Mavzu: Oʻsimliklarning xilma-xilligi
Download 258.64 Kb.
|
Dars ishlanma
- Bu sahifa navigatsiya:
- Rivojlantiruvchi
- Dars turi
Sana: 19.09.2022 Sinf: 2-sinf Mavzu: OʻSIMLIKLARNING XILMA-XILLIGI. Darsning maqsadlari: Ta’limiy:Oʻquvchilar Oʻzbekistonda va Yer yuzida oʻsadigan oʻsimliklar haqida qisqacha umumiy ma’lumotni bilib olishadi. Bevosita oʻzlarining uylarida va koʻchalarida oʻsayotgan oʻsimlik turlari haqida kuzatish asosida xulosa qiladilar. Oʻsimliklar tabiatning va hayotning asosi ekanligi, havo va hayot manbai (ozuqa) ekanligi haqida muhim bilimlarni oʻzlashtiradilar Tarbiyaviy: Har bir oʻsimlikning atrof-muhitga va inson hayotiga ijobiy ta’sirini, shuning uchun ularni asrab-avaylash va koʻpaytirish muhimligini bilib olishadi. Oʻsimliklarga ehtiyotkorona munosabatda boʻlish va ularni nobud qilmaslikka, aksincha alohida e’tibor va mehr, gʻamxoʻrlik koʻrsatib parvarish qilish lozimligini, natijada ulardan insonlar va tabiatga koʻplab manfaatlar boʻlishi haqida atroflicha ma’lumotlar oladilar. Rivojlantiruvchi: Oʻquvchilar qoʻshimcha manbaalar orqali ham oʻsimlik turlari haqida koʻplab ma’lumotlar olish orqali ularning xilmaxilligi va xususiyatlarini oʻrganadilar. Kundalik hayotlarida iste’mol qilinadigan oʻsimlik mevalarining qayerda va qay tarzda yetishtirilishi haqida ham tafakkur qilishga harakat qiladilar. Dars turi: yangi bilim beruvchi Dars usuli: Savol-javob, inter-faol va suhbat Dars jixozi: Oʻquvchilar uchun amaliy oʻsimliklar koʻrgazmasi: xona gullari, meva va sabzavotlar, maktab binosidagi ayrim oʻsimlik turlari misol tariqasida koʻrsatiladi, Yer yuzida oʻsadigan boshqa oʻsimliklarning suratlaridan koʻrsatiladi va oʻsimliklar dunyosi haqida videorolik qoʻyib beriladi. Download 258.64 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling