Mavzu: O’rta umumta’lim maktablarida tashkil qilinadigan ekskursiya turlari va ularni tashkil etish usullari
I.BOB «Ekskursiya xizmatini tashkil qilish»ning maqsadi va vazifalari
Download 31.85 Kb.
|
. Abdurahmonov Muhammadyor Kurs ishi
I.BOB «Ekskursiya xizmatini tashkil qilish»ning maqsadi va vazifalari
1.1. «Ekskursiya xizmatini tashkil qilish» fanining maqsadi va vazifalari Turizm iqtisodiy sohalar ichida daromad keltirishi bo‘yicha yetakchi sohalardan biridir. Mamlakatimizda ham ushbu sohani rivojlantirish bo‘yicha ko‘pgina ishlar olib borilmoqda. Turizmning asosiy xizmatlaridan biri ekskursiya xizmati hisoblanadi. Mamlakatga tashrif buyurgan turist eng avvalo uning tarixi, madaniyati, ijtimoiy hayoti, tabiat resurslari bilan tanishishni, tomosha qilishni xohlaydi. Ekskursiya o‘zining ko‘rgazmaliligi, sermazmunligi, daromadliligi, hissiyotliligi bilan insonlarning ruhiy qiyofasi shakllanishiga ta’sir ko‘rsatadi. «Ekskursiya xizmatini tashkil qilish» fani turizm sohasida ta‘lim olayotgan talabalar uchun mutaxassislik fani sifatida ahamiyatlidir. Ushbu kursdan talabalar turizm sohasida ekskursiya xizmatlarini sifatli tashkil etishning texnika va texnologiyasi haqida zaruriy ma’lumotlarga ega bo‘ladilar. «Ekskursiya xizmatini tashkil qilish» fanini o‘qitishdan maqsad - talabalarni mamlakatimizning boy tarixiy merosi, ekologik-rekreatsion maskanlari, ishlabchiqarish ob’ektlari, ziyoratgohlarda sifatli, xavfsiz ekskursiya xizmatlarini tashkil etish hamda, ulardan turizm sohasida samarali foydalanish bo‘yicha bilimlar berishdir. Ushbu maqsadni amalga oshirish uchun fanning oldida quyidagi vazifalar qo‘yilgan: Ekskursiya xizmatining mazmun-mohiyatini tushuntirish; Ekskursiya xizmatining funksiyalari, xususiyatlari va ekskursiya xizmatini tasniflashni o‘rgatish; Ekskursiya rahbari - gidga qo‘yiladigan talablarni o‘rgatish; Ekskursiya xizmatini tayyorlash texnologiyasini o‘rgatish; Ekskursiya ob’ektlarini tanlash va baholash; Ekskursiya xizmati marshrutini tuzish va sinov ekskursiyasini o‘tkazish tartibini o‘rgatish; Ekskursiya xizmatida ob’ektlarni ko‘rsatish usullarini aniqlash; Ekskursiya xizmatida ob’ektlarni hikoya qilish usullarini aniqlash; Ekskursiya xizmatining tashkiliy masalalari; O‘zbekistonning tarixiy- arxitektura yodgorliklariga ekskursiya xizmatini tashkil qilishni o‘rgatish; O‘zbekistonning ekologik hududlariga ekskursiya xizmatini tashkil qilishni o‘rgatish; Turizmning maxsus turlariga ekskursiya xizmatini tashkil qilishni o‘rgatish; Ekskursiya xizmatida ekskursantlarning xavfsizligini ta’minlash; Ekskursiya xizmatida birinchi tibbiy yordamni ko‘rsatish qoidasini o‘rgatish. Download 31.85 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling