Мavzu: O‘simliklar rivojlanish biologiyasi fanining predmeti, maqsadi va vazifalari. O‘simliklar embriologiyasining tarixiy rivojlanishi


-rasm. Oʻsimliklar reproduktiv organlarining shakllanishi


Download 28.36 Kb.
bet2/3
Sana07.02.2023
Hajmi28.36 Kb.
#1173795
1   2   3
Bog'liq
1 -маьруза

1-rasm. Oʻsimliklar reproduktiv organlarining shakllanishi.

Shu sababli oʻsimlikning reproduksiya jarayonini oʻrganishda sitoembriologik tadqiqotlar keng qoʻllaniladi. Bu ikkala fan orasidagi uzviy aloqadorlikni quyidagi fanning tadqiqotlar oʻtkazish bosqichlari keltirilgan 1-rasmdagi chizmadan koʻrish mumkin.


Chizmadan koʻrinib turibdiki, oʻsimlikning koʻpayish jarayoni koʻp bosqichli murakkab jarayon boʻlib, uni oʻrganishga kompleks yondashib, jarayonni oʻrganishda sitoembriologik tadqiqotlardan tashqari oʻsimliklar sitoembriologiyasi, anatomiya va morfologiya, genetika, bioximiya, entomologiya, fitopatologiya, urugʻchilik, fitotsenologiya, oʻsimliklar fiziologiyasi, ekologiya, oʻrmonchilik va yaylovchilik kabi fanlardan olingan bilimlar ham talab qilinadi.
Oʻsimliklar sitoembriologiyasi fanidan olingan bilimlarimiz nafaqat bizning botanika sohasidagi bilimimizni oshiribgina qolmay, balki seleksiya va urugʻchilik sohasidagi ishlarini ilmiy asosda olib borish uchun zamin boʻladi.
Oʻsimliklar sitoembriologiyasi fanining ham bir qancha yoʻnalishlari bor. Bu yoʻnalishlar klassik sitoembriologiya, solishtirma sitoembriologiya, eksperimental sitoembriologiya va xususiy sitoembriologiyalardir.
1. Klassik sitoembriologiya ushbu fandagi eng oldin paydo boʻlgan yoʻnalish hisoblanadi. U oʻsimliklarda boradigan embriologik jarayonlarni kuzatish va qayd qilishga asoslangan. Bu yoʻnalishdagi ishlar XX asrning 30-40 yillarigacha boʻlgan tadqiqotlarning asosiy qismini tashkil qiladi.
2. Solishtirma sitoembriologiya turli sinflar, oilalar va turkumlar vakillari embriologiyasini qiyosiy jihatdan oʻrganib, u yoki bu belgining uchrashi, embriologik jarayonning borishi, undagi farqlar va oʻxshashliklarni aniqlaydi. Bu olingan maʼlumotlar oʻsimliklar sistematikasi va filogeniyasi uchun material boʻlib xizmat qiladi.
3. Eksperimental sitoembriologiya keyingi 30-40 yil mobaynida yuzaga kelgan yoʻnalishdir. U oʻsimliklar genetikasi va seleksiyasi fani bilan uzviy bogʻliq boʻlib, chang va urugʻchi tumshuqchasini hayotchangligini, murtakning hosil boʻlishida changlanish jarayonini davomiyligi, uzoq formalarni chatishtirish, chang va urugʻkurtakni sunʼiy ozuqa muhitida oʻstirish, gaploid toʻplamli oʻsimliklar olish kabi masalalarni oʻrganadi. Bu yoʻnalishda amalga oshirilayotgan tadqiqotlar va tajribalar kundan-kunga koʻpayib bormoqda.

Download 28.36 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling