Mavzu; O'simliklar fiziologiyasining rivojlanish tarixi. Refarat kirish
I.BOB. 0 ‘SIMLIKLAR FIZIOLOGIYASINING QISQACHA TARIXI
Download 1.33 Mb.
|
REFARAT o\'simliklar fizalogiyasi
I.BOB. 0 ‘SIMLIKLAR FIZIOLOGIYASINING QISQACHA TARIXI
XVII-XVIII asrlar o‘simliklar fiziologiyasining shakllanish davri bo‘lib hisoblanadi. 0 ‘simliklar fiziologiyasining asoschisi J. Senebe hisoblanadi. U 1772-1782-yillarda D.Pristli va Ya. Ingenxauz bilan bir vaqtda fotosintez jarayonini ochdi. Keyinchalik, ya’ni 1780-yilda J. Senebe tomonidan besh tomlik «Physiologie vegetale» asarining e’lon qilinishi fiziologiyaning alohida fan sohasi ekanligining isboti bo‘ldi. J. Senebe « 0 ‘simliklar fiziologiyasi» terminini taklif etish bilan chegaralanib qolmasdan, bu fanning asosiy vazifalarini, predmeti va usullami aniqlab berdi. Ammo o‘simliklar fiziologiyasining ayrim masalalari awalroq o‘rganila boshlangan. Xususan, italiyalik biolog va shifokor M. Malpigining « 0 ‘simliklar anatomiyasi» (1675—1679) va ingliz botanigi va shifokori S. Geylsning « 0 ‘simliklar statistikasi» (1727) asarlarida o‘simliklar organ va to‘qimalarining tuzilishi bilan bir qatorda yuqoriga ko‘tariluvchi oqim va o'simliklaming havodan oziqlanishi haqidagi nazariyalar ham berilgan edi. Hozirgi vaqtda asosiy terminlardan bo‘lgan hujayra so‘zi (grekcha «sytos» birinchi bor 1665-yilda Robert Guk tomonidan po‘kakning mikroskopik tuzilishini o‘rganish davomida fanga kiritilgan. Ingliz botanigi S. Geyls o‘simliklarda ikki xil oqimning mavjudligini, ya’ni suv va ozuqa moddalarining pastdan yuqoriga va yuqoridan pastga qarab oqishini tasdiqladi. 0 ‘simliklarda suvni harakatga keltiruvchi kuch ildiz bosimi va transpiratsiya ekanligini isbotladi. Fotosintez haqida dastlab to‘g‘ri ma’lumotlami olimlar J. Senebe, J.Bussengo, Yu.Saks, A.Famintsin, K.Timiryazev, M.Svet va boshqalar keltirganlar. Ular fotosintezni uglerodli oziqlanish deb qaragan va bu jarayonda yutilgan karbonat angidrid va ajralib chiqqan kislorod miqdoriy aniqlangan. 0 ‘simliklaming nafas olishi A.Borodin, L.Paster, A.Bax, G.Bertran kabi olimlar tomonidan o‘rganilgan bo‘lsa, suv almashinuvi jarayoni G.Dyutroshe, G.De Friz va Yu. Sakslar tomonidan yaxshi o‘rganilgandir. 0‘simliklarning mineral oziqlanishi jarayoni Yu. Libix, J.Bussengo, G.Gelrigel, A.Knop, S.Vinogradskiy, M.Beyemik, D.Prya’nishnikov, moddalaming tashiluvi jarayoni V.Pfeffer, E.Votshal, o‘sish va rivojlanish Yu.Saks, O.Branetskiy, A.Batalin, N.Levakovskiy, G.Fexting, G.Klebs, moddaaming harakati T.Nayt, Ch.Darvin, Yu.Vizner, V.Rotert, qo‘zg‘aluvchanlik B.Sanderson, N.Levakovskiy, o‘simliklar chidamliligi fiziologiyasi D.Ivanovskiy, K.A.Timiryazev, G.Molish kabi olimlar tomonidan birinchi bo*lib, o‘rganilib asoslangan. Rossiyada 0‘simliklar fiziologiyasi XIX asming ikkinchi yarmidan rivojlnna boshladi. Unga A.S. Faminsin (1835-1918) va K.A. Tlmlryazev (1848-1920) asos soldilar. A.S. Faminsin (1867) Peterburg tmiversitotida mustaqil o4simliklar fiziologiyasi kafedrasini tashkil etdi. Uning asosiy ilmiy izlanishlari fotosintez va o‘simliklardagi modda almashinuv jarayonlarini o‘rganishga qaratilgan edi. 0 ‘simliklar fiziologiyasi sohasida Moskva maktabining tashkilotchisi K.A.Timiryazev bo‘ldi. U yangi fizik va kimyoviy usullarini qoMlash natijasida fotosintezning muhim qonuniyatlarini aniqlashga muvafFaq bo‘ldi, xlorofillning fizikaviy va kimyoviy xossalarini o‘rganishga katta hissa qo‘shdi. U fotosintezning yorugMik mlqdoriga, spcktral tarkibiga va quyosh yorug‘ligining energiyasiga Iи 11>| ckanligini tajribalar orqali isbotlab berdi. O'slmllklar okologik fiziologiyasiga asos solgan olimlardan biri N.A. Mukslmovdir. 0 ‘simliklarning noqulay muhit omillari ta’siriga, sovuqqa, qurg'oqchilikka chidamlilik fiziologiyasi, o'sish va rivojlanish, sun'iy yorug‘likda o‘sish kabi jarayonlaming nazariy asoslarini ishlab chiqdi. XX asming birinchi yarmidan o‘simlikIar fiziologiyasi yanada tezroq rivojlandi. . Murakkab fiziologik jarayonlaming biokimyoviy mexanizmlari o‘rganila boshlandi. Jumladan, fotosintez (M.S. Svet, R. Xill, M. Kalvin, R..Emerson, D.A. Amon, M.D. Xetch ya K.R. Slpk va boshqater) va o‘simliklaming nafas olishi (V.A. Palladrn, S.P. Kostichev, G.A. Krebs, G. Kalkar va V.A. Blitser, L. Komberg, P. Matchel.va boshqalar) kabi jarayonlar aniqroq yoritildi. 0 ‘simliklar fiziologiyasining rivojlanishida o‘simliklaming o‘sishi va rivojlan(shi jarayonlarini idora qiluvchi moddalar-fitogormonlarning ochilishi va o‘rganilishi juda katta yutuq boMdi. (N.G. Xolodniy va F. Vent, F. Kegel, M.X. Shaylaxyan, T. Yabuta, S. Skug, F. Eddikkot va boshqalar). 0 ‘zbekistonda o‘simliklar fiziologiyasi fanining rivojlanishini biz 1918-yil tashkil topgan Turkiston universiteti (hozirgi Mirzo Ulug‘bek nomidagi 0 ‘zbekiston Milliy universiteti) bilan bog*lab qarashimiz mumkin. Chunki 1920-yilda uning tarkibida, o‘simliklar fiziologiyasi va biokimyosi kafedrasi tashkil etilishidan boshlab jadal rivojlana boshladi. Ammo o‘simliklar fiziologiyasi fani o‘tgan asming ikkinchi yarmidan, ya’ni ushbu sohada o‘zbek olimlari paydo bo‘la boshlaganidan keyin jadal rivojlana boshladi. 1930-yilda Samarqand Davlat universiteti tashkil etilgandan so‘ng, hozirgi Botanika va o‘simliklar fiziologiyasi kafedrasida o‘simliklar fiziologiyasi fanining rivojlanishi yanada jadallashdi. Keyinchalik 0 ‘zR FA qoshida 0 ‘simliklar eksperimental biologiyasi (hozirgi Genetika va 0‘simliklar eksperimental biologiyasi) ilmiy-tadqiqot instituti tashkil etilganidan so‘ng o‘simliklar fiziologiyasi fani sohasida juda katta yutuqlarga erishildi. 0 ‘zbekiston Respublikasida fitofiziologiyaning rivojlanishiga ulkan hissa qo‘shgan olimlardan biz A.V. Blagoveshenskiy, N.D. Leonov, V.A. Novikov, A.P. Ibragimov, M.H. Avazxo‘jayev, V. Shardakov, N.A. Todorov, A.A. Imomaliyev, A.Q.Qosimov, R.A. Azimov, N.N. Nazirov va boshqalami ko‘rsatib o‘tishimiz mumkin. Ular birinchi navbatda mamlakatimizning asosiy texnik ekini g‘o‘za hamda boshqa bir qancha o‘simliklaming fiziologik-hayotiy jarayonlarini keng o‘rganib, nazariy va amaliy xulosalar qildilar. Bugungi kunga kelib akademiklar: A.A. Abdukarimov, O.J. Jalilov; q/x.f. akademiyasining muxbir a’zolari: X.K. Kimsanboyev, S.R. Rahmonqulov, H.S. Samiyev; professorlar: M.N. Valixonov, J.X. Xo‘jaev, K.S. Safarov, Sh.Y. Yunusxanov, A.Z. Zikiryayev, A.A. Umarov, R.Q. Shodmonov, R.M. Usmonov, A.A. Axmadjonov va boshqa olimlar o‘simliklar fiziologiyasi fani sohasida keng ko'lamda ilmiy izlanishlar olib bormoqdalar. Hozirgi vaqtda respublikamizning bir qator universitetlarida o‘simlikIar fiziologiyasi yoki unga turdosh kafedralar mavjuddir. Download 1.33 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling