Mavzu: Oʻsimliklarning xilma-xilligi
Download 258.64 Kb.
|
Dars ishlanma
- Bu sahifa navigatsiya:
- III. Yangi mavzuni bayon etish.
e) Kun yangiligi: (har bir dars avvalida navbat bilan bir oʻquvchi
kunning muhim yangiligi va xabarini oʻqib eshittiradi). II. Oʻtilgan mavzuni mustahkamlash, uyga berilgan vazifani tekshirib olish. a) Uyga berilgan vazifani tekshirish: (navbatchi oʻquvchi qolgan oʻquvchilardan Tabiiy fanlardan tutilgan vazifa daftarini oʻqituvchi stoliga yigʻib qoʻyadi. Oʻtilgan dars boʻyicha ogʻzaki qisqacha savol-javob oʻtkazib olinadi). III. Yangi mavzuni bayon etish. Bolajonlar, Atrofimizni o‘rab turgan tabiat jonli va jonsiz tarkibiy qismlardan iboratligi haqida bilamiz-a? Tabiatning jonli tarkibiy qismiga o‘simliklar kirishidan xabardormiz. Ular tabiiy sharoitga bog‘liq holda juda xilma-xildir. O‘simliklar deb, Quyosh nuri, havo, tuproq va suvdan o‘z hayoti uchun zarur moddalarni olib, tanasida to‘plash qobiliyatiga ega tirik organizmlar dunyosiga aytiladi. O‘simliklarning kelib chiqishi Yerda hayot paydo bo‘lishi va ilk rivojlanish davrlariga to‘g‘ri keladi. Bundan 3 mlrd. yil oldin dastlabki ko‘k-yashil suvo‘tlar paydo bo‘lgan. O‘simliklarning oziqlanish jarayonida atrof-muhitdan qattiq, gazsimon va suyuq moddalarni shimib olishga moslanishi natijasida ularning tanasi murakkablashib borgan. Shu tariqa o‘simliklar rivojlanib, hozirgidek turli-tuman ko‘rinishga ega bo‘ldi. Odamlarning va hayvonlarning hayotini o‘simliklarsiz tasavvur qilib bo‘lmaydi. O‘simliklar havodan zaharli gazlarni yutib hamma uchun zarur bo‘lgan kislorod chiqaradi. Shu yo‘l bilan yashil o‘simliklar havo tarkibining doimiyligini saqlab turadi. O‘simliklar inson uchun oziq-ovqat, kiyim-kechak, yoqilg‘i, qurilish materiallari va boshqalarni beradi. Ammo o‘simliklarni ko‘p miqdorda yig‘ib olish va oqilona foydalanmaslik ko‘plab o‘simlik turlarining yo‘qolib ketishiga olib keldi.
Yer yuzining ayrim joylarida juda kam yog‘in yog‘adi, yillik yog‘in
miqdori 200 mm.dan oshmaydi, oqar suvlar ham yo‘q. Bunday joylar qurg‘oqchil bo‘lib, o‘simliklar yaxshi rivojlanmaydi. Saksovul, yantoq kabi o‘simliklar qurg‘oqchil sharoitga moslashgan. Bu o‘simliklarning ildizi juda uzun bo‘lib, yerosti suvlaridan to‘yinadi. Cho‘llarda yantoq, shuvoq, tereskan, jung‘or gulsapsari, nashtarbarg, merendera, cho‘l yulg‘uni, sassiqqavron, saksovul, juzg‘un, quyonsuyak, oqtikan kabi o‘simliklar o‘sadi. Cho‘lning ayrim joylarida bahorda boychechak, lola va lolaqizg‘aldoqlar bilan qoplanib, chiroyli manzarani hosil qiladi. O‘t o‘simliklar bilan qalin qoplangan o‘rmonsiz tog‘ oldi qirlar va past tog‘larni adirlar tashkil etadi. Adirlar turli xil o‘simliklarga boy. O‘lkamiz adirlarida isiriq, sebarga, jumagul, qoqio‘t, yovvoyi sabzi, sachratqi, gulsapsar, qizilcha, omonqora, astragal, lolaqizg‘aldoq, tugmachagul, dalachoy, gazako‘t, qarg‘ajiyda, kavrak va boshqa o‘simliklar o‘sadi. Shuningdek, zirk, na’matak, do‘lana, turang‘il kabi butalar, chinor, terak, qayrag‘och kabi daraxtlar ham ko‘p uchraydi. Tog‘, adir, o‘rmon, yaylov va cho‘llarda, ya’ni tabiat bag‘rida o‘sadigan o‘simliklar tabiiy o‘simliklar deb ataladi. Odamlar tomonidan ekilib, parvarish qilinadigan o‘simliklar madaniy o‘simliklardir. O‘simliklarni o‘t, buta va daraxt turlariga bo‘lib o‘rganamiz. Daraxtlarning poyasi yog‘ochlangan, qattiq, bitta va yo‘g‘on bo‘ladi. Yo‘l chetlarida chinor, qarag‘ay, eman, zarang, terak, tol kabi daraxtlarni ko‘rish mumkin. Tog‘ yonbag‘irlarida archa, yong‘oq, do‘lana, yovvoyi olma, olcha, bodom kabi daraxtlar ko‘p o‘sadi. O‘rmonlarda daraxtlar zich bo‘lib o‘sadi. O‘rmonlar daraxtlar o‘sishi uchun issiqlik va namlik yetarli bo‘lgan joylarda hosil bo‘ladi. Download 258.64 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling