Mavzu; O'simliklar fiziologiyasining rivojlanish tarixi. Refarat kirish


Download 1.33 Mb.
bet4/9
Sana26.01.2023
Hajmi1.33 Mb.
#1126448
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
REFARAT o\'simliklar fizalogiyasi

I.3-rasm . Biologik membranalarning molecular tuzilishi.
Membrana tarkibiga kiruvchi lipidlar 0‘rin almashish xususiyatiga egadir. Bu o‘rin almashishi ikki tipda ya’ni o'zining yakka qavati doirasida (literal diffuziya) va bir-biriga qarama-qarshi qavatlarda ikkita lipid molekulalarining o‘rin almashishi (flip-flop) tipida boiadi.
Yakka qavatdagi lipidlar diffuziyasida 1 soniya davomida millionlab lipidlar o‘rin almashishi mumkin. Bu hodisaning tezligi esa 5-10 mkm/s atrofida bo‘ladi. Biologik membranalarning vazifasi. Membranalar labil tuzilishga ega bo‘lganligi sababli har-xil vazifalarni: xususan, to‘siqlik, tashuvchi, osmotik, tuzilma, energetik, biosintetik, sekretorlik va boshqa vazifalarni bajaradi. Ammo membranalarning birlamchi vazifasi ichki muhitni tashqi muhitdan ajratib turish bo‘lgan.
Keyinchalik evolutsiya jarayoni mobaynida bir qancha hujayra ichki kompartmentlari vujudga kelganki, buning natijasida hujayra va organoidlar kichik hajmda kerakli fermentlar va metabolitlami ushlab turish, geterogen fizik-kimyoviy makromuhitni vujudga keltirish hamda membranalarning har xil tomonlarida turli reaksiyalarni (biokimyoviy), ayrim hollarda bir-biriga qarama-qarshi biokimyoviy jarayonlami amalga oshirish imkoniyati yuzaga kelgan.
Tirik hujayralar membranalari orqali ikki xil tashiluvni kuzatish mumkin. 1 .Moddalaming kimyoviy va elektrik gradiyent bo‘yicha passiv tashiluvi. I.3-rasm . Biologik membranalarning molecular tuzilishi. 14 2.Moddalaming elektrokimyoviy gradiyentga qarama-qarshi ravishda, energiya sarflanishi bilan boradigan faol tashiluvi.
Moddalaming passiv tashiluvi quyidagicha amalga oshiriladi: a) fosfolipidli qatlam orqali. Ushbu tashiluv modda lipidda erisagina amalga oshishi mumkin. b) lipidlar orasida vujudga kelishi mumkin bo'lgan g‘ovaklar orqali. d) lipoprotein tashuvchilaming faoliyati tufayli. e) lipoprotein komplekslar, xususan, natriyli, kalsiyli va boshqa komplekslar tufayli vujudga kelgan kanalchalar orqali. Qandlar, aminokislotalar va ayrim boshqa substratlar maxsus tashuvchilar Masalan, H+-ionlari yordamida (o‘simliklarda, bakteriyalarda, zamburugMarda) amalga oshishi mumkin.
Bunda moddalar simport bo‘yicha tashiladi, ya’ni o‘sha tarafga o'tayotgan ionlar bilan birgalikda tashiladi. Aytib o‘tish lozimki hayvon hujayralarida ushbu hoi Na+ ionlari bilan birgalikda ro‘y beradi.
Moddalar tashiluvining H+ va Na+ ionlari bilan birgalikda ro‘y berishida asosiy harakatlantiruvchi kuch bo‘lib moddalar gradiyenti emas, balki ionlar gradiyenti hisoblanadi. Shuningdek, qandlaming fosfor aralashgan va fosfor aialnslmmgan ko'rinishlarining faol tashiluvi ham mavjud.
Ionlarning elektrokimyoviy gradiyentga qarama-qarshi faol tashiluvi tashuvchi ATFazalar yordamida energiya sarflanishi bilan boradi. Ilozirgi vaqtda tashuvchi ATFazalaming K+-ATFaza, Na+-ATFaza, H+- ATFaza, Ca'-ATFaza va anionli ATFaza kabi xillari aniqlangan. Keyingi vaqtlarda adabiyotlarda ionlarning faol tashiluvida anorganik pirofosfatazalar (H+-PPaza) ham qatnashishi mumkin degan ma’lumotlar e’lon qilinmoqda.
Shuningdek, H+ ionlarining faol tashiluvida NADF, NADFH yoki boshqa oksidlanishi-qaytarilishi mumkin boMgan birikmalar tufayli ham bo‘lishi mumkin. Ionlarning (H+) ATF yoki NAD(F)H yordamida membranalar orqali tashiluvi proton pompasi (H+- pompasi yoki H+-nasosi) nomini olgan. Proton pompasi (H+-pompa) xuddi hayvon hujayralaridagi Na+ kabi bir qancha hujayra uchun o‘ta muhim bo‘lgan jarayonlarni amalga oshirishda, xususan, hujayra ichki pH muhitini boshqarishda membrana potensiaillarini vujudga keltirishda, energiyaning tashiluvi va yig‘ilishida, moddalaming membranalarda tashiluvida, ildizlaming mineral tuzlarni yutishida va boshqa jarayonlarda qatnashadi, 15 Ushbu H+-pompasining faollashishida h+-ionining elektrokimyoviy (Дцн+) potensiali ortadi. Bu ko‘payish uning elektrik (A1?) va kimyoviy (ApH) komponentlarining ko‘payishini o ‘z ichiga oladi, ya’ni: Дцн+= A^+ApH Ushbu ikkala komponent ham moddalaming almashinuvida qatnashishi mumkin.
Elektrik potensial bir qancha ionlarning (K+,Mg2+, Mn2+, Ca2+ va boshqalar) yutilishi uchun energetik asos bo‘lib xizmat qiladi. Proton potensiali esa hujayraga H+-ionlari simporti bilan boradigan anionlar, qandlar, aminokislotalaming hujayradagi tashiluvi hamda osmotik boshqariluvi uchun xizmat qiladi.
Membrananing tuzilma funksiyasi. Membranadagi poliferment komplekslaming ma’lum bir ' tartibda joylashishi tufayli katalitik markazlar bir-biri bilan yaqinlashadi. Buning natijasida poliferment komplekslar yuqori samaradorlikka ega bo‘ladi. Membranadagi bitta* ferment molekulasi o‘rtacha 20—30 molekula fosfolipid tutadi. Oqsillar atrofidagi lipidlaming doimiy harakati tufayli fermentning lipid «qobig‘ida» molekular teshikchalar vujudga keladi.
Agar lipid suyuq agregat holatida bo‘lsa, bu hoi ferment faoliyatiga ta’sir qilmaydi. Ammo lipidlaming anchagina qismi qattiqlashgan bo'lsa, bu oqsil fermentlarning yopishishiga olib kelib, ulaming funksiyasini buzilishiga olib keladi. Energiyaning to ‘planishi va tashiluvi. Bu membrananing eng asosiy vazifalaridan biri hisoblanadi. Yashil o‘simliklar xloroplastlari tomonidan qabul qilingan yorug'lik energiyasi aw alo NADH va ATF energiyasiga, oxir oqibatda esa qand, organik kislotalar, aminokislotalar kimyoviy bog'larining turg‘un energiyasiga aylanadi.
Ushbu birikmalaming sitoplazma va mitoxondriyalarda oksidlanishi natijasida hujayraning hayot faoliyati uchun zarur energiyalar ajraladi. P.Mitchelning (1961) xemoosmotik nazariyasiga ko‘ra mitoxondriyalar va xloroplastlardagi ATF sintezi jarayoni H+-ionlarining elektrokimyoviy membnrna potensiali vujudga kelishi bilan bogMiqdir. Bu esa H+-nasoslarining ishi tufayli bo‘ladi. Membrananing retseptorlik-regulatorlik (boshqaruvchilik) funksiyasi ham alohida ahamiyatga egadir.
Membranalarda oqsil tabiatli, kimyoviy va flzik omillarga o ‘ta sezuvchan xemo-, foto- va mexanoretseptorlar mavjud. Bu retseptorlar tashqi va ichki muhitdan keladigan signallami qabul qiladi va hujayrada moslashish reaksiyalarini vujudga kelishini ta’minlaydi. 16 Yadro. Irsiy belgilami saqlovchi organoid bu yadrodir. 0 ‘simlik hujayrasi yadrosining diametri 10 mkm atrofida bo‘lib, ikkita membrana (ichki va tashqi) bilan o'ralgandir. Ushbu membranalarda 10-20 nm 0‘lchamdagi teshikcha-kanalchalar bo‘lib ular orqali nukleoplazmaga oqsil va nuklein kislotalar tashiladi. K o‘rinishi dumaloq, oval va ipsimon boMishi mumkin.
O'simlik hujayrasida ko‘pincha bitta yadro uchraydi, biroq ko‘p yadroli hujayralar ham bor. Yosh hujayrada yadro markaxga yaqin boMadi. Yadro ikki qavatli membrana bilan o‘ralgan bo*lib iiikIji 1-6 dona yadrocha boMadi. Ymlro endoplazmatik to‘r yordamida boshqa organoidlaming mcmbnmnsi bilan bogMangan boMadi. Yadro maxsus-spesifik oqsillarni sinte/. qilish va irsiy belgilami avloddan-avlodga ko‘chirishda muhim rol o ‘ynaydi. Nukleoplazmada DNK, RNK va oqsillardan tashkil topgan xromatin ipchalari bor bo‘lib ular boMinayotgan hujayrada xromosomalarga aylanadi. Bu xi'omosomalarning soni har bir tur o‘simlik uchun bir xildir.
Meyoz va poliploidiya hollaridan boshqa barcha hollarda har bir tur hujayrasi yadrosidagi DNK miqdori doimiydir. 0 ‘simliklaming genomi hayvon hujayralari genomiga nisbatan ko‘p DNK tutishi bilan farqlanadi.
Nukleolazmada fermentlar, kofaktorlar mavjud bo‘lib, ular o‘z navbatida DNK molekulasining replikatsiyasi va transkripsiyasini amalga oshiradi. Yadrocha. U yadrochani tashkillashtiruvchi deb atalmish DNK molekulasining ma’lum bir uchastkalarida shakllanadi. Yadrochadagi DNK uchastkalarida rRNK sintezi ro‘y beradi.
Uning formasi va soni о aimlikning ma’lum bir turida doimiydir. Tarkibida 80% oqsil, 15—16% RNK bor. Yadrocha RNK moddasining taqsimlanishida ishtirok etadi. Shuningdek, oqsillar va ribosomaning sintezlanishi yadrocha faoliyatiga tubdan bog‘liq. Demak, yadrocha ham genetik informatsiya saqlovchi organoiddir. Umuman yadroda genetik informasiya saqlanadi va unda DNK replikasiyasi ro‘y beradi. Yadro sitoplazma bilan uzviy bogMiq ravishda genetik informasiyani amalga oshishida va hujayra hayotiy jarayonlarini nazorat qilib turadi.
Endoplazmatik retikulum (ER). Ular kanalcha, pufakcha sistemachalardan, konus va yarim shar shaklidagi tutashgan tanachalardan iborat bo’lgan, tutashgan to‘r sistemasini hosil qiladi.U juda keng tarqalgan membrana tuzilmasidir.
Ulaming yuzasi silliq yoki donador boMadi. Agarda ER yuzasida ribosomalar saqlasa ular donador, saqlamasa silliq ER deyiladi. Silliq ER membranasida asosan uglevodlar, lipidlar va terpenoidlar hosil bo‘lsa, donador membranalarda oqsil, fermentlar sintezlanadi.
Shuningdek, donador ER membranalarida membrana qismlari hamda fermentlar sintezlanib ular o‘z navbatida hujayra qobig4 i polisaxaridlarining sintezlanishida ham qatnashadi. ER membranalarining yuzasi boshqa organoidlar yuzasidan katta bo‘lib uning o‘zi hujayraning 16% hajmini egallaydi. Ulaming yuzasida ribosomalar joy lashib oqsillar sintezini ta’minlaydi (I.4-rasm).


Download 1.33 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling