhammad ibn Jarir Tiriy va Hofiz Abrur rahmatullohi alayh, Siddiq Akbar, Hofiz Abru, Sa’d ibn Jabir, Zahhokning nomlari tilga olingan. Shu bilan bir qatorda Mirxondning “Ravzat us-Safo” asarida bugungi kunda musulmonlar uchun muqaddas qadamjolardan biri hisoblangan Makka shahrida joylashgan “Safo”, “Marva” hamda “Arofat” tog‘lari haqida ham ma’lumotlar keltirilgan.Asarda dunyoning yaratilishidan to Sosoniy Yazdigard III (632-651) davrigacha o‘tgan tarixiy voqealar, Muhammad (s.a.v.) va birinchi to‘rt xalifa davrida bo‘lib o‘tgan voqealar, o‘n ikki imom tarixi, Ummaviyya va Abbosiyya xalifalari; Abbosiylar bilan zamondosh bo‘lgan sulolalar (Eron, Markaziy Osiyo va Hindiston); Mo‘g‘ullar, Chingizxon, uning avlodi, Eron va ba’zi qo‘shni mamlakatlar va ulardan keyingi Amir Temur davrigacha yashagan sulolalar tarixi; Amir Temur va temuriyzoda Sulton Abu Sa’id o‘limigacha (1469) bo‘lib o‘tgan voqealar hamda Sulton Husayn Boyqaro va farzandlari tarixi (1523), shuningdek, boshqa ko‘pgina bayon etilgan hodisalar Qur’on oyatlari, hadislar hamda bir qancha moʻtabar kitoblar misolida yoritilgan. Xulosa Xulosa qilib aytganda:Mirxond temuriylar davrida ijod etgan tarixchilar ichida o‘z o‘rniga ega tarixchi bo‘lib, u yozib qoldirgan asar uning asosidir. Mirxond asarni yaratishda qirqat muallif, ya’ni arab tilida jod etgan o’n sakkizta, fors tilida ijod etgan yigirma ikkita olim ijodiga murojaat qilgan. Shak-shubhasiz bu asar zamonaviy tadqiqot darajasida yaratilingan tarixiy yodgorlikdir. “Ravzat us-safo” asariga undan keyingi davrlarga yashagan tarixchilar murojaat qilib, undan istefoda etgani ham buning yorqin isbotidir. Asar nafaqat Markaziy Osiyo xalqlari tarixi, balki ayni paytda Markaziy Osiyo tarixi bilan bog‘liq bo‘lgan sharqning mashhur sulolar tarixni o‘rganishda ham manba bo‘lib xizmat qiladi. Shu sababli asar turli sharq va g‘arb tillariga tarjima qilinganligini yuqorida ta’kidlab o‘tdik. Asarning biz murojaat etgan yettinchi jildi original qismi bo‘lib, muallif yashagan davrni tasvirlaganligi bilan ahamiyatlidir. Tadqiqotchilar asarning ma’lum bir qismiga murojaat etgan holda tadqiqot olib borishgan va shu qismini tarjima qilishgan. Asarning to‘liq tarjimasi mavjud emas. Asar bu jihatdan kelgusida o‘z tadqiqotchilarini kutmoqda. Sharq xalqlari tarixini o`rganish, tadqiq etishda Tabariy, Narshaxiy, Bayhaqiy, Juvayniy, Sharafiddin Ali Yazdiy, Nizomiddin Shomiy, Ibn Arabshoh, Abdurazzoq Samarqandiy singari olim va mutafakkirlar yaratib qoldirgan durdonalar katta ahamiyat kasb etadi. Ana shunday bebaho tarixiy asarlardan biri “Ravzatus-safo” asaridir.Asarning ilk muallifi Mir Muhammad ibn Sayyid Burhoniddin Xovandshoh ibn Kamoluddin Maxmud al-Balxiy — Mirxond (1433-1498) o`rta asr tarix fanining ko`zga ko`ringan namoyandalaridan biridir. Mirxondning otasi Sayyid Burhoniddin Xovandshoh ham zamonasining bilimdon kishilaridan bo`lib, Temuriylar hukmronligi davrida Buxorodan Balxga kelib qolgan.Mirxond 1433 yyli Balxda tug`ilgan bo`lsa-da, umrining deyarli kup qismini Hirotda o`tkazdi. Uning hayoti va ilmiy faoliyati haqida nabirasi Hondamir «Xulosat ul-axbor» kitobida qimmatli ma`lumotlarni yozib qoldirgan. Uning yozishicha, Hazrat Navoiy Mirxondga juda katta moddiy va ma`naviy yordam ko`rsatgan, o`zining «Ixlosiya» xonaqosidan bir hujra ajratib bergan va undan bir tarixiy asar yozib berishni iltimos qilgan. Mirxond bu asarni qisqa vaqt ichida yozib tamomlagan. 1497 yilning bahorida og`ir kasallikka chalinib, 1498 yilda olamdan o`tgan. Asarni uning nabirasi Xondamir davom ettirgan.Bu asarning nomi «Ravzat us-safo fi siyrat ul-anbiyo va-l-muluk va-l-xulafo» («Payg`ambarlar, podshohlar va xalifalarning tarjimai holi haqida jannat bog`i») bo`lib, undan dunyoning yaratilishidan to 1523 yilga qadar Markaziy Osiyo, Yaqin va O`rta Sharq mamlakatlarida bo`lib o`tgan ijtimoiy-siyosiy voqealar keng bayon etilgan. Ravzat us-safo» muqaddima, ettita jild, xotima va jug`rofiy qo`shimchadan tashkil topgan. Asar ranginva jozibali tilda, sodda va ravon uslubda yozilgan bo`lib, ilk sahifalardanoq o`quvchining ehtiborini o`ziga tortib oladi. U juda ko`p ibratli, ta`sirli, qiziqarli voqealarni o`z ichiga oladi. Asar tili va uslubiga ko`ra, o`z davrining bebaho adabiy yodgorligi hisoblanadi.Mazkur bebaho asarning parchalari fransuz, lotin, shved, nemis va boshqa bir qator tillarga tarjima qilingan. Uzoq vaqt davomida ushbu asar evropaliklar uchun Sharq tarixini o`rganishda muhim manba bo`lib hisoblangan. IV.Foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati: 1.Mirziyoyev SH.M. Erkin va farovon demokratik O‘zbekiston davlatini birgalikda barpo etamiz.- Toshkent:O‘zbekiston, 2016.-. 64-bet 2.Mirziyoyev. SH. M. Qonun ustuvorligi va inson manfaatlarini ta’minlash yurt taraqqiyoti va xalq farovonligining garovi. Toshkent: O‘zbekiston, 2017.-26b. 3.Mirziyoyev SH.M. Buyuk kelajagimizni mard va oliyjanob xalqimiz bilan birga quramiz.Toshkent:O‘zbekiston, 2017.-488 b. 4.Karimov I.A O’zbekiston mustaqillikka erishish ostonasida- Toshkent.:2010-y 5. Karimov I.A “ Yuksak ma`naviyat- yengilmas kuch” Toshkent 2008. 6. Karimov I. A. O‘zbekiston XXI asrga intilmoqda. Toshkent.: O‘zbekiston, 1999-yil. 6-bet. 7.Xondamir. Xabib us-siyar. Izd. Djalal Ad-Dina Xumayi. T. IV. S. 343. Diss. S. 148. 8.O Yusufi i yego meditsinskix trudax. Hidoyat Husayn. Predisloviye, primechaniya Istochniki. Xondamir. 9. Xayrullayev M. M. Ma’naviyat yulduzlari. – T: A. Qodiriy nomidagi xalq merosi nashr. 1999. 246-b. 10.Hasaniy M. Mirxondning “Ravzat us-safo” asarida Jaloliddin Manguberdi zikri. – T., 1999. – B. 4. 11. Boymatov L. Mirxon i Xondamir o Temur Malike. – S. 2. 12. Xondamir. Habib us-siyar fi axbori afrodi bashar. – T: «O‘zbekiston» NMIU. 2013. 18-b. 13.Ahmedov B. O‘zbekiston xalqlari tarixi manbalari. – T.: O‘qituvchi, 1991. – B. 155. 14. Hasaniy M. Mirxondning “Ravzat us-safo” asarida Jaloliddin Manguberdi zikri. – T., 1999. – B. 4. 22 Islom Karimov Adolatli jamiyat sari T,1998, 32-bet 1 Mualliflar jamoasi. O‘zbekistonda ijtimoiy fanlar. – T.: O‘Zr FA “Fan” nashriyoti. 1991. 18-b. 2 Xayrullayev M. M. Ma’naviyat yulduzlari. – T: A. Qodiriy nomidagi xalq merosi nashr. 1999. 245-b. 3 Khomushova F. Giyasüddîn Handmîr'in hayati, eserleri ve tarihçiliği. Yüksek lisans tezi. – Bursa, 2020. – S. 54. 4 Khomushova F. Giyasüddîn Handmîr'in hayati, eserleri ve tarihçiliği. Yüksek lisans tezi. – Bursa, 2020. – S. 54. 5 O‘sha asar, - S. 55. 6 Xayrullayev M. M. Ma’naviyat yulduzlari. – T: A. Qodiriy nomidagi xalq merosi nashr. 1999. 245-b. 7 Alisher Navoiy. Majolis un-nafois. 72-73-betlar. 8 Alisher Navoiy. Majolis un-nafois. 72-73-betlar. 9 Xondamir. Makorim ul-axloq. – T.: Yoshlar nashriyot uyi. 2018. 168-b. 10 Юсупова Д., Творческое наследие Хондамира как источник по истории культуры Центральной Азии XV – XVI вв. Т:. 2001. – С. 324. 11 Юсупова Д.вв. Т:. 2001. – С. 324. 12 Mahmud ibn Muhammad ibn Umar al-Chag ‘miniy. “Al-mulaxxas fi –l xayyat”. Astronomiya bo‘yicha qisqacha kitob. Bu kitob asosan sharhlardan iborat. Astronom va doktor. Xorazmda yashagan. 13 Хондамир. Макаримул-ахлак. Кембриж. Изд. Khwandamir. Makarim ul-akhlaq. Fac, Ed. T. Qandjei. (Cambridge) Trusties of the E.T.W. Gibb Memorial, 1979. – L.165. 14 Muhammad ibn Muhammad Abu Ja’far Nosiriddin at-Tusiy. “Bist bob dar ma’rifat asturlob” asariga sharhlar. XIII asrda yashab o’tgan fizik, astronom, matematik olim. 15 Хондамир. Макаримул-ахлак. Кембриж. Изд. Khwandamir. Makarim ul-akhlaq. Fac, Ed. T. Qandjei. (Cambridge) Trusties of the E.T.W. Gibb Memorial, 1979. – L.165. 16 Юсупова Д.Творческое наследие Хондамира как источник по истории культуры Центральной Азии XV – XVI вв. Т:. 2001. – С. 324. 17 Xondamir. Xulosatul-axbor. O‘zFA. SH.I. № 2209. L. – B. 483 18 O’sha yerda. 19 O’sha yerda. 20 O’sha yerda 21 O’sha yerda 22 Xondamir. Xulosat ul-axbor. O‘z FA. SH.I. № 2209. L. – B. 483. 23 Юсупова Д.Творческое наследие Хондамира как источник по истории культуры Центральной Азии XV – XVI вв. Т:. 2001. – С. 324. 24 Milkat og‘o. Xizr Og’lonning qizi. Avval boshida Amir Temurning o’g’li Umarshayxga berilgan. Bu nikohdan ikki o’g’il – Mirzo Iskandar va Mirzo Boyqaro tug’ilgan. Keyin Shohruxga uzatilgan. Bu nikohdan Suyurg’atmish o’g’lon dunyoga kelgan. 25 Xondamir. Xulosat ul-axbor. O‘zFA. SH.Q.M. № 2209. L. – B. 483 26 Юсупова Д.Творческое наследие Хондамира как источник по истории культуры Центральной Азии XV – XVI вв. Т:. 2001. – С. 324. 27 Хондамир. Хабиб ус-сияр. Изд. Джалал Ад-Дина Хумайи. Т. IV. – С. 343. Дисс. – С. 148. 28 О Йусуфи и его медицинских трудах. Hidoyat Husayn. Предисловие, примечания// Источники. Хондамир. 29 Ибн Сина. Канон. T.III. – С. 168. О болезни и смерти Навои. 30 Аҳмедов Б. Ўзбекистон халқлари тарихи манбалари. – Т.: Ўқитувчи, 1991. – Б. 155. 31 Ҳасаний М. Мирхонднинг “Равзат ус-сафо” асарида Жалолиддин Мангуберди зикри. – Т., 1999. – Б. 4. 32 Khomushova F. Giyasüddîn Handmîr'in hayati, eserleri ve tarihçiliği. Yüksek lisans tezi. – Bursa, 2020. – S. 55. 33 Xondamir. Habib us-siyar fi axbori afrodi bashar. – T: «O‘zbekiston» NMIU. 2013. 17-b. 34 İsmail Aka. “Mîrhând”, Türkiye Diyanet Vakfi İslam Ansiklopedisi (DİA). – S. 156-157. 35 Erkan Göksu i.g.m. – S. 1-8. 37 Vural Öntürk. Ravzatü’s-safâ ve Habibü’s-siyer’e göre Gurlular// Journal of History School. 2018. – S. 157. 38 Johanna August Vullers. Mirchond’s Geschichte der Seldschuken. – Giefsen, 1837. 39 Ҳасаний М. Мирхонднинг “Равзат ус-сафо” асарида Жалолиддин Мангуберди зикри. – Т., 1999. – Б. 4. 40 Бойматов Л. Мирхон и Хондамир о Темур Малике. – С. 2. 41 Xondamir. Habib us-siyar fi axbori afrodi bashar. – T: «O‘zbekiston» NMIU. 2013. 18-b. 42 Xayrullayev M. M. Ma’naviyat yulduzlari. – T: A. Qodiriy nomidagi xalq merosi nashr. 1999. 246-b. 43 Xayrullayev M. M. Ma’naviyat yulduzlari. – T: A. Qodiriy nomidagi xalq merosi nashr. 1999. 246-b. 44 Xayrullayev M. M. Ma’naviyat yulduzlari. – T: A. Qodiriy nomidagi xalq merosi nashr. 1999. 246-b. 45 Xayrullayev M. M. Ma’naviyat yulduzlari. – T: A. Qodiriy nomidagi xalq merosi nashr. 1999. 246-b. Download 55.91 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling