Xoletsistit bilan kasallangan bemorlarni davolashning asosiy omillaridan biri bo'lib, parhez hisoblanadi. Xoletsistitning o'tkir davrida jigar kasalliklaridagi yallig'lanishga qarshi mexanik ayovchi, tuzni, ovqat kaloriyalarini, yog'lar va oqsillar evaziga to'ldiruvchi taomlarni chegaralovchi parhez tayinlanadi. Avj olish darvrida isitmalash kuzatilganda engil hazm bo'luvchi parhez kunlari: sutli-tvorogli, olmali, kompotli, tarvuzli va uzumli kunlar tavsiya etiladi. O't yo'llari kasalliklariga chalingan bemorlar ovqatlarni iste'mol qilish Ratsionning sutkalik kaloriyalari miqdori sog'lom bola uchun xos bo'lgan kaloriyalar miqdoriga teng bo'lishi kerak. Shifoxonada bemor Pevzner bo'yicha 5-stolga rioya qiladi. Oqsillar va karbonsuvlar miqdori yoki yoshga muvofiq to'g'ri kelishi, yoki ulardan biroz oshiqroq bo'lishi kerak. Oqsillarni chegaralash maqsadga muvofiq emas, chunki ular o't kislotalari hosil bo'lishini rag'batlantiradi va xolat-xolesterinli koeffitsientni oshiradi. Bu esa toshlar hosil bo'lishini oldini oladi, organizmning immunologik reaktivligini oshiradi. Lekin yuqori haroratlarda tayyorlanadigan ovqatlarni kulinar qayta ishlovida (masalan, chegaralash lozim. Ovqatlarni ovqat tolalariga, lipotrop moddalarga va metioninga boy mahsulotlar (kepakli non, tvorog, tuxumning oqi, sulili bo'tqa, baliq, hamirturushli ichimliklar) bilan boyitish maqsadga muvofiq hisoblanadi. Antibiotiklar bilan davolash. Antibiotiklar bilan davolashga ko'rsatma bo'lib, og'riq sindromi, tana haroratining oshishi; qonda - leykotsitoz, EChT ning oshishi va o'tdagi ifodalangan yallig'lanishli o'zgarishlar bilan birga kechuvchi
Do'stlaringiz bilan baham: |