Mavzu: O’rta umumta’lim maktablarida tashkil qilinadigan ekskursiya turlari va ularni tashkil etish usullari
Ekskursiya xizmati pedagogik jarayon sifatida
Download 31.85 Kb.
|
. Abdurahmonov Muhammadyor Kurs ishi
1.4. Ekskursiya xizmati pedagogik jarayon sifatida
Gid faoliyatida pedagogika muhim o‘rinni egallaydi. Pedagogika – bu o‘sib kelayotgan avlodni o‘qitish, ta’lim va tarbiyalaning qonuniyatlari to‘g‘risidagi fandir. Har bir ekskursiya jarayoni insonga tabiat, jamiyat, tarixiy voqealar, tabiiy hodisalar haqida yangi bilimlarni beradi, ya’ni u ta’lim jarayonining bir qismidir. Gidning ekskursantlar bilan muloqoti, uning tavsiyalari, ko‘rsatmalari tarbiyaviy ta’sir ko‘rsatadi. O‘rganilayotgan ma’lumotlar ularning ongini ma’naviy va estetik boyitadi. Shunday qilib, ekskursiya xizmati pedagogik jarayonning bir qismi bo‘lib, insonga ta’lim, tarbiya beradi, dunyoqarashini shakllantiradi. Pedagogik ekskursiya jarayoni didaktik tamoyillarga asoslangan bo‘lib, ekskursantlar ta’limining mazmuni, tashkiliy masalalari va uslubini belgilaydi. Bularga ilmiylik, g‘oyaviylik, hayot bilan bog‘liqlik, tizimlilik, oddiylik, foydalilik va ishonuvchanlik tamoyillari kiradi. Ekskursiya xizmati madaniy-ta’limiy ishlarning shakli sifatida alohida ahamiyatga ega. Maktablarda ekskursiya dars va ma’ruza kabi umumta’limiy faoliyat turiga bo‘ysunadi. O‘quv jarayonida ekskursiya ta’lim shakli sifatida ushbu jarayonning boshqa shakllaridan ahamiyatiga ko‘ra farq qilmaydi, ammo nafaqat o‘quv maqsadlaridagi ekskursiya, balki boshqa ekskursiyalar ham o‘z vazifalari va ishtirokchilarga ta’siriga ko‘ra pedagogik jarayon hisoblanadi. Barcha pedagogik jarayonlarda bo‘lgani kabi ekskursiya xizmatida ham ikki tomon ishtirok etadi: o‘rgatuvchi-gid va o‘rganuvchi-ekskursant. Gid ma’lum bir mavzu bo‘yicha bilimlarni beradi, ekskursantlar esa uni qabul qilishadi. Ushbu ikki tomonning o‘zaro harakati pedagogik jarayonning asosi hisoblanadi. Ekskursantlar bilan o‘zaro munosabatda gid pedagogik ta’sir ko‘rsatish usullarini qo‘llaydi. Gid kasbiy malakasining tarkibiy qismini pedagogik mahorat, pedagogik san’at tashkil etadi. Gidning pedagogik mahoratiga quyidagilarni kiritish mumkin: mutaxassislik bo‘yicha yetarlicha bilim; tahlil qilish, obrazli fikrlash qobiliyati; ekskursant ruhiyatini tushunish; guruhni boshqara olish; pedagogik texnika sohasidan bilim va ko‘nikmaga ega bo‘lish; intuitsiya; ekskursant shaxsiyatini hurmat qilish; tarbiya maqsadida pedagogik vositalarni qo‘llay olish va sh.k. Gid ekskursiya jarayonida ekskursantlarni hamjihatlikda fikrlash, tahlil qilish, hamdardlik bildirish, qiziqishlari bo‘yicha birlashib, jamoaga aylanishini ta’minlashi kerak. Gid ekskursiya xizmatining nafaqat ta’limiy, balki tarbiyaviy jihatlariga ham e’tibor qaratishi lozim. U ekskursiya ma’lumotlarini shunday tanlashi va foydalanishi kerakki, ekskursantlarda vatanga bo‘lgan muhabbat, boshqa millatlar, ularning urf-odatiga nisbatan hurmat kabi xislatlar paydo bo‘lsin. Har bir ekskursiya xizmati o‘z vazifasiga ega. Tabiatshunoslik mavzusidagi ekskursiyalar tabiatga, hayvonot va o‘simliklar olamiga ehtiyotkorona munosabatni, san’atshunoslik mavzusidagi ekskursiya ekskursantlarni estetik dunyoqarashini, ishlab chiqarish mavzusidagi ekskursiyalar mehnatsevarlikni tarbiyalaydi. Ekskursiya xizmatidagi pedagogik jarayonning muhim qismi ekskursiya ma’lumotlarini tushuntirishdir. Ushbu jarayonda ekskursantlar ongida ko‘rgan va eshitganlarini taqqoslash, bir ob’ektni ikkinchisi bilan solishtirish, asosiy va qo‘shimchalarini ajratish, umumlashtirish, xulosalash kabilar ro‘y beradi. Pedagogik jarayon sifatida ekskursiya xizmatining yana bir vazifasi ekskursantlarda ob’ektlarni mustaqil kuzatishi uchun amaliy ko‘nikmalarni shakllantirishdir. Ekskursiya o‘zining ko‘rgazmaliligi, ob’ektni ko‘rsatishning turli usullari, hikoyaning turli shakllari bilan qatnashuvchilarni faollashtiradi. Gid pedagogik jarayonning davomi sifatida ekskursiya jarayoni yakunida ekskursantlar bilimini mustahkamlash maqsadida mustaqil shug‘ullanishlari uchun adabiyotlar ro‘yxati, kinofilmlar ro‘yxati, boshqa ekskursiyalar nomi kabilarni tavsiya etadi. Gidning pedagogik faoliyatida quyidagi bosqichlarni ajratish mumkin: Ekskursiya jarayoniga gid va guruhni tayyorlash; Ekskursiya xizmatini o‘tkazish; Ekskursiya xizmati ma’lumotlarini mustahkamlovchi ekskursiyadan keyingi ishlar. Gid pedagogika-psixologiya asoslaridan ham xabardor bo‘lsa maqsadga muvofiq bo‘ladi. Pedagogik-psixologiya ta’lim va tarbiyaning psixologik muammolarini o‘rganadi. Gid pedagogikaning asosiy talablarini o‘rganib, auditoriyaga bilimlarni yetkazishning samarali shakllarini, ta’lim va tarbiya vositalarini qo‘llaydi. Ta’lim va tarbiyaning pedagogik tamoyillari ekskursiya xizmatining negizini tashkil etadi. Gid faoliyatining bosh vazifasi ekskursantlarga o‘rgatish va tarbiyalash, shaxsiyatini, bilim va ishonchini shakllantirishga yordam berishdir. Tayanch so‘z va iboralar: «ekskursiya» tushunchasi, ekskursiya xizmati va uning vazifalari, ekskursant, ekskursiya xizmati muloqot shakli sifatida, bevosita va bilvosita muloqot, ekskursiya xizmati pedagogik jarayon sifatida, pedagogika, psixologiya, gidning pedagogik mahorati. Download 31.85 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling