Mavzu: O’smirlar psixologiyasi. Tarbiyasi qiyin o’smirlar bilan ishlash Reja: kirish


I. 2. O’smirlardagi psixologik o’zgarishlar


Download 98.02 Kb.
bet3/5
Sana18.06.2023
Hajmi98.02 Kb.
#1597110
1   2   3   4   5
Bog'liq
Psixologiya-Mustaqil-ish

I. 2. O’smirlardagi psixologik o’zgarishlar
Fiziologik o'zgarish jinsiy yetilishning boshlanishi va bu bilan bog’liq ravishda tanadagi barcha a’zolarning mukammal rivojlanishi va o'sishi, hujayra va organizm tuzilmalarining qaytadan shakllana boshlashida namoyon boladi. Organizmdagi o'zgarishlar bevosita o'smir endokrin sistemasining o'zgarishlari bilan bog'liqdir. Bu davrda ichki sekretsiya bezlaridan biri gipofiz bezining funksiyasi faollashadi. Uning faoliyati organizm to'qimalarining o'sishi va muhim ichki sekretsiya bezlarining (qalqonsimon bez, buyrak usti bezi va jinsiy bezlar) ishlashini kuchaytiradi.Natijada bo'y o'sishi tezlashadi, jinsiy balog'atga yetish (jinsiy organlarning rivojlanishi, ikkilamchi jinsiy bezlarning paydo bolishi) amalga oshadi. Ko'krak qafasi ham gavdaning bo'y o'sishiga nisbatan sekin rivojlanadi. Buning natijasida ayrim o'smirlarning yelkasi, ko'kragi tor bolib qoladi, bu esa o'z navbatida kislorod yetishmasligiga, nafas qisishiga olib keladi. Kislorod yetishmasligi natijasida ruhiy faoliyatga putur yetadi. Bu davrda yurak kengayishi bilan qon tomirlari ham yo’g‘onlashadi. Qon aylanish sistemasining qayta qurilishi, vegetativ nerv sistemasidagi barqarorlik qon aylanishini buzadi va o’smirda ba’zi qon bosimining ortishi ro’y beradi. Bu davrda ayniqsa jinsiy bezlar faoliyati kuchayadi. O’smirda ro’y beradigan biologik-jismoniy o’zgarish natijasida uning psixik dunyosida tub burilish nuqtasi vujudga keladi. O’smirlik yoshida ularning xulq-atvoriga xos bo’lgan alohida xususiyatlarni jinsiy yetilishning boshlanishi bilan izohlab bolmaydi. Jinsiy yetilish o’smir xulq-atvoriga asosiy biologik omil sifatida ta’sir ko’rsatib bu ta’sir bevosita emas, balki ko’proq bilvositadir. O’smirlar o’zlarini kattalardek tutishga harakat qiladilar. O’smirlik yoshiga xos bo’lgan psixologik xususiyatlarni o’rgana turib, o’smirlar shaxsining shakllanib, rivojlanib kamolga yetish yo’llarini va unga ta’sir etadigan biologik va ijtimoiy omillarni bevosita ta’sirini hamda ahamiyatini tushunishimiz mumkin. Bu davrda o’smir baxtli bolalik bilan xayrlashgan lekin, kattalar hayotida xali o’z o’rnini topa olmagan murakkab holatda bo’ladi. Shuning uchun ham, o’smirlik davri “O’tish davri”, “Inqiroz davri” (krizis), “Qaltis davr”, “Qiyin davr”, “Balog`at davri” kabi nomlarni olgan psixologik ko’rinishlar bilan xarakterlanadi. O’smirlik darida kattalarga nisbatan agressiv munosabatning paydo bo’lishi, negativizm singari noxush xulq-atvor alomatlari o’z–o’zidan kelib chiqadigan bevosita jinsiy yetishlish tufayli paydo bo’ladigan belgilar bo’libgina qolmay, balki ularga bilvosita ta’sir ko’rsatadigan o’smir yashaydigan ijtimoiy shart–sharoitlar vositasi orqali: uning tengdoshlari, jamoadagi mavqei, kattalar bilan munosabati, maktab va oilasidagi o’rni sababli yuzaga keladigan xarakter belgilaridir. O’smirlik davrida yetakchi faoliyat – bu o’qish, muloqot hamda mehnat faoliyatidir. O’smirlik davri muloqotining asosiy vazifasi bu do’stlik, o’rtoqlikdagi elementar normalarni aniqlash va egallashdir. O’smirlar muloqotining asosiy xususiyati shundan iboratki u to’la o’rtoqlik kodeksiga bo’ysunadi. O’smirlik insonni balog‘atga yetish davri bo’lib, o’ziga xos xususiyati bilan kamolotning boshqa pog‘onalaridan keskin farq qiladi. O’smirda ro’y beradigan biologik o’zgarishlar natijasida uning psixik dunyosida tub burilish nuqtasi vujudga keladi. Balog‘at davriga 11-15 yoshli qizlar va o’g‘il bolalar kiradilar. E.Shprangerning izdoshlaridan biri V.Shtern o’smirlik yoshini shaxs shakllanishining asosiy bosqichlaridan biri deb qaraydi. V.Shtern «Do’stingni ko’rsatsang, kimligingni aytaman» degan naqlga «Hayotingdagi eng qimmatli kechinmangni ayt, men sening kimligingni aytaman» degan ma’no berib, uni izohlashga harakat qiladi. Chunki o’smir hayotining mazmunini tashkil etuvchi kechinmalar ta’sirida uning shaxsi shakllanadi. qimmatga ega kechinmalar esa uning shaxsini tiplarga ajratishga yordam beradi. Shu tariqa V.Shtern oltita tipni ajratadi:
a) nazariy tip-shaxsning barcha intilishlari borliqni anglashga qaratiladi;
b) estetik tip-bunday shaxs uchun ob’ektiv borliqni anglash yot bo’lib, u individual tanlanganlikka ega;
v) iqtisodchi tip-bunday shaxsning sa’y-harakatlaridagi shoiri ko’proq foyda (natija)ga qaratilgan bo’ladi;
g) ijtimoiy tip-hayotining mazmunini muxabbat, muomila va o’zgalar uchun yashash tashkil etadi;
d) siyosiy tip-bundaylar uchun mansabga intilish, ta’sir o’tkazish va buyruq berish xosdir;
y) diniy tip-har qanday voqeani ham hayotning va dunyoning mohiyati bilan xaspo’shlashga urinadi [1].
V.Shternning fikricha, o’tish davri nafaqat ideal va intilishlar, hislar hamda fikrlarning yo’nalganligi, balki harakatlarning o’ziga xos siymosi (obrazi) hamdir. U buni bolalikning o’yinlari bilan kattalikning mas’uliyatli faoliyati oralig‘idagi holat deb atab, unga «jiddiy o’yinlar» deb nom beradi. Jiddiy o’yinlar o’smirning maqsad qo’yishiga, turli qiziqishlarga o’z munosabatini bildirishi va qiyosiy taxlil qilishidagi ikkilanishlarini bartaraf etishida hamda uni irodasining mustahkamlanishiga imkon berishini ta’kidlaydi. Shunday qilib, o’smirlik yoshining klassik tadqiqot davri XX asrning boshlarida bolalar psixologiyasining mustaqil fan sifatida rivojlanish bosqichiga to’g‘ri kelib, eng qiyin psixologik yosh deb tan olindi va o’smir shaxsi rivojlanishidagi har qanday o’zgarishlar tadqiqotchilar tomonidan jinsiy yetilish jarayoni bilan bog‘lab tushuntiriladi [8].
Shaxsning axloqiy jihatdan intensiv tarkib topishi, xatti-harakatlarining axloqiy etnik nomalarini o’zlashtirish o’smirlik yoshining muhim psixologik xarakteristikalaridandir. O’smirlik yoshida faqat jismoniy taraqqiyot yuzaga kelmay, balki bolaning shaxsi ham sezilarli rivojlanadi. Bola shaxsining rivojlanishi tevarak-atrofdagi voqelikning ta’siri ortida maktabdagi, ta’lim tarbiya protsessining ta’sirida, kolektiv va tarbiyachilarning g‘oyaviy raxbarligi ostida amalga oshadi. O’smirlik yoshi xatti-harakatlarida suyana boshlaydigan dunyoqarashlarning, ma’naviy e’tiqod, prinsip qoida, idealarining, baholash mulohazalari sistemasining tarkib topishi davridir. Agar kichik maktab yoshidalik davrida u yoki kattalarning, ya’ni o’qituvchilar va ota-onalarning bevosita ko’rsatmalari bilan, yoki o’zining tasodifiy va impulsiv istaklari ta’siri bilan harakat qilgan bo’lsa, endilikda uning uchun o’z xatti-harakatlarining prinsipi, o’zining qarashlari va e’tiqodlari asosiy ahamiyat kasb etadi. O’qituvchi va tarbiyachi shuni nazarda tutishi lozimki, xuddi ana shu yoshda axloqiy ong taraqqiyotiga zamin qo’yiladi. O’smir turli narsalarni mutlaqo aniq differensiallaydi. Agar tanaffus paytida o’ynab turib stulni sindirib qo’ysa va uni ustaxonada tuzatish lozim bo’lsa, bu jazo emas. Agar o’zining iflos qilgan joyini supurishga majbur qilinsa bu ham jazo emas. Bularning mantiqi o’smir uchun ravshan: bu jazolash emas, balki xati-harakatlarining natijalarini tuzatishdir.
Psixolglar o’z oldilariga o’smirlar ma’naviy ongining mazmunini, ularning axloqiy tushunchalari va tasavvurlarini o’rganish vazifasini qo’yganlar. Tadqiqotlar umuman o’smirlar ma’naviy ongining yuksak darajada ekanligini ko’rsatadi. O’smirlarning ko’pchilik qismi yoshlarga munosib ma’naviy tushunchalarni to’g‘ri tushunadilar. Bir necha misollar keltiramiz. qat’iylik-»bu, odam eng qiyin ishlarni amalga oshirishga kirishganda, uning hech qanday muvaffaqiyatsizlikdan qo’rqmay ishni oxirigacha olib borishida ko’rinadigan xususiyatdir» (12yosh) «Qat`iylik yaxshi odamda ham rivojlanadi, ammo yomon odamda yomon ishlarga, yaxshi odamda esa yaxshi ishlarga xizmat qiladi.» (12yosh) o’smirlik yoshining oxiriga kelib chuqur anglashlik darajasi, albatta, sezilarli o’sadi. «Kamtarlik-bu, o’ziga oqilona baho bera bilish, o’z-o’ziga va xatti-harakatlariga nisbatan tanqidiy munosabatda bo’lishdir.» E’tiqod va dunyoqarashning tarkib topishi bilan chambarchas bog‘langan holda o’smirlarning axloqiy ideallari ham yuzaga kela boshlaydi. Bu ideallar etarli darajada chuqur, mazmundor, faoldir va bu ideallar o’ziga xos axloqiy etalon bo’lib xizmat qiladi, o’smir esa o’z xatti-harakatlarini ana shu etalon bilan tenglashtiradi. Kichik yoshdagi o’smirlar uchun odatda qandaydir konkret bir kishi ideal bo’ladi bu odam o’smir yuksak darajada baholaydigan sifatlarni o’zida gavdalantirgan bo’ladi. Ko’pgina bunday ideal ota-onalar, o’qituvchilar yoki yaxshi ko’radigan kitobidagi va kinofilmidagi qaxramonlardir. Katta yoshdagi o’smirlarda ideal sifatida majmui bo’lmish umumlashgan obrazlar ideallar sifatida yuzaga chiqa boshlaydi.
O’smirlik davrida yetakchi faoliyat shaxsiy intim muloqotdir. O’smirlik davrida yetakchi faoliyat — bu o’qish, muloqot hamda mehnat faoliyatidir. O’smirlik davri muloqotining asosiy vazifasi — bu do’stlik, o’rtoqlikdagi elementar normalarini aniqlash va egallashdir. O’smirlar muloqotining asosiy xususiyati shundan iboratki, u tola o’rtoqlik kodeksiga bo’ysunadi. O’smirlarni o’z tengdoshlari bilan muloqotda bolishi g‘oyat katta ahamiyatga egadir O’smir bolaga uning istaklarini tushunadigan va ularni amalga oshirishga yordam beradigan do’st kerak. O’smirning do’stlari bilan muloqoti ham o’ziga xos xususiyatlarga ega. Tengdosh bolalar bilan prinsipial tenglik holatidagi munosabatlar muhitiga nisbatan o’smirda alohida qiziqish boladi. Bu hoi o’smirda yuzaga keladigan shaxsiy kattalik hissining etik mazmuniga mos keladi. Kattalar bilan muloqotda bolish tengdoshlari bilan bolgan muloqotning o’rnini bosa olmaydi. O’smir uchun tengdoshlari bilan bolgan muloqot u mustaqil harakat qiladigan o’zining shaxsiy munosabatlari muhitiga ajraladi.U bunga haqqim bor, deb o’ylaydi, o’z huquqlarini himoya qiladi va aynan shuning uchun ham o’rtoqlari bilan bolgan munosabatga kattalarning o’rinsiz, qo’pol aralashuvi o’smirning xafagarchiligiga va noroziligiga olib keladi. O’smirda tengdoshlar bilan muloqot qilish va hamkorlikdagi faoliyatga intilish yaqqol namoyon boladi. Jamoa hayoti bilan yashash, yaqin o’rtoqlar, do’stga ega bolish xohishi — do’stlar tomonidan qabul qilingan, tan olingan, hurmat qilingan bolishdek kuchli xohishdir. Bu o’smirning muhim talabiga aylanib boradi. Do’stlik me’yorlarini egallash bolaning o’smirlikdagi muhim yutug‘idir. Agarda u bunday do’stni qarindoshlari va pedagoglari orasidan topa olmasa, unday paytda u o’z qiziqishlari va intilishlarini qo’llab-quvvatlaydigan hamda undagi kamchiliklarni nimalar bilandir toldira oladigan odamni begona katta kishilar yoki o’z tengqurlari orasidan albatta topadi.o’z tengdoshlari bilan tenglik asosida qilingan munosabat asosida o’smir alohida bir ijtimoiy munosabatlar maktabini o’taydi. Ayrim o’quvchilarning(ayniqsa o’qishda o’rqada qoladigan va ≪tarbiyasi qiyin≫ bo’lgan o’quvchilarning) sinf jamoasidagi shaxslararo munosabatlar tizimidan≪tushib qolishlariga≫ yo’l qo’ymaydilar. O’smirlik davrida kattalardan masofa saqlash va begonalashish ro’y beradi. Haqiqatan ham o’zini kattalarga qarshi qo’yish,mustaqil subyekt sifatida o’zinikini, o’z fikrini ajratish yaqqol namoyon boladi. O’smirning kattalarga munosabati murakkabdir. O’smir bir tomondan kattalar bilan huquqlardan teng ekanligini prinsipial jihatdan talab qiladi, ikkinchi tomondan kattalaming yordamiga, qo’llab-quvvatlashiga, himoyasiga, bahosigaehtiyoj sezadi. Kattalar o’smir uchun muhim, o’smirda ham kattalarga nisbatan empatiya kuchli, lekin amalda nazoratning ≪bolalarcha≫ shakli saqlanib qolganligiga, haddan tashqari g’amxo’rlik qilishlariga qarshi chiqadi. Ota-onalar bilan o’zaro munosabatlardagi muammolar,o’qituvchilar bilan nizolashishlar — o’smirlik davri uchun odatiy hoi bo’lsa-da, bunday holatlarning namoyon bolish tezligi kattalarning unga bolgan munosabatiga, oilaviy tarbiya uslubiga,o’smir xulq-atvoriga nisbatan hurmat bilan munosabatda bolish ko’nikmasiga bog’liq. O’smir va kattalar orasida qulay munosabatlarni o’rnatishning zaruriy sharti kattalarning tashabbusi bilan ular hayotida umumiylikni yaratish, hamkorlik sohalarini kengaytirish, mazmunli aloqalarni amalga oshirish, o’zaro yordam va ishonch muhitini yaratishdan iborat. O’smirlar kattalarning ularga bildiradigan ishonchlariga kata ehtiyoj sezadilar. Kattalarning o’smir yoshdagilarga ta’sir ko’rsatishi,tarbiya berishi uchun eng qulay sharoit — bu umumiy mehnat bilan shug‘ullanishdir. Agar kichik yoshdagi bolalar yordamchi bo’lish rollaridan qoniqsalar, o’smirlar, ayniqsa katta o’smirlar kattalar bilan teng ravishda faoliyat ko’rsatayotganlaridan, lozim bo’lganda ularning o’rnilariga ham ishlay olishlaridan qoniqadilar.Kattalar o’smirlar bilan do’stona, uni tola tushungan holda va aql bilan rahbarlik qilsalar, bunga o’smirlar ijobiy qaraydilar,lekin bu rahbarlik kattaning xohish-istagi ustunligida kechsa, unday holda ular tola qarshilik ko’rsatadilar. Bu qarshilik ko’pincha salbiy natijalarga, ba’zan depressiya holatini ham yuzaga keltirishi mumkin. Bu holat ko’pincha ota-onasi avtoritar munosabatda bo’luvchi o’smirlarning oilalarida uchraydi. Bunday oilalarda tarbiyalanayotgan o’smirlar hayotda mustaqil holda harakat qilish- lari, o’z rejalarini amalga oshirishlari, qiyin mas’uliyatni o’z zimmalariga olishlari birmuncha qiyin kechadi.Ular ko’pincha intellektual xarakterdagi muammolarni ham qiyinchilik bilan yengadilar. O’smirlik davrida bolalarning atrofdagi odamlar bilan shaxsiy va ish yuzasidan bo’ladigan munosabatlaridagi mavqei o'zgaradi. Endi o’smirlar o’yin hamda damga kamroq vaqtlarini ajratgan holda ko’proq jiddiy ishlar bilan shug‘ullana boshlaydilar va ularda bilish jarayonlari jadal rivojlana boshlaydi [2].

Download 98.02 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling