Mavzu: Oʻsimliklarning xilma-xilligi
IV. YANGI MAVZUNI MUSTAHKAMLASH
Download 258.64 Kb.
|
Dars ishlanma
- Bu sahifa navigatsiya:
- Otlar Butalar Daraxtlar
- VI. Uyga vazifa berish.
IV. YANGI MAVZUNI MUSTAHKAMLASH
Endi mavzuyimizga doir «Kim topagʻon» oʻyinini oʻynaymiz. Avvalo, sinf oʻquvchilari 3 ta jamoaga boʻlinadi va har bir qator (jamoa) birgalikda 3 ta varoq olib, bittasiga madaniy oʻtlar; ikkinchisiga madaniy butalar; uchinchisiga madaniy daraxtlarni ketma-ketlikda yozib chiqishadi. Buning uchun jamoalarga 3 daqiqa vaqt beriladi. Qaysi jamoa belgilangan vaqt mobaynida oʻsimliklarning har bir turiga toʻgʻri va koʻproq ma’lumotlar yoza olishsa, demak u jamoa gʻolib boʻlgan hisoblanadi va a’lo baholar bilan ragʻbatlantiriladi.
Soʻngra sinf jamoasi uchun 3 ta topishmoq aytiladi. Masalan, Qorday oppoq, Yungday yumshoq. (Paxta) Oʻzi ariq, Rangi sariq, Yuzi qizil, Boshi qiltiq. (Bugʻdoy) Uzun terak, Ichi kovak. (Qamish) Boʻyi bir qarich, Soqoli ikki qarich. (Makkajoʻxori) Taram sochli qiz nechasi, Suvda yotar kun-kechasi. Suvda yotib suvga tegmay, Oltmishida u sargʻaygay. Sakson kunda saboqdadir, Toʻqson kunda tovoqdadir. (Guruch) Bunda tezkorlik bilan birinchi boʻlib toʻgʻri javob bergan oʻquvchilar (agar avvalgi topshiriqda baho olmagan boʻlsa, a’lo baholar bilan ragʻbatlantiriladi) qoʻshimcha ragʻbatlantiriladi. Sinf ishidan soʻng «Oʻsimliklar dunyosi» haqida qisqacha video rolik taqdim etamiz. V. Oʻquvchilar bilimini baholash. Yuqorida berilgan vazifalar ijrosi va darsdagi savol-javobdagi faolliklariga koʻra bolajonlarni baho va ragʻbatlantirish orqali taqdirlaymiz. VI. Uyga vazifa berish. «Uy daftari»ga ushbu berilgan rasm misolida har bir oʻquvchi bittadan madaniy oʻsimlik haqida ma’lumotlar yozib kelish topshirigʻi beriladi SHU BILAN BUGUNGI 45 DAQIQALI DARSIMIZNI YAKUNLAYMIZ! Ko'rildi O'IBDO': _____ _________________________ Download 258.64 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling