Mavzu: O'simliklar karantinin o'rni va ahamiyati


O‘simliklar karantini to‘g‘risidagi qonunchilik


Download 38.73 Kb.
bet2/4
Sana23.04.2023
Hajmi38.73 Kb.
#1383615
1   2   3   4
Bog'liq
O\'simliklar karantinin o\'rni va ahamiyati

O‘simliklar karantini to‘g‘risidagi qonunchilik
O‘simliklar karantini to‘g‘risidagi qonunchilik ushbu Qonun va boshqa qonunchilik hujjatlaridan iboratdir.
Agar O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida O‘zbekiston Respublikasining o‘simliklar karantini to‘g‘risidagi qonunchiligida nazarda tutilganidan boshqacha qoidalar belgilangan bo‘lsa, xalqaro shartnoma qoidalari qo‘llaniladi.
(2-modda O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Asosiy tushunchalar
Oldingi tahrirga qarang.
Ushbu Qonunda quyidagi asosiy tushunchalar qo‘llaniladi:
zararli organizm — o‘simliklarning, hayvonlarning yoxud kasallik qo‘zg‘atuvchi agentlarning o‘simliklarga yoki o‘simlik mahsulotlariga zarar yetkazuvchi har qanday turi, xili yoki biotipi;
karantin ostidagi mahsulot — o‘simliklar karantini obyektlarini tashuvchilar bo‘lishi mumkin bo‘lgan o‘simliklar, ularning qismlari, ekish materiallari, qayta ishlash mahsuloti, boshqa mahsulot va yuklar;
karantin ruxsatnomasi — karantin ostidagi mahsulotni belgilangan tartibda O‘zbekiston Respublikasi hududiga olib kirishga yoki uning hududidan tranzit tarzida olib o‘tishga ruxsat berilganligini tasdiqlaydigan, O‘zbekiston Respublikasi O‘simliklar karantini va himoyasi agentligi tomonidan berilgan hujjat;
karantin cheklovlari — karantin ostidagi mahsulotni O‘zbekiston Respublikasi hududiga olib kirishni, O‘zbekiston Respublikasi hududidan olib chiqishni, tashishni va undan foydalanishni o‘simliklar karantini obyektlari tarqalishining oldini olish maqsadida muayyan muddatga cheklovchi fitosanitariya tadbirlari;
fitosanitariya sertifikati — karantin ostidagi mahsulotda o‘simliklar karantini obyektlari mavjud emasligini tasdiqlovchi xalqaro namunadagi hujjat;
fitosanitariya choralari — o‘simliklar karantini obyektlari kirib kelishining yoki tarqalishining oldini olishga yoxud tartibga solinadigan, karantin ostida bo‘lmagan zararli organizmlarning iqtisodiyotga ta’sir ko‘rsatishini cheklashga qaratilgan tartib-taomillar (ko‘zdan kechirish, tahlil qilish, nazorat qilish, kurashish, taqiq qo‘yish va boshqalar);

Download 38.73 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling