Mavzu: O’rta umumta’lim maktablarida tashkil qilinadigan ekskursiya turlari va ularni tashkil etish usullari


Download 31.85 Kb.
bet1/8
Sana17.06.2023
Hajmi31.85 Kb.
#1548554
  1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
. Abdurahmonov Muhammadyor Kurs ishi

O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA TA’LIM VAZIRLIGI


FARG’ONA DAVLAT UNIVERSITETI FIZIKA-TEXNIKA FAKULTETI FIZIKA YO’NALISHI 2-BOSQICH 20.13 A GURUH TALABASI ABDURAHMONOV MUHAMMADYOR NING‘’FIZIKA O’QITISH METODIKASI’’ FANIDAN TAYYORLAGAN

KURS ISHI



MAVZU:O’RTA UMUMTA’LIM MAKTABLARIDA TASHKIL QILINADIGAN EKSKURSIYA TURLARI VA ULARNI TASHKIL ETISH USULLARI

TAYYORLADI: ABDURAHMONOV MUHAMMADYOR


TEKSHIRDI: DEHQONOVA OHISTAXON

MUNDARIJA:
KIRISH ………………………………………………………………………….3
I.BOB «Ekskursiya xizmatini tashkil qilish»ning maqsadi va vazifalari…….6
1.1. «Ekskursiya xizmatini tashkil qilish»ning maqsadi va vazifalari…………….6
1.2. Ekskursiya xizmatining mazmuni va mohiyati………………………………7
1.3. Ekskursiya xizmati muloqot shakli sifatida………………………………….10
1.4. Ekskursiya xizmati pedagogik jarayon sifatida………………………………11
II.BOB. Fizika bo'yicha o'quv ekskursiyalari: xususiyatlari, o'tkazish shakllari va tasniflash………………………………………………………………………14
2.1. Ekskursiya xizmatining xususiyatlari………………………………………...14
2.2. Fizikada ekskursiyalarni o’tkazish shakllari…………………………………15
2.3. Ekskursiya xizmatini tasniflash………………………………………………21
Xulosa……………………………………………………………………………..25
Foydalanilgan adabiyotlar………………………………………………………...26
Internet saytlar…………………………………………………………………….27
Yuqori sinflarda bolalar shaxs bo’lib, jamoa bo’lib shakllanadi. Ayni o’sha paytda ularni o’zlari o’rgangan muhitdan ajratib qo’ymaslik kerak. Bu yoshlarning ruhiyatiga, davomatiga, oxir-oqibatda ta’lim-tarbiyasiga salbiy ta’sir qilishi mumkin. Shu bois ta’lim jarayonining uzluksizligini ta’minlash, o’quv dasturlarini takomillashtirish zarur.
SH.M.Mirziyoyev.

KIRISH
Kurs ishining maqsad va vazifalari: Turizm iqtisodiy sohalar ichida daromad keltirishi bo‘yicha yetakchi sohalardan biridir. Mamlakatimizda ham ushbu sohani rivojlantirish bo‘yicha ko‘pgina ishlar olib borilmoqda. Turizmning asosiy xizmatlaridan biri ekskursiya xizmati hisoblanadi. Mamlakatga tashrif buyurgan turist eng avvalo uning tarixi, madaniyati, ijtimoiy hayoti, tabiat resurslari bilan tanishishni, tomosha qilishni xohlaydi. Ekskursiya o‘zining ko‘rgazmaliligi, sermazmunligi, daromadliligi, hissiyotliligi bilan insonlarning ruhiy qiyofasi shakllanishiga ta’sir ko‘rsatadi.
«Ekskursiya xizmatini tashkil qilish» fani turizm sohasida ta‘lim olayotgan talabalar uchun mutaxassislik fani sifatida ahamiyatlidir. Ushbu kursdan talabalar turizm sohasida ekskursiya xizmatlarini sifatli tashkil etishning texnika va texnologiyasi haqida zaruriy ma’lumotlarga ega bo‘ladilar.
«Ekskursiya xizmatini tashkil qilish» fanini o‘qitishdan maqsad - talabalarni mamlakatimizning boy tarixiy merosi, ekologik-rekreatsion maskanlari, ishlab-chiqarish ob’ektlari, ziyoratgohlarda sifatli, xavfsiz ekskursiya xizmatlarini tashkil etish hamda, ulardan turizm sohasida samarali foydalanish bo‘yicha bilimlar berishdir. Ushbu maqsadni amalga oshirish uchun fanning oldida quyidagi vazifalar qo’yilgan:
Ekskursiya xizmatining mazmun-mohiyatini tushuntirish;
Ekskursiya xizmatining funksiyalari, xususiyatlari va ekskursiya xizmatini tasniflashni o‘rgatish;
Ekskursiya rahbari - gidga qo‘yiladigan talablarni o‘rgatish;
Ekskursiya xizmatini tayyorlash texnologiyasini o‘rgatish;
Ekskursiya ob’ektlarini tanlash va baholash;
Ekskursiya xizmati marshrutini tuzish va sinov ekskursiyasini o‘tkazish tartibini o‘rgatish;
Ekskursiya xizmatida ob’ektlarni ko‘rsatish usullarini aniqlash;
Ekskursiya xizmatida ob’ektlarni hikoya qilish usullarini aniqlash;
Ekskursiya xizmatining tashkiliy masalalari;
O‘zbekistonning tarixiy- arxitektura yodgorliklariga ekskursiya xizmatini tashkil qilishni o‘rgatish;
O‘zbekistonning ekologik hududlariga ekskursiya xizmatini tashkil qilishni o‘rgatish;
Turizmning maxsus turlariga ekskursiya xizmatini tashkil qilishni o‘rgatish;
Ekskursiya xizmatida ekskursantlarning xavfsizligini ta’minlash;
Ekskursiya xizmatida birinchi tibbiy yordamni ko‘rsatish qoidasini o‘rgatish.
Respublikamizda turizm sohasini rivojlantirish uchun barcha zarur manbalar mavjud. Buyuk Ipak yo‘li ustida joylashgan Vatanimiz qulay tabiiy-iqlim sharoitlariga, boy tarixiy, madaniy merosga va ayni paytda ham ichki va ham xalqaro turizmni rivojlantirish uchun yuqori salohiyatga ega. Mamlakatni modernizatsiya qilish sharoitida turizm va mehmondo‘stlik sohasidagi yechimini kutib turgan masalalardan biri malakaviy talablarga javob bera oladigan kadrlarni tayyorlashdir. Turizm sohasida ekskursiya xizmati asosiy xizmatlardan biri hisoblanadi. Tashrif buyurgan turist eng avvalo mamlakatning tarixi, madaniyati, ijtimoiy hayoti, tabiiy resurslari bilan tanishishni, tomosha qilishni xohlaydi. Ekskursiya xizmati o‘zining ko‘rgazmaliligi, mazmundorligi, hissiyotliligi bilan ekskursantlarning ma’naviy dunyoqarashi shakllanishiga ta’sir ko‘rsatadi. «Ekskursiya xizmatini tashkil qilish» fani «Turizm (faoliyat yo‘nalishlari bo‘yicha)» va «Mehmonxona xo‘jaligini tashkil etish va boshqarish» yo‘nalishi bo‘yicha ta’lim olayotgan talabalar uchun mutaxassislik fani sifatida ahamiyatlidir. Ushbu kursdan talabalar turizm sohasida ekskursiya xizmatlarini sifatli tashkil qilish haqida zaruriy ma’lumotlarga ega bo‘ladilar. «Ekskursiya xizmatini tashkil qilish» fanini o‘qitishdan maqsad - talabalarni mamlakatimizning boy tarixiy merosi, ekologik-rekreatsion hududlari, ishlab chiqarish ob’ektlari, ziyoratgohlarida sifatli, xavfsiz ekskursiya xizmatlarini tashkil etish hamda, ulardan turizm sohasida samarali foydalanish bo‘yicha bilimlar berishdir. Shuni ham ta’kidlab o‘tish joizki, fan bo‘yicha hozirda lotin alifbosida darslik va o‘quv qo‘llanmalarning yetishmasligini hisobga olgan holda va turizm ta’limi yo‘nalishlari bo‘yicha Samarqand iqtisodiyot va servis instituti Respublikada tayanch oliy dargoh bo‘lganligi tufayli, mualliflar tomonidan tayyorlangan ushbu o‘quv qo‘llanma ekskursiya xizmatini tashkil qilishni o‘qitishda boshqa oliy o‘quv yurtlari va turizm kollejlari talabalariga yaqindan yordam beradi degan fikrdamiz.



Download 31.85 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling