Mavzu: O’smirlar psixologiyasi. Tarbiyasi qiyin o’smirlar bilan ishlash Reja: kirish


II. BO’LIM. TARBIYASI QIYIN O’SMIRLAR HAQIDA


Download 98.02 Kb.
bet4/5
Sana18.06.2023
Hajmi98.02 Kb.
#1597110
1   2   3   4   5
Bog'liq
Psixologiya-Mustaqil-ish

II. BO’LIM. TARBIYASI QIYIN O’SMIRLAR HAQIDA
II. 1. Tarbiyasi og’ir o’smirlar haqida
Tarbiyasi ogir o‘smirlar jismoniy jihatdan sog‘lom bo‘lsalar- da, ularning ta’lim-tarbiyasi buzilgan bo‘ladi. Ular o‘z tengdoshlaridan o‘qishda ortda qoladilar, chunki ularda xotira, tafakkur va tasavvur hislari yetarlicha yaxshi rivojlanmagan.
Garchi ular o‘zlari uchun qiziqarli narsani bajarishsa ham. mehnat qilishni yoqtirishmaydi, o‘zlarini biror ishni bajarishga majbur qila olmaydilar, muntazam shug‘ullanish ular uchun nihoyatda og‘ir yumush bo‘lishi mumkin. Tarbiyasi og‘ir o‘smirlar maktab intizomi va tartibini buzishadi, o‘qishni xohlashmaydi, o‘qituvchilar, tengdoshlar, ota-ona bilan nizolashadilar, maktabni tashlab ketadilar, o‘zlarini “omadsiz" deb bilishadi, daydilik qilishadi, spirtli ichimlik va giyohvand moddalar iste’mol qilishadi, huquqbuzarliklar sodir etishadi. Ba’zan o‘smirlar jismoniy yoki jinsiy zo‘rlik oqibatida o‘z jonlariga qasd qilishadi.
O‘smirlarning pedagogik jihatdan tarbiyalanmaganliklari ijtimoiy pedagogik qodisa bo‘lib, oilaviy va maktab tarbiyasining kamchiligi, maktabdan tashqari tarbiya ishning qoniqarsiz yo‘lga qo‘yilganligi natijasidir. Amaliyotda isbotlanganidek, atrof-muhitning ijtimoiy pedagogik darajasi, yo‘nalishlari o‘smirga ta’sir qilish jihatidan turlicha bo‘ladi. Oila, maktab, maktabdan tashqari ta’lim muassasalarda bola tarbiyasiga ta’sir etuvchi omillar nazorat qilinsa-da, ko‘cha-ko‘yda ularni boshqarish ancha murakkab bo‘ladi. Bu tarbiya jarayonida aks etmasligi mumkin emas. Chunki o‘smirlar bo‘sh vaqtlarining aksariyatini aynan ko‘chada o‘tkazishadi. U yerda ularda muloqot, ya’ni eng muhim ijtimoiy ehtiyojlardan biri shakllanadi. O‘quvchilar uchun asosiy faoliyat o‘qishdir. Biroq tarbiyasi og‘ir o‘smirlar uchun o‘qish o‘qituvchilar va tengqurlarining hurmatini qozona olish vositasi emas. Shuning uchun ular o‘zlariga muhim bo‘lgan faoliyatni maktabdan tashqarida izlashadi. Aynan shu yerda, o‘zi kabi o‘smirlar davrasida, ularga yomon xislatlar va qo‘polliklari uchun tanbeh berishmaydi, aksincha, bu kamchiliklarni "‘kattalik alomati” deb bilishadi [9].
Biroq, hozirgi kunda, bolalar bilan birgalikda ijtimoiy ish olib borish amaliyoti maktabda, yashash joylarida va mahallalarda paydo bo‘lmoqda. Bu faoliyat tuman, mahalla hamda maktabda ta’lim-tarbiya ishlarini alib borishning yagona rejasi bo‘yicha barcha ijtimoiy xizmatlarni bolalar tarbiyasi va himoyasi muammosini yechish uchun birlashtiradi. Yagona reja bo‘yicha ish yuritish maktab pedagogik jamoasining faoliyatini tubdan o‘zgartiradi. Pedagoglar maktabdan tashqari bolalar muassasasi, sinf rahbarlari, guruhtarbiyachilari faoliyatiga qo‘shilishadi va ular bilan yaqin hamkorlikda ish olib boradilar.
Bu faoliyatda asosiy e’tibor bolaga qaratiladi, shuning uchun ham pedagoglar jamoasi faoliyati maktab devorlari ichida qolib ketmaydi. Ular bolaga, oilasiga, bolalar birlashmalariga va tengdoshlar muhitiga murojaat qilishadi.
Tarbiyasi og‘ir bolalar bilan ishlashda ijtimoiy pedagog maktab va maktabdan tashqari jamoaning ular xulq-atvoriga ta’sirini o‘rganadi. Ijtimoiy pedagog bunday bolalar bilan ish olib borishda yaxshi natijalarga erishish uchun bir qator shartlarni bajarishi lozim:

  • o‘smir bilan aloqa o‘rnatish;

      • o‘smir bilan o‘zaro yaxshi munosabatlarni o‘rnatish;

      • uning reaksiyasi, fikri, intilishlari, qiziqishlari, kelajakdagi rejalarini

o‘rganish.
Bu borada psixolog A. B. Filonov tomonidan ishlab chiqilgan pedagogik texnologiya xdm samarali hisoblanadi. Unda ijtimoiy pedagognnng o‘smir bilan aloqasining bir nechta bosqichlari ko‘rsatilgan:

  • qarashlarida mamnunliklarningto‘planishi;

  • uning qiziqishlarini bilib olish;

  • xarakteridagi salbiy xususiyatlarning sabablarini tushunish;

  • uning shaxsiyatidagi salbiy xislatlarini o‘rganish;

  • yurish-turish va o‘zaro munosabatningumumiy me’yorlarini ishlabchiqish.

Yu.V.Vasilkova tarbiyasi og‘ir o‘smirning tarbiyasiga bosqichma-bosqich yondashuvni ilgari suradi:
Birinchi bosqich: o‘smir va uning atrofidagilar bilan yaxshi munosabatlarni o‘rnatish.
Ikkinchi bosqich: o‘smirning shaxsiy ish jildi bilan tanishib chiqish.
Uchinchi bosqich: o‘smirlarning pedagogik tarbiyasi ogirligi sabablarini aniqlash.
To‘rtinchi bosqich: ijtimoiy pedagogik xaritalarini tuzish.
Beshinchi bosqnch: o‘smir shaxsiyatiga ijobiy ta’sir qiluvchi faoliyat turini tanlash.
Oltinchi bosqich: tarbiya va o‘z-o‘zini tarbiyalash jarayonining birlashishi,
o‘smir faoliyatini o‘z-o‘zini mukammallashtirishga qaratish [8].
II. 2. Ijtimoiy pedagogning tarbiyasi og`ir o`smirlar bilan ish olib borishi
Maktabdan tashqari o’smirlar jamoasi yordamida tarbiyaviy ta’sirning tashkil qilishda quyidagi holatlar inobatga olish lozim: Birinchidan to’garak, seksiya, klubda o’smirlarda aniqlangan bitta qiziqish bilan cheklanmaslik lozim balki mehnat, turli o’yinlar, ijodiy faoliyat orqali pedagogik o’smirlarni atrofdagilar bilan normal munosabatlarga tayyorlashga intilish lozim. Ikkinchidan, norasmiy guruhga yoki uning aksariyat a’zolariga ta’sir ko’rsata turib ularni rasmiy guruhga o’tishlariga erishsa bo’ladi. Bu jarayonni shartli ravishda “rasmiylashtirish” deyishadi. Bu jarayon o’smirlar uchun sezilmaydigan holda tarbiyachi tomonidan norasmiy guruhning rasmiy guruhga aylanishidir.
Pedagogik qarovsiz bolalar bilan tarbiyaviy ish olib borishning yana bir xususiyati o’smirlarni o’z tanlashgan, uning bajarilishidan qoniqish sezishadigan faoliyatni tanlashdir. Asta-sekin faoliyatdagi bunday ehtiyojni qondirish va rivojlanish, keyinchalik uni o’smirlarda bajarayotgan ishlari uchun ma’suliyat xissini oshiruvchi faoliyat turlari bilan to’ldirib boradi. “Tarbiyasi og’ir” bolalar yoki o’smirlar bilan ish olib boorish pedagogik qayta tarbiyalash jarayonini ko’zda tutadi.
Qayta tarbiyalash bola yoki o’smir yurish-turishidagi turli cheklanishlarni yengib o’tish yoki bartaraf etishdir. Qayta tarbiya ham tarbiyachi ham tarbiyalanuvchilar uchun ham og’ir jarayondir. Tarbiyalanuvchining yangi yo’lning istiqboli bilan qiziqishi kerak. Tarbiyachi esa tarbiyalanuvchining o’tmishi bugungi kunini tahlil qilib uning kelajagini tasavvur etishi lozim [11].
O’smirni qayta tarbiya va o’z-o’zini tarbiyalash jarayoni bir nech bosqichdan iborat:

  1. Tarbiyalanuvchini o’rganib chiqish;

  2. O’smirning yurish-turishini o’zgartirish uchun uni ruhiy tayyorlash kerak;

  3. Ijobiy axloqiy xislatlarni to’plash;

  4. Inqirozdan chiqish, o’z-o’zini tarbiyalashga o’tish.

Shuni inobatga olish kerakki, bu jarayonga tarbiyachidan tashqari o’smir mansub bo’lgan tarbiyalanuvchilar jamoasi ham qo’shiladi. Bunda tarbiyachi kordinator vazifasini bajarib, jamoani o’z o’rtoqlarini qayta tarbiyalashga yo’naltiriladi. O’smirlar bilan reabilitasion markazda ishliyotgan ijtimoiy pedagog metodlardan biridan foydalanib tarbiyalanuvchi oldida idealga o’xshash naqsadini qo’yadi. Bu axloqiy komil inson o’smirning ijobiy yurish-turishning shakllanishiga yordam beradi.
Tarbiya jarayoniga kompleks yondashuv o’smirlar guruhlari paydo bo’ladigan mikro muhitlarga faol ta’sir qilishni talab qiladi. Kriminologlarning ma’lumotiga ko’ra, voyaga yetmaganlar aksar jinoyatlarini guruh bo’lib sodir edishadi. Biroq voyaga yetmaganlar orasida huquqbuzarlikni bartaraf etish bo’yicha ko’pgina tavfsiyalar individual profilaktika tavfsiyalari hisoblanadi. Amaliyotda isbotlanganidek, ajratib olingan o’smirning huquqbuzarliklarini bartaraf etishga qaratilgan pedagogik faoliyat har doim ham kutilmagan natijalarga olib kelavermaydi. Bu holat huquqbuzar o’smirning yashash joyidagi guruhning a’zosi bo’lganligi va a’zolariga bog’liq bo’lishi bilan izohlanadi. Demak biz pedagogik tarbiyasi og’ir bolalar bilan individual faoliyat olib borishning muhimligini e’tirof etgan holda o’spirinlarni o’rab turgan mikro muhit bilan o’zaro aloqalarini o’rganish zarurligini ham ta’kidlab o’tamiz.
Pedagogik ta’sirlarning kompleks tizimi, tarbiya vositalari, shakl va mazmunini bildirib, bu faoliyatning maqsadi deb pedagogik tarbiyasi og’ir bolalarni sinf jamoasi, o’qituvchilar, sinfdoshlar bilan munosabatlarning normallashuvi natijasida o’smir guruhlarning rejali qayta to’g’irlash hisoblanadi. Bu munosabatlarning normallashuvi o’smir shaxsining shakllanishiga hal qiluvchi ta’sir ko’rsatadi.
“Tarbiyasi og’ir” bolalar pedagogik qarovsizlik natijasidir. L.S Vigotskiy fikricha, “og’ir” o’smir hayoti munosabatlar xarakterining natijasidir. Bular avvalo qaysar, injiq bolalar, ularni qiziqarli faoliyat turiga tortish, ularni tarbiyalashning asosiy usullaridan biridir. Ularning ma’lum bir qismi intizomsiz, qo’pol bolalardir. Ularning aktivligini maqsadga muvofiq o’zgartirish, ularga ba’zi huquqlarini berish yo’li bilan ularga ta’sir o’tkazish mumkin. Shuni aytish lozimki, “tarbiyasi og’ir“ bolalar uchun ular yashayotgan muhit, oila, ular o’qiyotgan jamoa, sinfning roli juda kattadir [9].
Tarbiya jarayoning samaradorligini oshiruvchi psixologik mexanizmlar tarbiyali bo’lim – bu xulq – atvorini nazorat qilishdan iboratdir: Bunday nazorat inson yomon xatti-harakatlarini bajarmaslik imkoniyatini beradi.Agar shaxs xulq-atvorini axloqiyligi haqida qayg’ursa, u ijtimoiylashuvga erishgan bo’ladi.
Tarbiyasi og’ir o’smirlar bilan ish olib boorish ommaviy so’rovnoma va anketa to’ldirish bilan amalga oshiriladi. Bu usullar pedagogik qarovsiz o’smirlar guruhlarning qayerda paydo bo’lganligi haqida ma’lumot olish imkonini beradi.
Tarbiyasi og’ir o’smirlar ish olib borishda pedagog quyidagi parametrlarni inobatga olishi lozim: guruh hajmi, ularning yosh va ijtimoiy tarkibi, muomala qilish joylari va vaqti, guruh faoliyatining mazmuni va yo’nalishi. Muomalaning bu parametrlarini bilish tarbiyachiga tuman, shaharda o’smir guruhlari bilan ishlashning eng to’g’ri va samarali shakl-vositalarini qo’llashga yordam beradi.
Ijtimoiy pedagog o’smirlar guruhining ijtimoiy tarkibini bilish ham muhim. Ijtimoiy tarkibi turli bo’lgan o’smirlar guruhlarida o’zaro axborot almashuv va muomala qilish qiziqarli bo’ladi. Biroq bu guruhlarda hayot haqida yolg’on tasavvurlarga ega ma’lumotlar ham tarqatilishi mumkin [1].


XULOSA
Xulosa o ́rnida shu narsaga alohida e ́tibor berish kerakki, yuqoridagi
olimlarning izlanishlanishlarini o ́rganib chiqib o ́smirlik yosh davrining naqadar muhim va dolzarb mavzu ekanligini hamda bu yosh davrining psixologik xususiyatlariga va o ́zgarishlariga jamiyatning har bir a ́zosi bee ́tibor bo ́lmasligini aytib o ́tish o ́rinlidir. O ́smir tarbiyasiga oilada ota-ona va yaqinlari, ta’lim muassasalarida esa har bir pedagog ma’suldirlar. Oilada ota-onalar quyidagi tavsiyalarga e’tibor berishlarini hohlardik:

  • o’smir yoshidagi farzandlariga ko’proq e’tiborli bo’lish

  • bolaga imkon qadar vaqt ajratish

  • bo’sh vaqtining to’g’ri taqsimlanganligini nazorat qilib borish

  • qiziqishlariga ijobiy fikr bildirilib, do’stona muloqotning yo’lga qo’yilishi

  • oila a’zolariga nisbatan to’g’ri muomala ma’daniyatining yo’lga qo’yilganligini nazorat qilib borish kabi tavsiyalarga e’tibor berishlarini ta’kidlagan bo’lar edik.

Ta’lim muassasalarida pedagoglar o’smirlarga ta’lim berishda quyidagilarga
e’tibor berishlari muhim:

  • o’smirning darsdagi faoliyati

  • maktab jamoasiga munosabati

  • tengdoshlar bilan hamfikrlilikning yo’lga qo’yilganligi

  • o’quv jarayonidagi o’quvchilarning qiziqish va e’htiyojlariga e’tiborli

  • bo’lishi

  • mustaqil fikrlashlari uchun o’zlarini qiziqtirgan soha bo’yicha faoliyat

olib borishlari uchun sharoit yaratilishiga e’tibor berilsa maqsadga muvofiq bo’lar edi. Ushbu tavsiyalar o’smirlarda o’tish davrining qiyinchilaklarsiz o’tishini
ta’minlaydi deb o’ylaymiz.
Insoniyat mavjudligining muhim shartlaridan biri - bola tarbiyasi hisoblanganligi bois, u dunyoga kelmasdanoq tarbiyaviy tadbirlar boshlab yuboriladi. Shunday bo’lsa-da, jamiyatda xulq-atvorida salbiy illatlarga moyil, ijtimoiy me’yorlarni qabul qilolmaslik xohishi, xatti-harakatlarini nazorat qila olmaydigan bolalarni uchratamiz. Ularni tabiatan shunday xulq-atvorga ega deb, e’tibordan chetda qoldirish yoki chora-tadbirlar ishlab chiqmaslik jamiyat uchun kattadan-katta yo’qotishlarga olib keladi.
Tarbiyada ta’sir ko’rsatish usullariga ya’ni taqdirlash va jazolash yo’llariga alohida e’tibor beriladi. “Tarbiyasi og’ir” bolalar bilan ishlash jarayonida ham pedagog-tarbiyachilar ulardan samarali foydalanishlariga to’g’ri keladi. Taqdirlash bola xatti-harakatlarida ijobiy sifatlarni tarkib topishi va mustahkamlanishi uchun, jazolash esa ixtiyor etilmaydigan salbiy xususiyatlarni oldini olish va ulardan ogoh etish maqsadida foydalaniladi. Jazolash adolatli va bolaning shaxsini kamsitmagan holda samarali tashkil etilishi zarur. Tarbiyaviy vositalar orasida tarbiya amallari borki, ularni samarali qo’llash ijobiy natijalarga olib keladi. Tarbiya amallari tarbiya uslublarining tarkibiy elementlari bo’lib, ular bolaga ta’sir samaradorligini ta’minlashga yordam beradi. “Tarbiyasi og’ir” bolalar bilan ishlash jarayonida mutaxassislar bir qator tarbiya amallaridan foydalanishlari o’rinlidir.
Ijtimoiy pedagog – tarbiyaviy ishlar metodlarini keng tizimidan foydalanishga o’z e’tiborlarini qaratishlari lozim. Ijtimoiy pedagog ishlarini o’ziga xosligi bir qator yangi faoliyat usullarini yuzaga chiqaradi. Har bir ijtimoiy pedagog ishining muhim o’ziga xosligi, bolalar xulqining axloqiy asosini buzilishiga olib keladigan aniq faktlarni aniqlash, bartaraf etishga yo’naltirilishi kerak.
Ijtimoiy pedagog har bir kichik muhitda, o’smirda o’z tengdoshlari, o’quvchilar va o’qituvchilar, bolalar va ota-onalar o’rtasida insonparvarlik etikasiga rioya qilishni, bu esa o’z navbatida ular ma’naviy dunyosini shakllanishiga yordam bermog’i lozim.
Eng muhimi kelajak jamiyati a’zosida zarur bo’lgan; o’z xatti-harakati uchun javob beradigan; g’amxo’rlik beminnat ish qilishlik, murakkab sharoitlarda irodaviy kuch topa oladigan, qiyinchiliklar yenga oladigan, mehnatsevar, ona-Vatanga cheksiz muhabbat, kamtarlik, minaddorchilik va boshqa sifatlarni shakllantirishlarida alohida ahamiyat kasb etadi.
Tarbiya xususida taniqli o’zbek pedagogi Abdulla Avloniy shunday deydi: “Al-hosil tarbiya biz uchun yo hayot- yo mamot, yo najot- yo falokat, yo saodat- yo halokat masalasidur” degan gaplari qariyb bir asrki o’zining zalvorini yo’qotgani yo’q, fikrimizcha yo’qotmaydi ham. Ushbu fikrlardan anglaniladiki, shaxs tarbiyasi xususiy ish emas, balki ijtimoiy, milliy ishdir. Zero, har bir xalqning taraqqiy etishi, davlatlarning qudratli bo’lishi avlodlar tarbiyasiga ko’p jihatdan bog’liq. Chunki o’smirlik yoshiga kelib shaxs shakllanayotgan bir davrda xulqdagi og’ishlarning asosiy sabablaridan biri bu tarbiyadagi xatolar va noto’g’ri tarbiya bo’lib qolmoqda. Albatta, xulqi og’ishiga yana bir qator sabablar ham pedagogik tarbiyada jiddiy e’tibor berish kerak.


Download 98.02 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling