Mavzu: Oʻsimliklarning xilma-xilligi
Download 258.64 Kb.
|
Dars ishlanma
Darsning borishi
I. Tashkiliy qism. a) Salomlashish: Assalomu alaykum, aziz bolajonlar! Hamma sogʻ-omonmi?! O’quvchilar bilan salomlashaman: Bugun oddiy dars emas, Balki sinov darsidir. O’tib olsak sinovdan, Bu hammaga yaxshidir. Qani ayting bolalar Kim navbatchi bo’ladi? Bugungi kun hisobin Menga aytib beradi? Navbatchi o’quvchi hisoboti: Sinfda men navbatchi Ustozimga yordamchi Sof tutaman xonani Hamda yozuv taxtani. Ustozim siz shod bo’ling Bugun hamma shu yerda Darsingizni miriqib eshitish umidida. b) Davomatni aniqlash (davomat har bir dars boshlanishidan oldin olinadi, chunki qaysi bir oʻquvchi kechikib kelgan boʻlishi yoki biror sabab bilan darsdan ketgan boʻlish ehtimoli mavjud): Bugungi Tabiiy fanlar darsiga hammamiz tayyormizmi? Bugungi sinf navbatchisi hisobotini tinglaymiz, boʻlmasa: (Navbatchi oʻquvchi hisoboti tinglanadi). c) Tozalikni tekshirish (tozalikni tekshirish 1-soatdan keyin u qadar muhim emas. Har kuni 1-darsdayoq tekshirib olinadi): Barchamiz pokiza tanamizga ozoda va tekis, chiroyli liboslarimizni kiyib olganimizni tekshirib olamiz! Qoʻllarimiz va yuzlarimizdan nur yogʻiladi-ya! Demak, barcha bolajonlar tongda turib, yuz-qoʻllarini yaxshilab yuvishibdi, tishlarini tozalashibdi, tirnoqlarini olishibdi! Bu judayam yaxshi! Demak, barchamiz dars tinglashga tayyormiz! d) Ma’naviyat daqiqasi (nazarimda, ma’naviyat daqiqasida mavzuga doir biror bir qisqaroq she’r, qoʻshiq yoki maqol, matal, masal yoki topishmoq bilan boshlanishi darsga bolajonlar diqqatini oshiradi deb, hisoblayman): Sogʻlom tanda – sogʻ aql, Bor bizda shunday naql. Pokiza libos, taom, Boʻlsin muloyim kalom. Shunda koʻp olib bilim, Boʻlamiz yetuk olim! Yer yuzi yashil gilam, Tabiat uyi shinam. Har bahor yangilanib, Bezanar butun olam. Hamid Ikrom Download 258.64 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling