Mavzu: oshqozonni zondlash texnikasi


Download 1.98 Mb.
Sana07.02.2023
Hajmi1.98 Mb.
#1175322
Bog'liq
Sobirjonov Javoxir


Toshkent Tibbiyot Akademiyasi
2-sonli davolash 110-A guruh talabasi Sobirjonov Javoxirning Tibbiyot Kasbiga Kirish fanidan yozgan Musyaqil ishi

MAVZU: OSHQOZONNI ZONDLASH TEXNIKASI

  • REJA:
  • 1. ZOND HAQIDA TUSHUNCHA
  • 2. OSHQOZONNI ZONDLASH UCHUN KO’RSATMALAR
  • 3. OSHQOZON ORQALI ZONDLASH TURLARI
  • 4.ZONDLASH BILAN BOG’LIQ ASORATLAR

Zond haqida tushuncha

  • Zond (frans. zonde — sezish asbobi) — odamning tabiiy yoki patologik kanallariga va gavda boʻshliklariga diagnostika hamda davolash maqsadida kiritiladigan tibbiy asbob. Poʻlat, kumush, rezina va boshqalardan yasaladi. Nima maqsadda qoʻllanishiga qarab meʼda zondi, duodenal zond; koʻz zondi, tish zondii, bachadon zondi, ichak zondi boʻladi. 

Oshqozonni zondlash uchun ko’rsatmalar

  • Surunkali gastrit , oshqozon yarasi va o’n ikki barmoq ichak yarasi , oshqozon-ichak trakti kasalliklari, oshqozon sekretsiyasini holatini bilish uchun qo’llaniladi.
  • Oshqozonning o’tkir kengayishi, ayniqsa operatsiyadan keyingi davrda , yuqori ichak tutilishi bilan bog’liq hollarda foydalaniladi.
  • Shuningdek, zond orqali bemorni sun’iy oziqlantirish va turli xildagi dori-darmonlarni kiritish mumkin bo’ladi .

Oshqozonni zondlash uchun qarshi ko’rsatmalar

  • Yurak –qon tomir tizimi kasalliklari, oshqozon saratoni , aorta anevrizmasi, qizilo’ngach saratoni, qizilo’ngach torayishi, qizilo’ngachning variko’z tomirlari, oshqozon va o’n ikki barmoq ichakdan qon ketishi, 3-haftagacha bo’lgan keskin nafas olish kasalliklari

Oshqozonni zondlash

Og’iz orqali zond kiritish

og’iz orqali zond kiritish

  • Zond ishlatishdan oldin uning uzunligi o’lchab olinadi. Oziq tishlardan to kindikkacha masofada o’lchanib belgi qo’yiladi.
  • So’ng steril vazelin yoki glitserin surtiladi.
  • Agar bemor xushida bo’lsa – yutish harakatlari saqlangan bo’lsa, undan zondni yutish iltimos qilinadi.Bir vaqtning o’zida qizilo’ngachga itarib kiritiladi yoki suv berilib va suv bilan yutish iltimos qilinadi.
  • Oshqozonni yuvishda og’izdan kiritiladigan yo’g’on zonddan foydalanialdi.

Zond oshqozonga tushganiga ishonch hosil qilish uchun epigastral sohaga fonendoskop qo’yib shprits orqali 50ml havo yuborib eshitiladi.

Og’iz orqali zond kiritish

  • Ba’zan og’ir holatlarda va oshqozon to’la bo’lganda zondlashni osonlashtirish uchun to’g’ri laringoskopiyadan foydalaniladi(ezofagoskopiya) Bunda zond qizilo’ngach orqali oshqozonga yuboriladi. Traxeyani intubatsiya qilish oshqozon shirasi bilan o’pka aspiratsiyasini oldini oladi.

Og’iz orqali zond kiritish

Olingan me’da shirasini lakmus qog’ozi bilan tekshiriladi, me’daning kislotali shirasi ta’sirida lakmus qog’ozi qizaradi.

Me’da shirasi ajrlashini reflektor yo’l bilan ta’minlash uchun bola me’dasiga 50-200ml (yoshga qarab) sinama nonushta ; iliq yog’siz go’sht sho’rvasi ; 7%li karam qaynatmasi ; kepak qaynatmasi kiritiladi.

Sinama nonushtadan keyin har 15 minutda 7 marta me’da shirasi olib darajalarga bo’lingan alohida –alohida idishlarga olinib analizga topshiriladi.

Oziqlantiruvchi zondlar

  • Ichaklarni zondlab enteral ovqatlantirishda ham foydalanish mumkin. Ba’zan zond (komatoz bemorlarda) traxeyaga ketib qolishi ham mumkin, bunda kuchli yo’tal kuzatilib , zondning qarama qarshi tomonidan nafas shovqini eshitiladi.

Oziqlantiruvchi zond

Burun orqali zondlash (nazogastral)

Nazogasrtal yo’l bilan zondlashda zond o’lchamlari

Oshqozon zondi natijasida kelib chiqadigan asoratlar

Agar oshqozon zondi burun katagida uzoq vaqt turib qolsa, yotoq yara yoki otitni keltirib chiqarishi mumkin. Shuning uchun har 2 kunda boshqa burun katagiga joylashtiriladi. Zond qo’yish vaqtida qizilo’ngach devorlari shikastlanishi , qonashi mumkin. Bu mtbiastinitga sabab bo’lishi mumkin. Nayning uzoq turishi esa burun nafasini va balg’am chiqarishning buzilishiga olib keladi.

Foydalanilgan adabiyotlar

1.Internet saytlari:

  • www.wikipedia.ru
  • milliytibbiyot.uz
  • 2.Tibbiyot kasbiga kirish (darslik)

E’tiboringiz uchun rahmat!


Download 1.98 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling