Mavzu: O’rta umumta’lim maktablarida tashkil qilinadigan ekskursiya turlari va ularni tashkil etish usullari


Ekskursiyaning mazmuni va mohiyati


Download 31.85 Kb.
bet3/8
Sana17.06.2023
Hajmi31.85 Kb.
#1548554
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
. Abdurahmonov Muhammadyor Kurs ishi

1.2. Ekskursiyaning mazmuni va mohiyati
«Ekskursiya» tushunchasi yunoncha «excursio» so‘zidan olingan bo‘lib, «sayohatga chiqish, sayr qilish» degan ma’noni anglatadi. «Ekskursiya» tushunchasiga eng birinchi ta’rifni V.Dal (1882y) quyidagicha bergan: «ekskursiya - bu sayr-tomosha, biror nimani izlash, o‘simliklar yig‘ishdir». Rossiyalik olim M. P. Ansiferov (1923-y.) «ekskursiya - bu sayr bo‘lib, uning vazifasi aniq ma’lumotlar asosida mavzuni o‘rganishdir», degan fikrni keltirib o’tgan. Kichik sovet ensiklopediyasida (1931-y.) «ekskursiya – bu ma’lum bir joylarda, sanoat korxonalarida, sovxoz, muzeylarda va boshqa joylarda ilmiy va ta’limiy maqsadlarda jamoaviy tashrif buyurishdir» - deb ta’rif berilgan. Katta sovet ensiklopediyasida (1978-y.) «ekskursiya – bu diqqatga sazovor ob’ektlarga (madaniy yodgorliklar, muzeylar, korxonalar, joylar va h. k) tashrif buyurish, bilim olishning shakli va metodi bo‘lib, odatda mutaxassis- gid rahbarligida jamoaviy o‘tkaziladi»-deb ta’rif berilgan. Ekskursiya tushunchasini tahlil qilganda ekskursiya xizmatining ob’ektiv talablardan iboratligini e’tiborga olishimiz kerak bo‘ladi. Har bir ekskursiya o‘ziga xos faol jarayon bo‘lib, uning mohiyati ma’lum qonuniyatlar (mavzuiyligi, maqsadliligi, ko‘rgazmaliligi, hissiyotliligi, faolligi va h.k.) bilan asoslanadi. Ekskursiya xizmati oldida turgan vazifalari quyidagicha namoyon bo‘lishi mumkin:
Ekskursiya xizmati jarayoni va vazifalari. Demak, ekskursiya xizmati - bu tarixiy va madaniy yodgorliklar, tabiat manzaralari, ishlab chiqarish korxonalari va boshqa diqqatga sazovor joylarni ko‘rsatish, hikoya qilish jarayonini uslubiy jihatdan tashkil qilishdir. Ushbu jarayonda ekskursantlar ko‘z oldidagi ob’ektlar, ular bilan bog‘liq voqea-hodisalar malakali mutaxassis-gid tomonidan hikoya va tahlil qilinadi. Ekskursiya xizmatida gid ekskursantlarga mavzuni yoritishga yordam beruvchi ob’ektlarni ko‘rishga (birinchi vazifa), ushbu ob’ektlar haqida zaruriy ma’lumotlarni olishga (ikkinchi vazifa), tarixiy voqeaning mohiyatini his etishga (uchinchi vazifa), ekskursiya ob’ektlarini mustaqil kuzatish va tahlil qilish ko‘nikmasiga ega bo‘lishga (to‘rtinchi vazifa) yordam beradi. So‘nggi vazifani bajarishda ekskursantlarda ob’ektlarni to‘g‘ri ko‘rish qobiliyatini shakllantira olish katta o‘rinni egallaydi. Ob’ektlarni to‘g‘ri ko‘ra olish qobiliyati deganda estetik qabul sifatida me’morchilik massalari, ranglari, har xil turdagi chiziqlar, jismlar guruhini, ranglar jilosini, chiziqlar va ularning kompleksini yorug‘lik, ma’lum burchak ostida ko‘rish, qabul qilish tushuniladi. Ob’ektlardagi tarixiy jozibadorlikni anglay olish quyidagilarda namoyon bo‘ladi: birinchidan, ekskursiya ob’ektidagi tarixiy-madaniy o‘ziga xoslikni topa olish; ikkinchidan, ekskursiya ob’ektida turli davrlardan qolgan izlarni aniqlay olish; uchinchidan, monumental va muzey-tarixiy yodgorliklaridan tarixiy faktlarni topa olishdir. Bu jarayon har doim katta bilim va ko‘nikmani talab qiladi. Ekskursiya ma’lumotlari va ularni hikoya qilishda gidning malakaviyligi ekskursantlarning kerakli xulosaga kelishi imkonini beradi. Bu haqda rossiyalik pedagog A.V. Bakushinskiy shunday degan: «Ekskursiya rejasi, vazifasi, maqsadi bilan asoslangan materialning uslubiy ishlanmasi qatnashchilarga mustaqil his qilish, qabul qilish va baholash ko‘nikmalarini uyg‘otishi kerak». Ekskursiya xizmatining vazifalaridan biri – ekskursantlar ongida ekskursiya mavzusi, tarixiy shaxslar hayoti, voqealar, faktlar va umuman ekskursiya ma’lumotiga bo‘lgan munosabatni va mustaqil baho berishni shakllantirishdir. Baho berish - bu biror kim yoki narsa haqida tasavvurga ega bo‘lish, uning mohiyati, fe’l-atvori, rolini aniqlash, kimningdir ijobiy sifatlari va ustunliklarini tan olishdir. Ekskursiya xizmatini baholash degani gidning ko‘rsatmalari yordamida ekskursantlarning mavzu bo‘yicha yakuniy xulosaga kelishidir. Ekskursiya xizmatiga munosabat- bu ekskursiya xizmati mavzusida yoritiladigan tarixiy davrga nisbatan ekskursantning aniq bir qarashlari; biror-bir harakatlarni his etishi, yozuvchi yoki rassom o‘z asarini yaratganida uning kayfiyatini tushunishdir.
Adabiy asarlarga qo‘yilgan talablar kabi ekskursiya ham aniq muallifning asari sifatida o‘z syujetiga ega bo‘lib, barcha ekskursiya materiallari unga bo‘ysunadi. Ekskursiya xizmati o‘z vazifasi va o‘tkazish shakliga ko‘ra yo‘l-yo‘lakay olib boriladigan ekskursiya axboroti yoki turistik poxodlardagi instruktor suhbatlaridan ko‘ra murakkabroq jarayondir. Mavzuli ekskursiya xizmati shahar ko‘rgazmali ekskursiyasidan o‘zining tarkibi, mazmuni, uslub jihatidan murakkabligi bilan farqlanadi. Ekskursiyaning rivojlanish yo‘li uning mazmun jihatidan o‘zgarishi bilan bog‘liqdir. Avvallari ekskursiya shifobaxsh o‘simliklarni izlab topish maqsadidagi sayr deyilgan, keyinchalik unga masalan, o‘lkashunoslik muzeylariga namunalar yig‘ish kabi ilmiy maqsadlar qo‘yilgan. Mustaqil ta’limning yangi shakllarini izlash jarayoni ekskursiya xizmati oldida umumta’limiy maqsadlarni belgiladi. Tarbiyaviy ishlarni samaraliroq tashkillashtirish harakatlari ekskursiya xizmatini madaniy-ta’limiy ishlarning biriga aylantirdi. Hozirda ekskursiya xizmati individual metodika sifatida tugallangan, maqsadli, o‘ziga xos funksiya va xususiyatlarga ega bo‘ldi. U mazmuni, o‘tkazish shakli, ma’lumotlarni taqdim etish uslubi jihatidan ahamiyatli darajada boyidi va g‘oyaviy-tarbiyaviy, madaniy-ommaviy ishlarning ajralmas qismi sifatida tavsiflandi.Demak, ekskursiya xizmati insonning atrof-muhitni o‘rganishidagi ko‘rgazmali jarayon bo‘lib, unda tabiiy sharoitlarda, korxona binolarida, laboratoriyalarda, ilmiy-tadqiqot institutlarida va boshqa joylarda joylashgan ob’ektlar oldindan tanlangan bo‘ladi. Ob’ektlarni ko‘rsatish jarayoni malakali mutaxassis - gid rahbarligida amalga oshiriladi. Ob’ektlarni tushunish, qabul qilish jarayoni aniq mavzuni yoritishdagi vazifalari bilan belgilanadi. Gid ekskursantlarning ob’ekt ko‘rinishini, tarixiy joyning qadr-qimmatini, ob’ekt bilan bog‘liq tarixiy voqeani tushunib olishlariga yordam beradi. Ekskursant ayni damda nimani ko‘rayotgani, tushunayotgani, his etayotgani gid uchun muhimdir. Gid o‘z hikoyasi bilan ekskursantlarni to‘g‘ri xulosa qilishga, baho berishga ko‘maklashadi, shu bilan ekskursiya xizmatining zaruriy samaradorligiga erishiladi. Xulosa qilib, ekskursiya xizmatining mazmunini quyidagicha talqin qilishimiz mumkin: ekskursiya xizmati– bu insonlar guruhiga maxsus shakllarda beriladigan bilimlar majmui bo‘lib, bilimlarni uzatishda maxsus harakatlar tizimi tanlanadi.


Download 31.85 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling